Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi
“Hindiston” (“Kitobi fi tahqiqi mo lil hind min maqulatin
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
beruniy va ijtimoiy fanlar
“Hindiston” (“Kitobi fi tahqiqi mo lil hind min maqulatin
maqbulatin fil aql av marzulatin”—“ Hindlarning aqlga sig’adigan va aqlga sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi ”) ni olim 1020 yilda yoza boshlab, 1030-yil yozda tamomlagan; Kitobni o’z do’sti va ustozi Abu Sahl Tiflisiyga bag’ishlagan. Bu kitob “Hindiston tarixi” nomi bilan mashhurdir. Beruniyning bu asari ustida 1888-yili Londonda mazkur kitobning arabcha teksti bilan inglizcha tarjimasi nashr etilgan 1958 yilda Hindistonda arabcha nusxasi Ikkinchi bor nashr etildi. Ruschaga tarjimasi 1963-yilda, o’zbekcha tarjimasi esa 1965-yilda Toshkentda bosilib chiqdi. Allomaning ushbu asari muqaddima va sakson bobdan iborat. “Beruniy – deydi Chaterji,- birinchi hindshunos olim bo’lishi bilan birga, barcha davr hindshunoslarining ham eng yirigidir. Bir tomondan o’zining har tomonlama va aniq ma’lumotlari tufayli, ikkinchi tomondan juda ham sabr – toqati va xolisligi tufayli Beruniy insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan hisoblanishi kerak. 42
Beruniy bu asarda o’zi ko’rgan va aniqlagan narsalar haqida hikoya qiladi. Beruniy o’z kuzatishlari natijasida bir qancha shaharlarning kengliklarini aniqlagan. Jumladan, Lohur, Kashmir, G’azna, Qobul, Gandiamir, Dunpur, Mandakkapur, va boshqa shaharlarni uzunlik va kengliklarini aniqlagan. Olim Hindistonning Nandna qal’asida Beruniy Yer shari aylanasini o’lchagan. Hindiston siyosiy arbobi Javoharlal Neru “Hindiston Kashfi” kitobida Beruniyning mazkur
42
Каримов. У. Беруний -ўрта асрнинг буюк олими. Т. «Фанлар академияси» 1950. – Б. 27 .
24
asari xususida bunday degan: “Beruniy yunon falsafasini o’rgandi Hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun sanskirit tilini o’rgana boshladi. Beruniy hind va yunon falsafasini solishtirdi ulardagi mavjud umumiylikni ko’rib hayratda qoldi. Orani xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy, begona odam bo’la turib, bu o’lka kishilari ahvolini to’g’ri tushuntirishga harakat qildi. 43
va G’arbning qadimgi va o’rta asr kitoblari orasida tengi yo’q asar” deb baho bergan. “Hindiston” kitobini tahlil va targ’ib qilishda sharqshunoslardan A. Rasulov A. Irisov filosoflardan M. Barotov O. Shamanovlar A.Sharipov adabiyotshunoslardan A. Po’lotov S. Yo’ldoshovlarning xizmati katta. Beruniy shunday degan: “Men Hindlarning ikki kitobini (“Sankx’ya” va “Patanjala” arab tiliga tarjima qilgan edim” “Men Evkid va Batlimusning “ Almajistiy” kitobini hindlar uchun tarjima qilib, ularga astrlobiya sa’natini yozib berdim. Hindlar orasida ilm tarqatishga va ularga yo’q ilmlarni bor qilishga qiziqaman”, - deydi Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” kitobida.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling