Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

                                         Uslubiy ko'rsatmalar. 
Mashg'ulotda  yurish  mashqi  ovoz  jo'rligida  o'tkaziladi.  Yurish  mobaynida 
tarbiyachi  boshini  baland  ko'tarib,  yelkalarni  to'g'ri  tutgan  holda,  qo'llarni  erkin 
tutib,  oyoq  tizzalarini  baland  ko'tarib,  oldinda  yuradi.  Hamma  ikki  doira  bo'lib 
yuradilar.  Tarbiyachi  bolalarni  stul  oldiga  olib  kelib,  joylariga  bo'lib  o'tirg'izadi. 
Bu  holda  komandadan  tashqari  “O'tiring”  tablichkasi  va  baraban  sadosi 
qo'llaniladi.Keyingi  mashqlarni  bajarish  uchun  tarbiyachi  bolalar  qarshisidagi 
stulga  o'tiradi  (yelkalar  to'g'ri,  qo'llar  erkin  holatda,  tizzada  turadi).  Bolalar 
tinchlangach  tarbiyachi  mashqlar  o'rtasida  pauza  saqlagan  holda  mashqlarni 
bajarishni  boshlaydi.  Pauza  saqlagan  holda,  mashqlarni  bajarishni  boshlaydi. 
Pauza  vaqtida  tarbiyachi  qo'llarini  tizzada  yoki  orqada  ushlab  turadi.  Bosh 
harakatlari  sekin  va  uyg'unlikda  o'tkazilishi  lozim.  Mashg'ulotga  tayyorlanish 
davomida,  bolalar  bir-biriga  xalaqit  bermasliklari  uchun,  stullar  orasida  joy 
qoldirib  (15-20  sm)  taxlanadi.  Gimnastika  devoriga  tirmashish  mashqini 
boshlashdan  avval,  tarbiyachi  namunaviy  mashqni  ko'rsatadi.  Tirmashish 
mashqini  bajarish  mobaynida,  ayniqsa  pastga  tushishda  bolalarni  reyka 
qoldirmasdan  tushishlarini  nazorat  qilib  turishi  kerak.  Mashqni  tayyorgarligi 
yaxshi bolalar boshlashi kerak. Mashg'ulot davomida tarbiyachi bolalarga ko'mak 
berish  va  kafolatlashi  uchun  bolalar  orasida,  gimnastika  devori  oldida  turadi. 
Esda  tutish  kerakki,  bu  mashqlar  harakat  koordinatsiyasi  juda  murakkab. 
Devordan  tushish  unga  chiqishga  nisbatan  qiyin  bajariladi,  bolalar  pastga 
tushishda  kutilmaganda  qo'llarini  qo'yib  yuborishlari  yoki  osilib  qolishlari 
mumkin. Shuning uchun ilk mashulotlarda har bir bolaning qo'lidan tutib turiladi. 
Keyinchalik harakat o'zlashtirib olingandan so'ng hammani nazorat qilinadi, lekin 
faqat  yordamga  muhtoj  bolalargagina  yordam  beriladi.  Boshlang'ich  davrda 
ko'pchilik  bolalarga  yordam  ko'rsatish  kerak  bo'ladi,  ba'zilarga  qo'llari  bilan 
reykani  ushlab  olishga,  boshqalariga  oyoqlarini  qo'yishga  yordam  beriladi.  Bu 
mashg'ulotda  ikkitadan  pedagog  qatnashishi  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Bu 
holatda  bir  vaqtning  o'zida  gimnastika  devorida  to'rt  bola  harakat  bajarishlari 


84
 
 
mumkin  bo'ladi.  Qorinda  yotib  koptokni  devorga  yumalatish  quyidagicha 
bajariladi.  Koptok  to'g'ri  yumalashi  uchun  yon  tomoni  bilan  ag'darilib  qo'yilgan 
skameykalardan  foydalaniladi.  Oldindan  to'shab  qo'yilgan  gilamchalar  ustiga 
skameykadan  uzoq  bo'lmagan masofada  (35-40 sm) bolalar  yotqiziladi.  Mashqni 
bolalarga  ko'rsatish  ham  mumkin.  Buning  uchun  uch-to'rtta  yuqori  darajada 
tayyorgarlikka  ega  bolalarni  tanlab  olinadi.  Tarbiyachi  bolalar  bilan  bir  necha 
marta koptokni dumalatib iladi, keyin bolalar bir necha marta harakatni mustaqil 
bajaradilar.  Mashq  uchga  bo'linib  bajariladi  (to'rtta  boladan).  Bu  mashqni 
bajarishda  o'rtacha  koptoklardan  foydalaniladi.  Oyoq  uchida  sakrash  mashqini 
butun  guruh  bilan  bir  vaqtda  bajariladi.  Tarbiyachi  qanday  sakrash  kerakligini 
ko'rsatib  beradi,  oson,  yumshoq,  oyoq  uchida,  qo'llar  erkin  yon  tomonlarga 
tushirilgan. Koptok otish va ilishni ikki bola bajaradi. Buning uchun har bir katta 
odam  bittadan  o'rtacha  koptokni  oladilar.  Koptokni  otish  kichik  masofada 
bajariladi, bunda koptok bola  kaftiga  sirg'alib  tushganday  bo'ladi.  Bolalar  qo'lini 
oldindan  tayyorlash  lozim,  kaft  tepaga  qaragan,  barmoqlar  tomonlarga  yozilgan. 
Ilk  mashg'ulotlarda  bolalar  koptokni  otish  va  ilishda  qiynaladilar,  chunki  koptok 
va  kaft  o'rtasidagi  masofani  chamalash  va  koptokka  aniq  yo'nalish  berishda 
adashadilar. 
Keyinchalik 
mashqni 
bajarish 
yengillashgan 
sayin, 
uni 
murakkablashtirib,  masofani  oshirib  borish  mumkin  bo'ladi.  2-mashg'ulotda 
yozilganidek, guruh bo'lib yugurish quyidagicha bajariladi, hamma eshituv-ko'ruv 
signali asosida 2-3 marta yuguradilar. Yugurishdan keyin, tarbiyachi barabanning 
qisqa sadolari jo'rligida bolalarni o'z ketidan boshlaydi (1-2 doira bo'ylab). 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling