11-Mashg'ulot
Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish.
Jihozlar: ikkita kanat, to'rtta o'rtacha koptok, 2-3 ta kichkina koptok, gilam
poyondoz.
Lug'at: yoting, yumalating, olib keling.
Mashg'ulot mazmuni:
1. Ikkita kanat bilan belgilangan yo'lakdan keyin ketma-ket yurish
2. Qo'llar orqada boshni orqaga-oldinga harakatlantirish
3. Qo'llarni tizzaga qo'yib oyoqlarni to'pillatish
4. Qo'llar orqada boshni o'ngga-chapga harakatlantirish
5. Qo'llarni oldinga uzatib, barmoqlarni ishlatish
6. Qo'llar bilan oyoq tizzalariga urish, so'ngra qo'llar bilan galma-gal urish
7. Qo'llarni oldinga uzatgan holda barmoqlarni ochib-yopish (10 sek)
8. Kanatda ko'ndalang turib, to'xtash (30-40 sek)
9. Qorinda yotib, koptokni devorga dumalatish (10-12 marta)
10. Qo'llar beldla oyoq uchida sakrash (12-15 sakrash)
11. Tarbiyachi uloqtirgan koptok ketidan yugurish (2-3 marta)
12. Qo'lni ushlab ketma-ket yurish
13. Zalning qarama-qarshi tomoniga guruh bilan yugurish
Do'stlaringiz bilan baham: |