Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi
I.2. ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIGA UMUMIY TAVSIF
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
beruniy va ijtimoiy fanlar
I.2. ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIGA UMUMIY TAVSIF Sharq manbalarida aytilishicha, Abu Rayhon yozgan kitob va risolalar qopga solinganda bir tuyalik yuk bo’lar ekan. Haqiqatdan ham shunday. U ilmiy faoliyatini deyarli 16 yoshida boshlagan. Umr bo’yi kitob yozgan, jadvallar tuzgan, tabiat va osmonni kuzatgan, boshqa tildagi asarlarni tarjima qilgan.
35
18
XIII asr geografi Yoqut Hamaviyning yozishicha, U Marv shahridagi Jome masjidining vaqfnomasida Beruniy asarlarining 60 sahifaga mayda qilib yozilgan ro’yxatini ko’rgan. Abu Rayhon bu ro’yxatni 65 yoshida bir do’stining iltimosiga ko’ra tuzgan.Mazkur ro’yxat “Fixrist” nomi bilan mashhurdir. Unda Beruniyning 113 asari ko’rsatilgan bo’lib, har bir asar kim uchun va nima sababdan yozilgani aytib o’tilgan, va 70 ta asarning hajmi ham ko’rsatilgan 36 . Beruniy tuzgan ro’yxatdan ko’rinishicha, u zijga oid (jadval va kalendarlar to’g’risida ) 18 asar, “shaharlarning bo’yi, eni hamda bir biridan qay tarafda ekanligi haqida” 15 ta asar, “hisob faniga oid 8 ta, “quyosh yo’llari haqida” 4 ta, “zij asboblari va ularni ishlatish haqida” 5 ta, “dumlik yulduzlar haqida” 5 ta, “zamon va vaqtlar haqida” 5 ta, “oy manzillarini tekshirish haqida” 12 ta, “yulduz hukmlari haqida” 7 ta asar yozgan. Uning qo’lida nusxasi qolmagan hamda umrining oxirgi damlarida yoza boshlab tamom qila olmagan va oqqa ko’chirilmagan kitoblari ham bo’lgan. Abu Rayhon yuqorida aytib o’tilgan ro’yxatni tuzganidan keyin yana 13 yilcha yashab, 50 ga yaqin asar yozgan. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asarning muallifidir. Ba’zi sharqshunoslar, u 180 tacha kitob yozgan degan fikrda. Uning hatto Bomiyon sanami to’g’risidagi hadisi, Kashmiriyadan kelgan 10 savolga javobi, Nujum ilmidan Balxda berilgan savollar haqidagi, Pushtu kamar to’g’risidagi, risolalari hazilkashlik sa’nati, oltin va kumush qoplash usuli to’g’risidagi kitoblari, she’rlar to’plami ham bo’lgan. Yoqut Hamaviy “Mu’jam al udabo”(Adiblar qomusi) asarida shunday yozadi: “Beruniy ancha keksayganligi va munkayib qolganligiga qaramay, turli tuman ilmlar tahsiliga munkasidan ketgan, kitoblar tasnifiga sho’ng’igan ekan. U doimo ilmlar eshigini ochar…qo’li qalamdan ko’zi kitobga qarashdan, ko’ngli fikrlashdan sira bo’shamagan. Faqat yilda ikki bor Navro’z va Mehrjon (hosil yig’uv bayrami) kunlarigina tirikchiligi uchun yetarli ovqat va biroz kiyim –
36
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling