Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
To'xtashlar bilan ketma-ket yurish mashqi oldingi mashg'ulotlardagi kabi o'tqaziladi. To'htashlar ovoz signallari asosida, turli vaqt oralig'ida bo'ladi. So'ngra bolalar faqat eshituvga mo'ljal qilib, mustaqil harakat qiladilar. Bayroqli mashqlar 12-mashg'ulotda to'liq yoritilgan. Bu mashg'ulotda esa mashqqa bayroqchalar bilan ketma-ket yurish harakati qo'shilgan. Bolalar tarbiyachi ketidan erkin qadam tashlab, bayroqchalarni silkitib yuradilar. Aylanib chiqqach, tarbiyachi bolalarni gimnastika devori tomon boshlaydi, bayroqchalarni yig'ishtirib olib, stullarga o'tqazadi.Gimnastika devorining pastki reykasida yonlama harakat qilish mashqi 12-mashg'ulotdagi kabi o'tqaziladi. Avval mashg'ulot namoyish qilinadi, so'ngra jismoniy tayyorgarlik darajasi nisbatan teng bolalar juftligini mashq bajarishga taklif qilinadi. Bolalar bir-birlaridan 1 metr oraliqda harakat qiladilar. Har bir bolaga ko'krak balandligida qo'lni tutib yurishga ko'maklashib borish kerak. Har bir bola gimnastika devorining ikkita bo'limini bosib o'tadilar. Qorinda yotib, skameykada tirmashish mashqi bolalarga yaxshi tanish bo'lgani tufayli, bu mashqni temp bilan o'tqazish mumkin. Oldinga siljishi bilan sakrash mashqini bolalar qarshisida bajargan ma'qul bo'ladi. Avval tarbiyachi to'g'ri sakrashni o'rgatadi, ya'ni yengil, yumshoq, oyoq uchida. So'ngra belgilangan chiziq yoniga ikki bola qo'yiladi. Kattalarning biri, bolalar orqasida turib, sakrashga signal berib turadi. Ikkinchisi bolalarni kutib olib, joylariga o'tqazadi. Ikkala oyoq bilan barobar itarilish yaxshiroq ekanligini bolalarga tushuntirish lozim, ammo hali bunday harakatlarning aniq bajarilishni talab qilib bo'lmaydi, chunki ba'zi bolalarga mashq murakkablik qilish mumkin. Doimiy 109 mashqlar mobaynida bolalar bu harakat malakalarini mukammalroq o'zlashtirib oladilar. Shu bilan birga, bu mashqda jismoniy imkoniyatlari bir-birlari yaqin bolalar juftligini tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Tokchadagi koptoklarni savatga tashish mashqi bolalarga tanish bo'lishiga qaramay, uni yana bir bor esga solish lozim.Bunda tarbiyachi, pedagog signali asosida tokchadagi koptoklar tomonga yuguradi. Bir qo'li bilan koptokni olib, savat tomonga yugurib borib, koptokni savatga joylaydi. So'ngra yugurib bolalar o'tirgan stul oldiga keladi, mashq yakunlanganini anglatadi. Koptok bilan yugurish juftlikda, navbat bilan bajariladi, bunda juftlikdagi bolalar jismoniy tayyorgarlik holati yaqin bo'lishi kerak. Koptok bilan yugurish mashqi uchun uchta kichkina koptok, zalning turli tomonlariga dumalatiladi. Bunda koptoklarni ketma-ket emas, balki orasida biroz interval bilan yumalatiladi. Bu holatda birinchi bola yugurishni tugatayotganda, boshqasi yugurishni boshlaydi. Tarbiyachi orqasidan ketma-ket yurish mashqi signal tugashi bilan to'xtashlar o'tqaziladi. Zalning qarama-qarshi devori tarafga yugurish mashqini bolalar tarbiyachi nazorati ostida, ovoz signali asosida mustaqil bajaradilar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling