Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
Tarbiyachi ketidan arqonni ushlab, ketma-ket yurish xuddi 7-mashg'ulotdagi kabi o'tkaziladi. zal o'rtasida to'xtagach, tarbiyachi bolalarni doira ichiga qaratib, to'xtatadi. 96 Mashqlar 2-8 mashqlar oldingi mashg'ulotlardagi kabi o'tkaziladi, faqatgina mashq tempi va takrorlashlar soni ortadi. Harakat xarakteri va tempiga mos holda, bolalar mashqni bajarish davomida u yoki bu bo'g'inni talaffuz qiladilar. Tayoqchalar ustidan hatlash mashqini 5-mashg'ulotdagi kabi o'tkazadilar. Harakatni bajarishda bolalar o'zlariga qulay usuldan foydalanishlari mumkin. Tarbiyachi, avval tayoqchalar ustidan hatlashning eng to'g'ri usulini namoyish qiladi, bolalar esa bu usuldan qeyinroq foydalanadilar. O'z namoyishi bilan tarbiyachi bolalarni mashqni to'g'ri bajarishga chorlaydi. Bolalarni tayoqchalarni toptamasliklari, buzmasliklari va juda tez harakat qilmasliklari muhim. Qorinda yotib, skameykaga tirmashish mashqi ham o'tgan mashg'ulotlardagidek o'tkaziladi. Tirmashish vaqtida bosh ko'tarilgan, oyoqlar birga bo'lgan holda ikki qo'l bilan skameyka chetlarini ushlab, tez va sirg'alib tirmashishni nazorat qilish muhim. Koptok uzatish mashqidan avval tarbiyachi bolalar diqqatini koptokka qaratadi. So'ngra “Ol” so'zi bilan uni birinchi bolaga uzatadi, keyin uni qo'llari bilan keyingisiga uzatadi. Agar bolalar mashqni birinchi tushuntirishdan to'g'ri anglagan bo'lsalar, mashqni qolganini mustaqil bajaradilar, aksi bo'lsa tarbiyachi ularga ko'maklashadi. Qator oxiridagi bola koptokni tarbiyachiga uzatadi. Tarbiyachi o'z vaqtida bolalar diqqatini yana koptokka qaratgan holda mashqni takror bolalar bilan bajaradi. Setkaga ilingan koptokni qo'llar bilan irg'itish mashqini har bir bola tik turib bajaradi. Bunda qolgan bolalar stullarda o'tiradilar. 2 ta koptokdan foydalaniladi. Har bir bola 6-8 marta koptokni irg'itish harakatini bajaradi.Yurishni yugurish bilan almashtirish harakatini va uning aksini bolalar, eshitib mo'ljal olish malakasiga o'rganish maqsadida, mustaqil amalga oshiradilar. Tarbiyachi baraban bilan parda orqasiga yashirinib, qisqa tanaffusdan so'ng, yurish yoki yugurish uchun baland signallar uzatadi. Hamma bolalar ham signalni to'g'ri tushunib harakatlanmasligi sababli, tarbiyachi signal berishni to'xtatmay, parda orqasidan chiqib, baraban chalishni davom etaveradi. Barabanni ko'rib, bolalar o'z xatolarini tushunib, tuzatadilar. Shunday qilib, yurish va yugurish harakatlarini almashtirish 97 mashqi mashg'ulot davomida 2-3 marta takrorlanadi. Signal va harakat turining mutanosibligini differensiya qilishga bolalar o'quv yili davomida o'rganib boradilar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling