Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-Mashgulot
Uslubiy ko'rsatmalar
Zalga kirgan bolalarni tarbiyachi ketma-ket saflaydi. Baraban sadosi ostida bolalar tarbiyachi ketidan ikkita kanatli yo'lkada yuradilar. Yo'lka oxiriga yetgach, hamma bolalar orqaga qayrilib yana bir marta yo'lkadan yurib o'tadilar. So'ngra tarbiyachi bolalarni stullar tomonga boshlab borib, joylariga o'tkazadi.2 va 7 mashqlaryetarli tezlikda o'tqiziladi, biroq o'rtada tanaffuslarda mashq 98 harakatlarini bajarishda ritmik mos bo'g'inlarni talaffuz qilinadi. So'ngra signal asosida bolalar o'rnilaridan turadilar. Tarbiyachi ularning oyoqlari ostidagi polga ko'ndalang qilib kanat yotqazadi va bolalarga uni to'g'ri toptashni ko'rsatib beradi. Mashqni takrorlashgach bolalar signal asosida joylariga o'tiradilar.Qorinda yotib koptok dumalatish uchun gilam poyondozga to'rtta bola yotqiziladi (skameykagacha va bir-birlaridan 50 sm oralig'da). Mashqni bajarib bo'lishgach, signal asosida ular o'rnilaridan turadilar, o'rnilariga esa ikkinchi to'rtlik yotqiziladi.Qo'llarni belga qo'yib, oyoq uchida burilib sakrash mashqi avvalgidek tartibda o'tkaziladi. So'ngra tarbiyachi uloqtirgan koptok ketidan yugurish mashqi o'tqaziladi. Agar bolalar mashqni yaxshi bajarsalar ikkita koptok o'rniga uchtata kichik koptokni ishlatish mumkin. Biroq bunda mashq shartlarini bajarishni qiyinlashtirishni unutmaslik lozim. Bolalarga zalda mo'ljal olish qiyinlashib, bir- birlari bilan to'qnashib ketishlari mumkin. Bu holni oldini olish uchun koptoklarni zalning turli tomonlariga uloqtirish kerak bo'ladi. Koptok bilan yugurib kelgan bolalar koptokni tarbiyachi ushlub turgan savatchaga solib, joylariga o'tiradilar.Signal asosida bolalar turadilar, tarbiyachi ko'magida qo'llarini ushlab 1-1,5 doira bo'ylab yuradilar. Ushbu mashqdan so'ng tarbiyachi bolalarni devor oldiga boshlab borib, zalga qaratib qarama- qarshi tomonga yugurish uchun, erkin holda joylashtiradi. Yugurish, barabanning qisqa sadolari ostida o'tkaziladi, bunda ular barabanni ko'rmasliklari lozim. Mashg'ulotdagi mashqlarni to'g'ri bajarayotgan o'quvchilarni taqdirlab borishni unutmaslik lozim, biroq ulgurmayotgan bolalarni koyish talab etilmaydi. 12-Mashg'ulot Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish. Jihozlar: kanat, gimnastika devori, kichik koptokli tokcha, savat, har bir bolaga ikkitadan bayroqcha. Lug'at: chiqing, keltiring, tashlang, bayroq. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling