10-Mashg'ulot
Mashg'ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish.
Jihozlar: Arqon, 5-6 ta gimnastika tayoqchasi, 2 ta gimnastika skameykasi,
setkalarda 2 ta katta koptok.
Lug'at: qadam tashlang, bering, ol.
Mashg'ulot mazmuni:
1. Arqonni ushlab, ketma-ket yurish
2. Qo'l barmoqlarini ishlatib, qo'lni yuqoriga ko'tarish (3-5 sek) va pastga
tushirish (2-3 marta)
3. Qo'llarni belga qo'yib, boshni oldinga orqaga harakatlantirish.
4. Qo'llarni oldinga-yuqoriga-yon tomonga-pastga harakatlantirish (2-3
marta)
5. Qo'llar belda, turgan joyda aylanish (4-5 ta to'liq aylanish)
6. Chapak chalish bilan bir vaqtda oyoqni to'pillatish (5-8 sek)
7. Qo'llar orqada, boshni o'ngga-chapga harakatlantirish
8. Qo'llar belda oyoq ichida sakrab burilish (10-12 sakrash)
9. Polga parallel qo'yilgan tayoqchalar ustidan hatlab o'tish (3-4 marta)
10. Qorinda yotib, skameyka ustida tirmashish
11. Setkada yotib, skameyka ustida tirmashish
12. Zalning qarama-qarshi tomoniga guruh bilan yurish, yugurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |