eng yirik asari bo’lib, muallif umrining oxirgi yillarida yozgan. Asar Sulton
Mas’udga bag’ishlanganligi tufayli uni 1030 yillardan yozila boshlab 1036 yilda
Asarning qo’lyozma nusxalari 10 tacha bo’lsa kerak asar jami 12
maqoladan iborat har maqola bir necha bobga bo’lingan. 1- maqolada olamning
geosentrik tuzilishi Ptolomey fikricha bayon etilgan. 2- maqolada yillar va
kalendarlar, 3- maqolada trigonometriya ma’lumotlari , 4- maqolada sferik
astranomiya va joylarning kengliklarini belgilash usullari, 5- maqolada joylarning
uzunliklarini belgilash usullari, 6- maqolada Quyoshning harakati, 7-8- maqolada
oyning harakati 9-11 maqolada yulduzlar va sayyoralar harakati bayon etilgan.
12- maqolada esa munajjimlarning yil hisobi tahlil qilingan. Bu asarda Beruniy
26
Maskovalik astronom U. Sodiqov, toshkentlik astronom G’ Jalolov
kartograf M. Teshaboyev va geodeziyachi K. Norxo’jayevlar “Qonuni Mas’udiy”
asosida olib borgan tadqiqotlari natijalarini e’lon qildilar
44
.
Bu asar o’rta asrlarda Sharqda Beruniyning boshqa asarlariga nisbatan
ko’proq mashhur bo’lgan va olimlar tomonidan yuksak baholangan. Masalaan
Yoqut Hamaviy bu asar astronomiya va matematika sohasida yozilgan barcha
kitoblar izini o’chirib yubordi” deydi. Darhaqiqat, Beruniy bu kitobida
astronomiya va matematika fanlari sohasida o’zidan oldingi olimlar tomonidan
qo’lga kiritilgan yutuqlarga yakun yasash bilan birga, o’zi ham bu fanlarga juda
ko’p yangiliklar kiritdi.
Beruniy hayotining so’ngi yetti yili Mas’udning o’g’li Sulton Mavdud
(1041 – 1048) davriga to’g’ri keladi. Bu davrda ham olim samarali ilmiy ishlarini
tinmay davom ettirdi. Beruniy o’z asarlarining ro’yxatini tuzgandan keyin yana
ikkita muhim asarini yozgan.
Bulardan biri “Mineralogiya” “al – Jamohir fi ma’rifat al – javohir”
Do'stlaringiz bilan baham: