Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

Uslubiy ko'rsatmalar 
Tarbiyachi  bolalarni  shunday  joylashtiradiki,  chapdan  o'ngga  doira  bo'ylab 
yurganda  bolalar  biroz  doira  ichiga  qayirilgan  holda  bo'ladilar.  Har  bir  bolaning 
o'ng  qo'li  oldinda,  chap  qo'lini  esa  orqada  kelayotgan  bolaga  uzatgan  bo'ladi. 
Tarbiyachi chap qo'lini birinchi bolaga bergan holda bolalarni ketidan ergashtirib 
doirada  yuradi.  Agar  biror  bola  qo'lini  qo'yib  yuborsa  yoki  orqada  qolsa, 
tarbiyachi  to'ztab,  ularni  to'g'rilab  so'ng  harakatni  davom  ettiradi.2-7  mashqlar 
oldingi  mashg'ulotlarda  yozilgandek  bajariladi.  Agar  bolalar  yangi  harakatni  tez 
o'zlashtira  olish  malakasini  egallab  olsalar,  harakat  tezligini  oshirsa  ham  bo'ladi. 
Ba'zi  harakatlarni  bajarishni  alohida  bo'g'inlarni  talaffuz  qilishi  bilan  birgalikda 
olib  borish  yaxshi  natijalar  beradi.  Masalan,  tizzaga  chapak  chalish  harakatini 
bajarishda  bolalar  “ta-ta-ta-ta”  bo'g'inini,  chapak  chalishda  -  “pa-pa-pa-pa” 
bo'g'inini talaffuz qiladilar va h.k.Qorinda yotib koptok yumalatish uchun kattalar 


93
 
 
guruh  oldidagi  poyondozda  to'rtta  bolani  yotqazadilar.  Har  bir  katta odam  ikkita 
o'rtacha  koptokni  olib,  navbat  bilan  bolalarga  yumalatadi.  Bolalarni  tekis 
yotishni,  koptokni  ikki  qo'llab  qaytarishlarini,  tirsaklarni  poldan  ko'tarishlari  va 
ikki  qo'llab  koptokni  ilib  olishlarini  nazorat  qilib  turish  muhim.Tokchadagi 
koptokni  savatgacha  tashish  mashqini  bajarish  uchun  harakatli  (g'ildirakli) 
hajmdagi  koptoklar  saqlanadigan  bo'limlardan  iborat  tokchadan  foydalanish 
yaxshi.  Bir  bo'limni  bo'shatib,  faqat  kichik  koptoklarni  (bolalar  soniga  qarab) 
joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Savatga  koptokli  tokchadan  4  metr  masofaga  qo'yilgan.  Kattalar  mashqni 
bajarishni  ko'rsatadilar.  Tokcha  tomonga  yugurish,  signal  chalinishi  bilan, 
o'tirgan  joydan  ikki  bola  tomonidan  yugurib,  koptokni  olib  savatcha  tomonga 
koptokni  tashlash  uchun,  yuguradilar.Juftlikda  bir  xil  harakat  faolligiga  ega 
bolalarni  tanlash  kerak,  aks  holda  bolalar  to'xtab,  orqada  qolayotgan  o'rtog'ini 
kutib  qolishi  mumkin.  Koptok  savatchada  otilgach  ikkala  bola  o'z  joylariga 
qaytadilar.  Hamma  bolalar  bir  martadan  mashqni  bajarib  bo'lgach,  savatdagi 
koptoklarni qaytadan tokchaga joylab, mashq takrorlanadi. 
Joyda  turib sakrash  mashqi  butun guruh bilan  birga bajariladi. Ovoz signali 
asosida bolalar o'rnilaridan turadilar. Tarbiyachi qo'lini beliga qo'ygan holda oyoq 
uchida  sekin,  yumshoq  sakrab,  asta  aylana  boshlaydi.  Mashqning  oxirida 
tanaffusdan so'ng baraban sadosi jo'rligida bolalar tarbiyachi boshchiligida devor 
oldiga keladilar. 
Yurish  va  yugurish  mashqlarini  bolalar  ovoz  signallarini  eshitishga  tayyor 
bo'lganlaridangina  boshlash  kerak.  Bolalarning  tovushni  mustaqil  his  qilishga 
o'rganishlari  juda  muhim.  Aks  holda  bolalar  signal  ishtirokisiz  yurishdan  so'ng 
yugurishni va teskarisini bajaradilar. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling