Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lugat
- Uslubiy korsatmalar
5-Mashg'ulot
Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish. Jihozlar: gilam poyondoz, 5-6 ta gimnastika tayoqchalari, 4 ta o'rtacha koptok, setkada 2 ta katta koptok, kanat. 87 Lug'at: qadam tashlang, yoting. Mashg'ulot mazmuni: 1. Zalga ko'ndalang qo'yilgan kanatni xatlab, guruh bo'lib qarama-qarshi zal devori tomon yurish. 2. Kanatda ko'ndalang turib, uni toptash (15-20 sek.) 3. Stulda o'tirib, boshni oldinga va orqaga harakatlantirish (10-15 marta harakatlantirish). 4. Polda parallel qo'yilgan tayoqchalar ustidan hatlab o'tish (2 marta) 5. Qorinda yotib, koptokni tarbiyachiga dumalatish (8-10 marta) 6. Setkaga osilgan katta koptokni ikki qo'l bilan itarish (6-8 marta) 7. Qo'llarni belga qo'yib, oyoq uchida sakrash (15-20 marta sakrash) 8. Guruh bo'lib zalning qarama-qarshi tomoniga chopish (2 marta) 9. Guruh bo'lib zalning qarama-qarshi tomoniga yurish. Uslubiy ko'rsatmalar Xonani mashg'ulot uchun tayyorlash davomida tarbiyachi zalga ko'ndalang qilib, to'g'ri chiziq bo'ylab kanat tortadi, stullar oldiga esa gilamchali yo'lakchani to'shaydi. Kirgan bolalarni to'xtatib, zal tomonga qaratib devor bo'ylab joylashtiradi. So'ngra bolalar diqqatini jalb qilib, zal bo'ylab kanat ustidan hatlab o'tadi. Shundan keyin, bu mashqni ikki marta bolalar bilan birga bajaradi. uch marta tarbiyachi bolalarni kanat oldida to'xtatib, keyingi mashqni ko'rsatadi, ya'ni kanatni toptash. Bunda u kanatda shunday turadiki, kanat oyoq kaftlarining o'rtasiga to'g'ri keladi. Keyin bolalarni ham shu holatga taklif qiladi, o'zi esa qarshi tomondan harakatlarni ko'rsatib turadi. Pedagog navbat bilan noto'g'ri bosayotgan bolalar oldiga kelib, ularga yordam beradi. Mashq oxirida tarbiyachi bolalarni stullarga o'tkazadi. Stulda o'tirib bosh harakatlarini bajarish 3- mashg'ulotdagidek bajariladi. Keyingi mashg'ulot uchun 35-40 sm oralig'ida joylashgan, 5-6 ta tayoqchani parallel qilib o'tirgan guruh oldiga joylashtiriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilgach, tayoqchalar ustidan tizzani baland ko'tarib hatlab o'ta boshlaydi. Shundan keyin bir bolani taklif qilib, misolni u bilan birga ko'rsatadi. Bir bola mashqni tugatish vaqtida, ikkinchi bola uni 88 boshlaydi. Bolalar tayoqchani turtib yubormasliklari va bosib olmasligiga e'tibor berish muhimdir. Setkaga osilgan koptokni qo'llar bilan itarish hrakatini bajarish, faqat tik holatda turib xuddi 2-mashg'ulotdagidek bajariladi. Qorinda yotib koptokni dumalatish mashqini bajarish uchun tarbiyachi 2 bolani bir-biriga halaqit bermaydigan qilib gilam poyondozga yotqazadi. So'ngra 2 ta o'rtacha koptokni olib, bolalar oldiga cho'kkalab, har bir bolaga navbat bilan koptoklarni yumalatadi. Bir vaqtning o'zida shu harakatlarni boshqa katta odam ham takrorlaydi. Shu tarzda bu mashqni bir vaqtning o'zida 4 ta bola bajaradi. Ba'zi bolalar uchun mashq qiyinlik tug'dirishi mumkin, shuning uchun mashq davomida bolalar oldida turib yordam berish kerak bo'ladi. Koptokni tutish davrida bola qo'llarini yonga biroz yoyib koptok tutishni o'rganib borish kerak.Baraban chalinishi bilan tarbiyachi bolalarni turg'azib, erkin joylashtiradi. O'zi esa ularga qarshi tomonga turib qo'llarni belga qo'ygan holda oyoq uchida sakray boshlaydi. So'ng bolalar mashqni mustaqil bajaradi. Baraban signalidan keyin tarbiyachi bolalarni stullarga o'tqazadi. Avvalgi mashg'ulotlardagi kabi, qarama-qarshi devor tomonga yugurish va yurish mashqlarini bajarish bilan mashg'ulot yakunlanadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling