Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi
“At – Tafhim” (“ at - Tafhim li avoili sinoat at- tanjim”) –
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
beruniy va ijtimoiy fanlar
“At – Tafhim” (“ at - Tafhim li avoili sinoat at- tanjim”) –
“Nujum san’atining avvalini tushuntirish” ya’ni “astronomiya ilmidan boshlang’ich ma’lumotlar” ) kitobi 1030 yilda yozilgan. Uning yozilgan yili sahifalarida bir necha bor: “420 hijriy qamariy, 398 yazdigard va 1341 Iskandar yili” deb ko’rsatilgan. “At – Tafhim” - Beruniyning ikki tilda: arabcha hamda forscha yozgan yirik asarlaridan biridir. Bu kitob qolmozmalarining nusxalari ko’p. Toshkentdagi sharqshunoslik qo’lyozmalar fondida 445 va 3423 raqamli qo’lyozmalar saqlanmoqdaki, bular ehtimol eng mukammal eng birinchi nusxalardan hisoblanadi. 1934 yilda “At – Tafhim” ingliz tiliga tarjima qilindi. Fors tilidagi nusxasi Eronda nashr etildi. Tojik tilida 1973 yilda, rus tilida 1975 yilda chop etildi.
43 Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўплам. Т. «Фан», 1973. – Б. 77. 25
“At – Tafhim” mazmuni tahlil va targ’ib qilish ishiga astronom G’ Jalolov, matematik B.A Rozenfeld va A. Abdurahmonov, arabshunos A. Ahmedovlar faol hissa qo’shishdi. Beruniy bu kitobni tushunish oson bo’lishi uchun uni xorazmlik Rayhona Hasan qizining iltimosiga ko’ra 530 tacha savol va javob tarzida yozganligini aytgan. Unda hisob geometriya, geografiya, astronomiya kalendar masalalari yoritilgan va juda ko’p shkllari bilan izohlangan. Doira shaklidagi dunyo xaritasi ilova qilinga “At – Tafhim” ning to’rtinchi bobi “Ma’mura va obod yerlarning chegaralari” degan sarlavha bilan berilgan bu asarni umuman Geografiya deyish mumkin. Bu bobda 35 savolga javob berilgan: “Yerning kattaligi qanday?” “Yerning Ma’mura qismida dengizlar qanday joylashgan?” “ Ekvator qayerda va uning xosiyatlari nimada?” “ Shaharning kengligi qanday?” “ Iqlimlar nima?” va boshqa shu kabi savollar qo’yilgan.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling