Mashg'ulot mazmuni:
1. Arqonni ushlab ketma-ket yurish
2. taxtadan emaklab yurish (2 marta)
3. Taxtada yurish (2 marta)
4. Koptokni savatga otish (3 marta)
5. Juft bo'lib o'tirib, koptokni bir-biriga dumalatish (10 marta)
6. Zalning qarama-qarshi tomoniga yurish
7. Zalning qarama-qarshi tomoniga yugurish
Uslubiy ko'rsatmalar
Mashg'ulotdan
avval
tarbiyachi
stullar
oldiga
gilam
poyondoz
yozadi.Arqonni
ushlab,
tarbiyachi
ortidan
ketma-ket
yurish
avvalgi
mashg'ulotlardagidek o'tqaziladi. Emaklab yurish uchun o'tirgan bolalar oldiga
taxtacha qo'yiladi. Bolalar xuddi gilam poyondozda faqat ketma-ket tarzda
emaklaydilar. Taxtada yurish vaqtida bir-birlariga halaqit bermasliklari uchun,
bolalar o'rtasidagi interval nazorat qilib turiladi. Taxta oxirida oyoq uchida
yumshoq sakrash lozim. Bu vaqtda tarbiyachi har bir bolani qo'lidan ushlab,
ko'maklashadi.Mashq tanish bo'lishiga qaramay, tarbiyachi bolalar diqqatini
oxiridagi sakrashga qaratib, yana bir bor namoyish qilish kerak. Mashqni
yakunlab, ular joylariga o'tiradilar. Savatchaga koptok otish mashqi uchun
tarbiyachi 2-3 ta o'rtacha koptokdan foydalanadi. Tarbiyachi mashqni
ko'rsatgach, birinchi bolaga koptokni beradi. Har bir bola tik turib uchtadan
koptok irg'itadi. Tarbiyachi savatni qiya holatda, bola beli darajasida, 25-30 sm
oralig'a tutib turadi. Mashg'ulot harakat faolligi yuqori bo'lishi maqsadida
mashqni bir vaqtda ikkita katta odam o'tkazishi maqsadga muvofiq.Gilamchada
juftlikda qarama-qarshi o'tirib koptok yumalatish mashqida juftlar o'rtasida
masofa 1 metrdan oshmasligi lozim. Har bir bola 10tadan dumalatgandan so'ng
tarbiyachi signali asosida o'rnilaridan turadilar, ularning o'rniga ikkinchi juftlik
o'tiradi.Yurish va yugurish mashqlarini almashtirish 10-mashg'ulotdagi kabi
o'tkaziladi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |