Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
Mashg'ulot xonasiga bolalar kirishi bilan tarbiyachi ularni to'xtatib, oldinga o'tadi, iloji boricha doira bo'ylab yurib bolalarni imo-ishora bilan o'z ketidan chaqiradi. Bu vaqtda yordam beruvchi pedagog (musiqa rahbari) ritmik ovoz signallarini beradi. Bolalar erkin tarzda 1-1,5 doira yuradilar. So'ng signallar to'xtatiladi va bolalar to'xtaydi. Kattalar bolalar yuzlarini doira ichiga qilib joylashtiradilar. Tarbiyachi bolalarni taqlidga da'vat qilib, harakatlar bajarishni boshlaydi. Pedagog bu harakatlarni bajarishga yordam beradi. Harakatlar aniq, 80 lekin tez bajarilmasligi kerak: bolalarga bir mashqdan ikkinchisiga o'tishlari qiyin kechadi. Harakatlar bajarib bo'lingandan keyin bolalar zal bo'ylab, tarbiyachi ketidan doira bo'lib yuradilar, keyin komanda asosida “O'tiring” tablichkasi yordamida baraban ovozi bilan bolalar stullarga o'tiradilar. Kichik yoshdagi bolalar koptokni bir-biriga uzatishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Birinchi mashg'ulotlarda tarbiyachi ularga yordam beradi. Buning uchun odindan stullar oldiga to'shalgan gilamli yo'lakchaning ustiga ikki bolani o'tkazib, oyoqlarini keng yoyib qo'yadi. O'tirib har bir bolaga bittatadan koptok yumalatadi va ishora bilan koptokni qaytarishni so'raydi. Ikkinchi pedagog boshqa ikkita bola bilan birga shu harakatlarni bajaradi. Shunday qilib, mashqni bir vaqtning o'zida to'rtta bola bajaradi. 6-8 marta koptok yumalatilgandan so'ng bolalarni stullarga o'tkazib, keyingi to'rtlik bilan mashqni bajariladi. Koptok ketidan yugurishga o'rgatish uchun tarbiyachi bolaga koptokni ko'rsatadi shu vaqtning o'zida koptokni yaqinroq joyga yumalatib, ishora bilan uni keltirishni so'raydi. Agar bola vazifani tushunmasa tarbiyachi uni qo'lidan ushlab koptok ketidan birga yugurib qaytadi. Keyin tarbiyachi koptokni boshqa bola uchun yumalatadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling