Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar
Har doimgidek tarbiyachi mashg'ulot oldidan xonani tayyorlayodi. Kanatli yo'lkani, bolalar doirada ketma-ket yurishlari uchun qulay joylaydi.Uning eni taxminan 40 sm bo'ladi.Yo'lkada va zal bo'ylab yurishda bolalar tarbiyachi ketidan ikki-uch aylanadilar, so'ngra tarbiyachi ularni gimnastika devori oldiga o'tqazadi.Gimnastika devoriga tirmashish, ikkita katta odam boshchiligida, birvaqtning o'zida to'rtta bola bilan bajariladi. Bolalar imkonlari darajasidagi balandlikka ko'tarilib, so'ngra tarbiyachi ko'magida pastga tushadilar.Koptokni savatchaga otish mashqini avval kattalar ko'rsatib bergach, har biri ikkita o'rtacha 105 koptokni olib savatcha bilan bolalar oldiga keladi. Mashqni ikkita bola bir vaqtda bajaradilar. Koptok uloqtirish ikki qo'l bilan, tikka turgan holda tepadan pastga qarab bajariladi. Savatni bolaga biroz qiyalatib, undan 30 sm oralig'ida tutib turiladi.Gilam poyondozda emaklash tablichkani ko'rsatish va ovoz signali bilan boshlanadi. Ikki bola gilamcha bo'ylab tarbiyachi tomon emaklaydilar. Yetib kelgach tarbiyachi ularni joylariga o'tqazib, navbatdagi bolalarni mashqga jalb qiladi.Joyda sakrash mashqini oyoq uchida qo'lni belga qo'ygan holda bajariladi.Tarbiyachi bolalar bilan birga burilishlar bilan sakraydi. 20-25 ta sakrashdan so'ng ovoz signali va so'zga asoslanib hamma joyiga o'tiradi. Setkaga osilgan katta koptokni irg'itish avvagi mashg'ulotlardagidek o'tqaziladi.Bir-birini ketidan,to'xtab-to'xtab, yurish mashqi xuddi14- mashg'ulotdagi kabi olib boriladi. Yugurish sekin tempda o'tqaziladi. Tarbiyachi kichik qadamlar bilan yugurib,bolalarni orqada qolmasliklari va zalda yoyilib ketmasliklarini nazorat qiladi. Shu tarzda bolalar ikki-uch aylana yuguradilar. Yurish mashqidan so'ng tarbiyachi bolalarni tartib bilan zaldan olib chiqib ketadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling