Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

                                    Uslubiy ko'rsatmalar 
Yo'nalishni  o'zgartirib  yurishda  burilishlar  keskin  bo'lmasligi,  yurish  tempi 
esa sekin bo'lishi kerak. Oldindan yarim doira shaklida yozilgan kanat qarshisida 
kaftlari  bilan  kanatga  ko'ndalang  chiqib,  tarbiyachi  bilan  birga,  to'xtaydilar. 
So'ngra  tarbiyachi  to'xtab,  bir  qadam  orqaga  tashlaydi.  Bolalar  harakatni 
takrorlaydilar.  Tarbiyachi  bolalarni  o'ngga  o'giradi  va  barabanning  tez-tez  ovozi 
jo'rligida  kanat  atrofida  aylana  hosil  qilib  yugurishnini  boshlaydilar.  Ikkita 
aylanadan  so'ng  (tegishli  signal  asosida)  tarbiyachi  yurish  mashqiga  o'tadi  va 
bolalarni  joylariga  boshlab,  o'tqazadi.Stullarda  o'tirib  mashq  bajarish  uchun 
mashg'ulotdan  avval  stullarni,  bolalar  bir-biriga  halaqit  bermaydigan  qilib, 
joylashtirish  lozim.  Mashqni  oldingi  mashg'ulotlardagi  kabi  bajariladi. 
Mashg'ulotni  namoyish  qilish  va  o'tkazish  mobaynida  gavdani  to'g'ri  tutishga 
ahamiyat berib borish kerak.  
Harakatlar avvalgidan bir muncha tezroq tempda va turli bo'g'inlarni talaffuz 
qilish  bilan  o'tqaziladi.Bir  tomoni ko'tarilgan  taxtada  yurish  mashqi ham  avvalgi 
mashg'ulotdagi  kabi  olib  boriladi.  Mashq  oxiridagi  oyoq  uchida  yumshoq 
saqlashga alohida e'tiborni qaratib, bolaga ko'maklashish kerak.O'rtacha koptokni 
qator  bo'ylab  bir-biriga  uzatish  mashqida  ikkita  o'rtacha  koptok  ishlatiladi. 
Koptok  bir  tomonga  3-4  marta  uzatiladi.  Tarbiyachi,  har  gal  koptokni  birinchi 
bolaga  uzatayotganda  bolalar  diqqati  jalb  qiladi,  oxirgi  bo'lib  koptokni  qo'liga 
olgan bola uni tarbiyachiga uzatadi. 
Kichkina  koptokni  otish  va  ketidan  yugurish  mashqi  bu  mashg'ulotda  ilk 
marta  qo'llanilyapti.  Shuning  uchun  mashq  harakatlarini  ko'rsatib  berish  juda 


111
 
 
muhim.  Tarbiyachi  koptokni  zal  bo'ylab  uloqtirishga  qulay  bo'lgan  holatni 
egallaydi.  Otishga  chog'lanishda  tarbiyachi  qo'lini  orqaga-pastga  yo'llaydi,  bu 
vaqtda  gavda  biroz  qayrilgan  holatda  bo'lib,  tez  bo'lmagan  qo'l  harakati  bilan 
koptokni  uloqtiradi.  Bunda  gavdaning  koptokni  uloqtirgan  tarafga  burilish  holati 
sodir  bo'ladi.  Koptokni  to'g'ri  uloqtirish  bolalar  uchun  hozircha  qiyin  harakat 
bo'lgani tufayli, ularga uloqtirish texnikasini o'rganish lozim emas. Biroq koptok 
uloqtirishni  namoyishi  namunali  bo'lish  kerak.  Bolalar  namunali  kuzatish 
mobaynida  koptokni  to'g'ri  uloqtirish  malakasini  egallab  boradilar.  Koptokni 
uloqtirgach,  tarbiyachi  uni  ketidan  yuguradi,  koptok  bilan  yugurib  qyatib,  uni 
savatga  soladi.  So'ngra  u  chiziq  oldiga  ikkita  tayyorgarligi  yuqori  bo'lgan 
bolalarga  kichik  koptok  berib,  turg'izadi.  Signal  berilishi  bilan  ular  koptokni 
uloqtiradilar.  Har  bir  juft  koptokda  2-3  uloqtirish  harakatini  bajaradilar.  Bolalar 
koptok  bilan  yugurmasdan,  joylaridan  turib  uloqtirishlarini  nazorat  qilish 
muhim.Zalning  devori  tomon  guruh  bilan  yurish  va  yugurish  harakati  avvalgi 
mashg'ulotlardagi kabi o'tqaziladi. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling