Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
Zalga kirgan bolalarni tarbiyachi kanat oldida to'xtatadi. Avval nima qilish kerakligini tushuntiradi, avval kanat oldidan yurib, uni hatlab o'tish mumkin emasligiga bolalar diqqatini jalb qiladi. Shundan keyin u bolalarni barabanning aniq qisqa sadolari ostida o'z ketidan boshlaydi. Bu holatda guruh ikki doira aylanadi. Pedagog bolalar ketidan boshqarib boradi.To'xtagandan keyin kattalar bolalarni doira ichiga qaratib, kanatni olib tashlaydilar. Ikki va yettinchi mashqlarni 1-mashg'ulot uslubiy ko'rsatmalarida ko'rsatilgandek bajariladi. Sakrash harakatini bajarayotganda qo'llarni belda tutish lozim. Hamma mashqlarni tarbiyachi bolalar bilan birga bajaradi.8-mashq quyidagicha olib boriladi. O'tirgan bolalar oldidagi pol ustiga eni 30-35 sm va uzunligi 2 metr bo'lgan taxta qo'yiladi. Tarbiyachi uni ustidan gavdani to'g'ri tutib, oyoqlarni juda baland ko'tarib bo'lmaydi, chunki bolalar taqlid qilaman deb qoqilib lat yeyishlari ham mumkin. Taxta oxirida tarbiyachi taxtadan oyoq uchida, oyoqlarni biroz bukkan holda yumshoq sakraydi. Keyin kattalar ikki bolani turg'azib taxta oldiga olib keladilar va o'rtalarida interval bilan oldinma ketin taxtadan yurgizadilar. Oxirida sakrash oldidan bolani qo'lini ushlab harakatlari to'g'ri chiqmagan bo'lsa ham, maqtash lozim. Mashg'ulot tez o'tishi uchun bir tarbiyachining bolalarni doska oldiga keltirish ikkinchisini esa sakrashda yordam berish va bolalarni joylariga o'tkazib turish yaxshi samara beradi. Skameyka bo'ylab qo'lda tirmashish mashqini bajarish uchun bolalar oldiga ketma-ket ulangan ikkita skameyka qo'yiladi. Birinchi mashqni ko'rsatishda tarbiyachi o'zi yoki yuqori 86 darajada tayyorlangan boladan foydalanish mumkin. Tirmashish va ikki qo'llab skameykani bir vaqtning o'zida ushlashga o'rganish muhim. Bunda bosh tepaga ko'tarilgan bo'lish lozim. Kuchsizlangan bolalarga yordam berish maqsadida, ularning belidan ushlab, tirmashishga yordam beriladi. Bir katta bolani skameykaga yotqazib tirmashishga ko'maklashayotgan vaqtda, ikkinchisi skameykaning boshqa tarafida bolani o'zi tomon tirmashishiga da'vat qilib, vaqti bilan kafti bilan skameykaga urib turishi mumkin. Mashg'ulot tezroq o'tishi uchun skameykada chirmashish mashqini bir vaqtning o'zida ikki bola bajarish mumkin, ya'ni biri mashqni tugatayotganda ikkinchisi uni bajarishni boshlaydi. Tarbiyachi uloqtirgan koptok ketidan yugurish, 1-mashg'ulotning uslubiy ko'rsatmalarida berilgandek bajariladi. Mashqni bajarib bo'lgach bolalar tarbiyachi ko'tarib turgan setkaga koptokni solib, joylariga o'tiradilar. Bu mashqni tugatgach tarbiyachi signal (baraban ovozi) berib bolalarni qo'zg'atadi va barabanning aniq, qisqa sadosi jo'rligida zal devori tomon boshlaydi. Joyga kelgach bolalarni zal tomonga qaratib, to'xtadai. Oldingi mashg'ulotlardagi singari, bolalar tinchlanib, diqqatini tarbiyachiga jamlagandan keyin qulog'ini ko'rsatib, “Eshiting!” deydi. Pedagog bolalarning yon tarafiga turib barabanni baland va tez-tez chala boshlaydi. Tarbiyachi bolalar signalni tushunib olishgandan so'ng, o'z ketidan bolalarni jalb qilib, yugurishni boshlaydi. Devor oldida tarbiyachi aylanib, qo'llarini keng yoyib, u tomon kelayotgan bolalarni quchog'iga oladi. Qarama-qarshi devor tomonga guruh bo'lib yurish harakatini bajarish, oldingi mashg'ulotlardagidek o'tkaziladi. Yurish va yugurish signallarining tezligida farq qilish, ammo kuchining bir xilligi juda muhim ahmiyatga ega. Yugurish signallar tempida bo'lishi kerak. Barabanni chalishda bolalar signallarni ajrata olishlari uchun, bir xil tempni saqlab turish talab etiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling