Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-Mashgulot
Uslubiy ko'rsatmalar
Mashg'ulotda ikkita mashqning gimnastika devorida bajarilishi tufayli bolalarni unga yaqin qulay joyga o'tkazishni o'ylab chiqish kerak bo'ladi. Zalga kirgan bolalarni tarbiyachi devor ostida bolalar zalga ko'ndalang yotqizilgan kanat ustidan hatlab qarama-qarshi devor tomon yuradilar. So'ngra butun guruh o'girilib mashq takrorlanadi. Shundan keyin, tarbiyachi bolalarni qo'liga bayroqchalar berib, doiraga turg'izadi. Kattalar ham bayroqchalar bilan doiraga turadilar. Bayroqchali harakatlar shu turdagi predmetsiz harakatlardan biroz farq qiladi. Masalan, mashg'ulotga bolalar mashq davomida lat yeyishlari mumkin harakatlarni kiritib bo'lmaydi. Bayroqchalar bilan bajarilgan mashqdan so'ng tarbiyachi ularni yig'ishtirib olib, bolalarni stullariga o'tqazadi.Gimnastika devoriga chiqish mashqlarini bir vaqtda to'rtta bola bajaradi. Kerakli harakat faolligi va mo'ljal olish malakasini kamligi tufayli bolalar noto'g'ri oyoq qo'yishlari, qo'llarini qo'yib 100 yuborishlari mumkin. Shuning uchun ularni diqqat bilan nazorat qilish lozim. Bolalarni yuqoriga tirmashish imkoniyatlarini cheklamaslik maqsadga muvofiq bo'ladi (gimnastika devorining balandligi 2 metrdan oshmaydi). Shuningdek, bolalarni reykalarni qoldirmasdan yuqoriga chiqish va pastga tushishga, qo'llar bilan to'g'ri ushlashga, shoshilmaslikka o'rgatib borish kerak. Balandlikdan qo'rqmaslik va erkin harakatlanish malakalarini rivojlantiri lozim. Bu mashqdan keyin tarbiyachi bolalarga pastki reykalarda yon tarafga harakatlanish mashqini to'g'ri bajarishni ko'rsatadi. Oyoqlar bilan pastki reykaga chiqib, ko'krak balandligidagi reykani qo'llari bilan ushlaydi. Oyoqlari bilan yon tomonga tekis, mayda qadamchalar tashlab, harakatlanadi. Namoyishdan so'ng tarbiyachi ikki bolani turg'izib, devor oldiga olib keladi. Birinchi bolalarning tayyorlik darajasi yuqori bo'lib (guruhga nisbatan), tarbiyachi harakatlarini iloji boricha to'g'ri bajarsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Kattalar bolalar bir-birlariga halaqit bermasliklari uchun ular orasidagi masofani nazorat qilib boradilar. Hamma bir martadan mashqni bajaradi. Aksariyat bolalar uchun bu harakat oldiniga qiyin tuyuladi. Bolalar xatolarini tuzatib borish, ko'maklashish maqsadida doimo ular oldida turish lozim. Birinchi juftlik mashqni yakunlash vaqtida ikkinchisi uni bajarishga kirishadi.Tokchadagi koptoklarni savatga tashish mashqi 8-mashg'ulotdagidek o'tqaziladi. Tokcha va savat orasidagi masofa 4 metr. Mashqda kichkina koptoklar ishlatiladi. Ovoz signallari asosida mashqni ikkitadan yugurib bajariladi. Koptokni savatga tashlagach, bolalar joylariga o'tiradilar, keyingi juftlik tayyorgarlik ko'radi.Har bir bola mashqni ikki martadan takrorlagach, tarbiyachi guruhni ketma-ket tarzda, bir qator qilib saflaydi. So'ngra oldinga o'tib, baraban sadosi ostida zal bo'ylab ikki marta yurib chiqadilar. Shundan keyin tarbiyachi bolalarni zal devori oldida joylashtirib, zal bo'ylab yugurishga tayyorlaydi. 13-Mashg'ulot Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish. Jihozlar: arqon, taxta, savat, 2-3 ta o'rtacha koptok, gilam poyondoz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling