Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
Mashg'ulot boshlanishidan oldin tarbiyachi bolalar o'tiradigan stullar oldiga gilamli yo'lakchani to'shaydi va uning yonida kanatli yo'lni belgilaydi (2 ta kanatdan)eni - 40 sm va uzunligi 3-4 metr.Hamma bo'lib yurishdan keyin kattalar bolalarni stullarga o'tkazadilar. Kanat yo'ldan yurishni o'rgatishda tarbiyachi avval o'zi oyoqlarni poldan baland ko'tarib yurib ko'rsatadi, keyin ikkitadan bolalarni kanat yo'lakka birin-ketin jo'natadi, stullarga o'tirishgach navbatdagi ikki bolani yo'lakcha tarafga yo'llaydi. Bolalarga to'rt oyoqlab emaklashli taklif etishdan avval tarbiyachi o'zi mashqni ko'rsatadi, keyin ikki bolani gilam yo'lakcha chetiga olib kelib, “Eshiting” tablichkasini ko'rsatib, tayoqcha bilan barabanga uradi. So'ng pedagog, cho'kkalab ishora bilan bolalarni o'zi tomonga imlaydi. Keyin mashg'ulot oldida ovoz signali, so'zli tablichkalar asosida guruh o'rnidan qo'zg'aladi. Kattalar darrov bolalarni stul yonida erkin joylashtiradilar va bolalar ularning ketlaridan bilganlaricha sakrashni boshlaydilar. Kattalarning to'g'ri sakrashlari katta ahamiyatga ega, ya'ni yumshoq, yengil, oyoq uchida. Qo'llar erkin turgan bo'lishi kerak. Mashq davomida bolalar harakatini to'g'rilash lozim emas. Mashqdan keyin bolalar, avvalgidek baraban tovushi va tablichka asosida joylariga o'tiradilar. Ikki qo'l yordamida setkaga osilgan katta koptokni irg'itishga o'rgatish quyidagicha olib boriladi. Avval mashqni kattalar ko'rsatadilar. Keyin har bir pedagog setkadan bitta koptokni olib, o'tirgan bola oldiga keladi va koptokni bolaga yuz balandligida (30sm oralig'ida) olib boradi. Bolalar koptokni ikki qo'llari bilan irg'itadilar.Bu mashqni bajarganlaridan keyin bolalar o'rnilaridan turib baraban sadolari ostida zalning devori tomonga yurishni boshlaydilar. Devor oldida bolalar to'xtaladi. Tarbiyachi bolalarni yuzlarini zal tomonga qilib, bir qator qilib joylashtiradi. Pauzadan keyin “eshiting” deydi va tablichkani ko'rsatadi. Pedagog tayoqcha bilan tez va baland qilib baraban chala boshlaydi. Tarbiyachi bolalarni o'z ketidan qiziqtirib, 1chi bo'lib qarama-qarshi devor tomonga yugura boshlaydi. U yerda tarbiyachi o'girib, qo'llar keng bo'lib, bolalarni kutib oladi. Keyin bu jarayon qaytadan takrorlanadi. Pedagog barabanni chalayotgan bolalar uchun baraban yaxshi ko'rinib turishi lozim. Bolalar diqqatini 82 jamlab, tinchishlari uchun berilgan kichkina pauzadan so'ng, pedagog qisqa, baland va ritmik ovoz signallarini beradi. Bolalarni yugurishga bo'lgan tabiiy xohishlarini oldini olish maqsadida tarbiyachi hozirlik bilan tizzalarni baland ko'tarib, qo'llarni erkin silkitgan holda sekin yurishni boshlaydi. Qisqa vaqt ichida bolalar eshituv-ko'ruv signallarini farqlashga o'rganib oladilar. Qanday yurganlaridan qat'iy nazar (poda, ketma-ket) mashg'ulotdan keyin ularning tarqalib ketmasliklari juda muhim. Ketish ham, kirish singari tartib-intizomli bo'lish lozim. Mashg'ulotni birinchi kunlaridanoq bolalarni tartib-intizomga o'rgatib borish kerak. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling