Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Uslubiy ko'rsatmalar.
Kanatli yo'ldan yurish mashqi zal bo'ylab ketma-ket yurib bajariladi. Bolalar to'xtamasdan ikki-uch aylana mustaqil yuradilar. Yurishdan so'ng stullarga o'tiradilar. Bolalar qarshisiga orasini 35-40 sm qoldirib besh-oltita kubik qo'yadilar. Bolalar kubiklar ustidan ikki-uch marta, navbat bilan hatlab o'tadilar.Koptokni otish va ilish mashqini har bir bola tik turib, uch marta ketma- 114 ket bajaradi. Bola va tarbiyachi o'rtasida masofa 40 sm.ni tashkil etadi. Mashqni ikkita katta odam bir vaqtda olib boradi. Bayroqqa tomon odatdagi yugurish kabi, hatlab o'tish bilan yugurish mashqi ham zal bo'ylab o'tirgan bolalar qarshisida bajariladi. Yugurish chizig'i va bayroqli stullar orasidagi masofa 5 metr. Mashq 16-mashg'ulotdagidek o'tqaziladi. Mashqda hatlab o'tish uchun bitta skameykadan foydalaniladi. Mashqni ovoz signali asosida ikki bola bir vaqtda bajaradi. Oyoq uchida sakrab siljish mashqi ovoz signali asosida juft bo'lib bajariladi. Sakrashda bolalar ikki oyoqlari bilan itargan holda, qo'llarini belga qo'yadilar. Avval, mashqni namoyish qilish kerak. Ba'zi bolalar mashqni bajarishga qiynalib, chap yoki o'ng oyoqni o'zi bilan itariladilar. Bu holatga e'tiborni qaratish kerak emas. Hozircha esa ular to'g'ri mashqni ko'rib borish orqali malakalarini oshirib borishlari kifoya bo'ladi. Sakrash masofasi 3 metrga yaqin bo'ladi. Joyda aylanib cho'kkalash mashqini bolalar avval tarbiyachi bilan birga, keyin esa mustaqil bajaradilar. Aylanish tugaganini anglatuvchi signal aniq va baland ovozda bo'lishi kerakligini esda tutish kerak. Bolalar bir-birlariga halaqit bermasliklari uchun erkinroq joylashtirish kerak.Zalning qarshi devori tomon yurish va yugurish mashqini signal asosida bajaradilar (bolalar barabanni ko'rmaydilar). Tarbiyachi joyida turib, bolalar xatolarini to'g'rilaydi. Yurish va yugurish mashqlarini almashtirish hollari bolalar uchun kutilmaganda o'tqazilishi kerak. O'zgartirish har doim bir xil bo'lmasligi lozim, ya'ni yurish-yugurish- yurish-yugurish tarzida emas, balki yurish-yurish-yugurish-yugurish tarzida o'tkazilish kerak. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling