Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
beruniy va ijtimoiy fanlar
Buxoro – 2016 2
Mundarija:
3
I.1. Beruniyning hayot yo’li…………………………………………… 7 -16. I.2. Abu Rayhon Beruniy asarlariga umumiy tasnif………………….. 17 -27.
II.1. Yunon olimlari va allomaning falsafiy qarashlari……………… 28 – 34. II.2.Beruniy asarlarida shaxs va jamiyat muammolarining yoritilishi 35 – 41. II.3.Beruniy va tarix fani…………………………………………… 42 – 50.
Ilovalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………… 55 – 56.
KIRISH O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng xalqimiz ijtimoiy taraqqiyotida katta burilish yasaldi. Shu munosabat bilan respublikamizning nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida, balki ma’naviy hayotida ham keskin yangilanish jarayoni ro’y bermoqda. Bu yangilanishda milliylikka, tariximizga, boy madaniy
4
merosimizga qiziqish, uni keng, har tomonlama ilmiy va haqqoniy o’rganishga intilishning kuchaya borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon ma’naviyatimizning turli sohalari, jumladan ijtimoiy fanlarni o’rganishda ham o’zining yorqin ifodasini topmoqda. Ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bu milliy tuyg‘udir. Milliy tuyg‘u – insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning tarixi, xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi ahvoli va qadriyatlarini tug‘ma, hissiy anglashidir. Insonda milliy ong, tuyg‘u va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, bunday inson o‘zga millatlarning ham qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning vatanparvarlik, jasorat, ishonch kabi shakllarini qaror toptirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Prezdentimiz I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Xalqimizning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga ega”
1 .deb ta’kidlab o’tadi. Shuning uchun ham Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab Xalqimizning boy Tarixiy-Madaniy o’tmishini qayta tiklashga, Ajdodlarimizning Ilmiy – Ma’naviy merosini o’rganishga juda katta e’tibor berildi. Buning isboti sifatida Shaharlar va Tarixiy shaxslarning yubeleylarini keng miqyosda nishonlanishi, Buyuk allomalarimizning asarlarini qayta nashr etilishi va bu nashrlarning kamunnistik mafkura bo’yoqlaridan holi bo’lishi alohida ahamiyatga ega voqealar hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’tmishda ajdodlar tomonidan qoldirilgan milliy meros haqida fikr yuritar ekan: “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda” 2 deb ta’kidlab o’tadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling