14-Mashg'ulot
Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish.
Jihozlar: besh-oltita gimnastika tayoqchasi, ikkita gimnastika skameykasi,
ikkita o'rtacha koptok, uchta bayroq.
Lug'at: qadam tashlang, tashlang, bayroq, iling.
Mashg'ulot mazmuni:
1. Qo'lni ushlab, ketma-ket yurish
2. Qo'llar tepada, barmoqlarni silkitish (10-15 sek), qo'llarni pastga
tushirish (2 marta)
3. Qo'llarni oldinga - yon tomonga - yuqoriga - pastga - belga - yelkalarga -
pastga (2-3 marta)
4. Qo'llar belda, boshni oldinga - orqaga harakatlantirish
5. Chapak chalish va oyoqlarni to'pillatish
6. Burilishlar bilan oyoq uchida sakrash
7. Qo'llar belda, joyda aylanish
8. Polga parallel qo'yilgan tayoqchalar ustidan hatlash (2 marta)
9. Qorinda yotib qo'llar bilan skameykaga tirmashish (2 marta)
10. Tarbiyachiga koptok otish va ilish
11. Bayroq bilan yugurish (2 marta)
12. To'xtashlar bilan ketma-ket yurish
Do'stlaringiz bilan baham: |