Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-Mashgulot
Uslubiy ko'rsatmalar
Qo'lni ushlab, ketma-ket yurish avvalgidek tarbiyachi ketidan bajariladi. Chapdan o'ngga qarab harakatlanganda (odatda yurish shu tarafdan boshlanadi) bolalarning o'ng qo'li oldinda, chap qo'lini esa orqadagi o'rtog'iga o'zatadi. Shunday qilib, gavda biroz doira ichiga qaratilgan holda bo'ladi. Bu bolalar harakatlanishini yengillashtirib, bir-birlarini ko'rishlarini osonlashtiradi. Tarbiyachi ham bu holatda bolalar harakatlarini boshqaradi. Yurish doirada o'tqaziladi, lekin bolalar harakatni to'g'ri bajarayotgan bo'lsalar, harakat yo'nalishini biroz o'zgartirish ham mumkin. 103 Ikki marta aylangach siganl to'xtatilgandan keyin tarbiyachi bolalarni doiraga turg'azadi. So'ngra tarbiyachi signal asosida bolalarni o'ngga bo'rib, ketma-ket boshlab joylariga o'tqazadi. Tayoqchalarni hatlab o'tishlari uchun o'tirgan guguh oldiga joylashtiriladi. Tayoqchalar o'rtasidagi masofa 35-40 sm. Bolalar navbat bilan ikki martadan mashqni bajarib, joylariga o'tiradilar, yana navbat kelgach o'rnilaridan turib mashqni qaytaradilar. Tarbiyachi mashqda tutilishlar, tanaffuslar bo'lmasligini kuzatib boradi. Qo'llar bilan skameykaga tirmashish mashqi xuddi avvalgi mashg'ulotlardek o'tqaziladi. Bolalar birin-ketin mashqni bajaradilar. Tarbiyachi bolalarning navbatlarini kutib, skameyka oldida to'planib qolmasliklarini nazorat qilib boradi. Buning uchun u har gal ikkitadan bolani turg'izib, ular mashqni tugatgach ikkinchi juftlikni tayyorlab boradi.Koptokni uloqtirish va ilish mashqini ikkita katta odam o'tqazadi. Bolalar koptokni tikka turib otib, ilgach joylariga o'tiradilar. Bolalar ham koptok ilishga qiynalishlari bois uni 30-40 sm masofada otish kerak. Bayroq tomon yugurish quyidagicha o'tqaziladi. O'tirgan guruh qarshisiga orasi 1 metr qilib ikkita bolalar stulchasilar qo'yiladi. Har bir stulga rangli bayroq qo'yiladi. Stullardan 4-5 metr masofaga belgi qo'yiladi (arqon qo'yadilar yoki chizadilar).Bu harakat boshlanish joyi sanaladi.Baraban sadosi ostida (ko'rinmasligi kerak) 1 juftlik yugurishniboshlaydi. Bayroqchaga yetib kelgach, uni “A-a-a-a” tovushi bilan jo'rlikda yuqoriga ko'tarib, silkitadilar, so'ngra bayroqni joyiga qo'yib, yugurib joylariga qaytadilar. Bu mashq bolalar uchun yangi bo'lgani uchun avval uni ko'rsatib berish lozim. Ko'pchilik bolalarning vazifani unutib, harakatlarni adashtirishlari mumkinligi uchun mashqni bajarishni jismoniy tayorgarligi yuqori bo'lgan juftlikdan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolalar bayroqni olib to'xtaganlarida, baraban chalib ularga ko'maklashish mumkin. Ular bu yugurish ovozini yaxshi taniydilar. Bu predmetga yugurish mashqi oddiy o'yin mashqligini unutmaslik lozim. Bu yoshdagi bolalar ham bellashuvga tayyor bo'lmaydilar. Shuning uchun rivojlanish darajasi yaqin bolalar juftligini tanlash kerak.Tanaffus bilan ketma-ket yurish, ilk marta ovoz signali jo'rligida, tarbiyachi ketidan bajariladi. Signallar to'gagach, tarbiyachi bolalarni to'xtatib,“Signal yo'q-to'xta!” 104 deb, barabanni ko'rsatadi. Avval, mashq eshituv-ko'ruv signali asosida o'tqaziladi. Keyinchalik, 2-3 mashqdan so'ng bolalar faqat eshituv signali asosida mustaqil bajaradilar. Shunday qilib, tarbiyachi guruhni 4-5 marta to'xtatib, 3-4 marta aylantiradi. To'xtashlar o'rtasida vaqt turlicha bo'lish lozim, aks holda bolalar signalga emas, vaqtga qarab harakatlana boshlaydilar. 15-Mashg'ulot Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling