Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar.
Doiraga yozilgan kanat bo'ylab ketma-ket yurish mashqi oldingi mashg'ulotlardagi kabi o'tkaziladi. Mashqdan so'ng tarbiyachi bolalarni stul tomon boshlaydi va o'tqazadi. Stullarda o'tirgan bolalar oyog'i ostiga ko'ndalang qilib kanat yotqiziladi (oyoq kaftlarining o'rtasini mo'ljallab). Tarbiyachi ketidan bolalar navbat bilan har bir oyoqlarini navbat bilan unchalik baland ko'tarmasdan kanatni toptaydilar (ezadilar). Taxtada yurish mashqi avvalgi mashg'ulotlardagidek o'tqaziladi. Taxtadan sakrash oyoq uchida, yumshoq harakat bilan bajariladi.O'tgan mashg'ulotlardan farqli ravishda, gilam poyondoz ustida to'rt oyoqda emaklash mashqi bu mashg'ulotda baraban ovoz signali jo'rligida o'tqaziladi (baraban bolalar orqasida). Qolgan harakatlar avvalgidek bajariladi. Koptokni otish va ilish mashqini ikkila katta odam o'tqazadi. Ikkovi ham qo'llariga o'rtacha kattalikdagi koptokni olib, bolalar kaftiga uzoq bo'lmagan masofadan (15-20 sm), irg'itadilar. Har bir bola ketma-ket 3-4 marta koptok irg'itadilar. Koptok ilish malakasi ham to'liq egallanmaganligi bois, bolalardan mashq harakatlarini aniq bajarilishini talab qilib bo'lmaydi. Qo'lni koptok ilishga oldindan tayyorlash lozim, ya'ni qo'l barmoqlarini yozib, qulochni keng ochib turish. Koptok oti va ilish mashqini yakunlagach, bolalar tarbiyachi ketidan devor tomon boradilar (So'z va ovoz signalini qo'llab, “turing” va “o'tiring” signalini aniqligi muhim). Tarbiyachi bolalarni devor odiga saflab, qo'liga barabanni oladi. 95 Shu vatqdan boshlab bolalar faqat mustaqil ravishda yurish va yugurish harakatlarini bajaradilar. Harakat bajarilishida beriladigan signallar, hozircha ko'ruv-eshituv idrokiga beriladi. Yurish va yugurish aniq ketma-ket o'tkazilishi shart emas. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling