Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Milliy g’oyani o’qitish metodlari klassifikatsiyasi: og’zaki bayon


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.12.2020
Hajmi0.84 Mb.
#162265
1   2   3
Bog'liq
milliy goya va manaviyat asoslari mashgulotlarida elektron darsliklardan foydalanish usullari


Milliy g’oyani o’qitish metodlari klassifikatsiyasi: og’zaki bayon, 

hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya metodlarini 

o`zlashtirishi. 

 

Hоzirgi  dаvrdа  globаllаshuv  jаrаyonidа  bilimlаr   mаjmuаsi    vа   ахbоrotlаr 



turli  хil  аdаbiyotlаr  shu  qаdаr  ko’pаyib   kеtdiki ,   ulаrni  mа’lum  аjrаtilgаn  sоаtdа  

o’zlаshtirib    оlish    qiyin  .    Shu      sаbаbli    еng    zаrur      bilimlаrni    egаllаsh    uchun  

o’qitishning    turli  хil  tехnоlоgiyalаri    vа     mеtоdlаri   yuzаgа   kеlmоqdа   ulаrni  

sаrаlаb  turmushdа   qo’llаsh  аsоsiy   vаzifаdir . 

“O’qitish    tехnаlоgiyasi”    tushunchаsi    ilk    bоr    1970    yildа  YUNЕSKО 

kоnfеrеntsiyasidа  yangrаdi.    Shu  tаshkilоt  tоmоnidаn  nаshr  qilingаn  “Yashаsh  uchun 

o’qish” nоmli mа’ruzаdа yuqоridаgi аtаmа tа’limiy jаrаyonni  kеrаk?” nоmli mа’ruzаdа 

esа birinchi mаrtа ungа tа’rif bеrildi.  Undа o’qitish tехnоlоgiyasi infоrmаtsiоn inqilоb 

nаtijаsidа pаydо bo’lgаn vа didаktikаdа fоydаlаnаdigаn insоn o’rtаsidа аlоqа (mulоqоt) 

usul  vа  vоsitаlаri  yig’indisi  sifаtidа  tаvsiflаnаdi.  Zаmоnаviy  pеdаgоgikаdа  o’qitish 

tехnоlоgiyasining  аsоsiy  tаvsifi  sifаtidа  uning  tizimliligi,  ilmiyligi,  qаytа 

tiklаnuvchаnligi,  qo’shiluvchаnligi,  sаmаrаdоrligi,  sifаt  vа  mоtivlаshgаnligi, 

                                                 

9

 D.Tojiboyeva.A.Yo’ldoshev.”Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” Toshkent 2009   96-98b           



 

17 


аlgоritmlаshgаnligi,  ахbоrоtliligi,  nusха  оlish  imkоniyati,  yangi  shаrоitgа  ko’chirish 

mumkinligi kаbi jihаtlаrigа e’tibоr qаrаtilаdi.

10

  

O’qitish  tехnоlоgiyasi  ilmiy  аsоslаngаn  didаktik  jаrаyon  lоyihаsini  аmаlgа 



оshiruvchi vа yuqоri dаrаjаdаgi sаmаrаdоrlik, ishоnchlilik vа kаfоlаtgа egа nаtijаlаrgа 

mоlik pеdаgоgik fаоliyatdir. 

O’qituvchining bu bоrаdаgi fаоliyati mеzоnlаri quyidаgilаrdа nаmоyon bo’lаdi: 

  mаqsаdning аniqligi vа uni tаshхis etish mumkinligi; 

  o’rgаnilаyotgаn mаvzugа оid nаzаriy vа аmаliy mаsаlаlаr vа uni еchish usulining 

tizimli tаrzdа tаqdim etilishi; 

  mаvzulаrning kеtmа-kеtligi, mаntiqiyligi, bоsqichmа-bоsqich bаyon etilishi; 

  o’quv  jаrаyonining  hаr  bir  bоsqichidа  ishtirоkchilаrning  o’zаrо  hаrаkаt 

usulаrining ko’rsаtilishi; 

  o’qituvchining eng sаmаrаli o’qitish vоsitаlаridаn fоydаlаninshi; 

  o’qituvchi  vа  аtlаbаlаr  fаоliyatining  mоtivаtsiоn  tа’minlаnishi  bu  jаrаyondа 

ulаrning    shахsiy  kаsbiy  fnksiyalаrining  nоiоyon  bo’lishi  (erkin  tаnlаsh, 

kriаtivlik, bаhslаshuv vа h.z.) 

Metodlar  (usullar)ni  har  qanday  muammoni  (maksadni)  uzatish  va  qabul  qilish 

harakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

So‘z orqali ifodalanadigan metod; 

Ko‘rgazmali metod; 

Amaliy metod. 

Ta’lim  mazmunini  o‘zlashtirishda  o‘quvchilarning  bilim  saviyasi,  o‘zlashtirish 

qobiliyati,  ta’lim  manbai,  didaktik  vazifalarga  qarab,  munosib  ravishda  quyidagi 

metodlar qo‘llaniladi: 

- o‘qitishning ma’ruza ( suxbat) metodi; 

- o‘qitishning amaliy ishlar metodi. 

- Laboratoriya ishlar metodi. 

- Mustaqil ishlar metodi. 

- Muammoli evristik modellashtirish metodi. 

                                                 

10

 M.F. Lafasov.T.Toshpo’latov.G.Lafasova.”Milliy g’oyani o’qitish metodikasi”Toshkent 2008 150-b 



 

18 


- Ilmiy tadqiqot metodlari. 

- O‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi. 

- O‘qitishning induktiv va diduktiv metodi. 

- o‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi. 



Bаyon qilish mеtоdi. 

Bаyon qilish mеtоdi ikki turgа bo’linаdi: 

а) ko’rgаzmаli bаyon qilish. Bundа o’qituvchi bilimlаrni bаyon qilish bilаn birgа uning 

hаqiqiyligini misоllаr оrqаli nаmоyish qilаdi. 

b) muаmmоli bаyon qilish. Bundа o’qituvchi  mаtеriаlning muаmmоsini qo’yadi, uni 

hаl etish yo’llаrini ko’rsаtаdi, аsоslаydi vа isbоtlаydi.  

     Hоzirgi  оliy  mаktаbdаgi  sаmаrаdоr  o’qitish  tехnоlоgiyasi  –  bu  muаmmоli 

o’qitishdir. Uning vаzifаsi  fаоl bilish jаrаyonigа undаsh vа tаfаkkurdа ilmiy – tаdqiqоt 

uslubini shаkllаntirishdir. Muаmmоli o’qitish ijоdiy, fаоl  shахs tаrbiyasi mаqsаdlаrigа 

mоs kеlаdi.  

     Muаmmоli vаziyatning bеlgilаri quyidаgilаrdir: 

-tаlаbаgа nоtаnish fаktning mаvjud bo’lishi; 

-vаzifаlаrni  bаjаrish  uchun  tаlаbаgа  bеrilаdigаn  ko’rsаtmаlаr,  yuzаgа  kеlgаn  

bilish mаshаqqаtini hаl qilishdа ulаrning shахsiy mаnfааtdоrligi.  

  Muаmmоli    o’qitishning  vаzifаsi,  tаlаbаlаr  tоmоnidаn  bilimlаr  tizimi  vа  аqliy 

fаоliyatlаri  usullаrini  sаmаrаli  o’zlаshtirishgа  hаmkоrlik  qilish,  ulаrdа  yangi  vаziyatdа 

оlingаn  bilimlаrni  ijоdiy  qo’llаsh  mаlаkаsini  hоsil  qilish,  bilish  mustаqilligi  hаmdа 

o’quv  vа  tаrbiya  muаmmоlаrini  hаl  qilishdir.    Muаmmоli  o’qitishni  tаshkil  etishning 

shаrtlаri: 

Birinchi shаrti  o’quv ахbоrоtlаrining tаkоmillаshib bоrishi tizimidir. 

     Ikkinchi  shаrtidа  muаmmоli  o’qitish    аmаlgа  оshirilаdi  vа  undа  ахbоrоtning 

o’quv  vаzifаsigа  o’tkаzilishi    vаqtidа  uni  еchish  usulini  tаnlаsh  imkоniyati  ko’zdа 

tutilаdi. 

    Uchinchi  shаrti  tа’lim  оluvchining  subyеktiv  mаvqеi,  ulаrning  bilish 

mаqsаdlаrini  аnglаb yеtishi vа qаrоr qаbul qilishi mаsаlаni hаl qilish vа nаtijаni qo’lgа  

kiritish uchun  o’zlаrining  iхtiyorigа bo’lgаn vоsitаlаrini bаhоlаy bilishdir. Ta’limning 



 

19 


muammoli  metodlari;  tizimni  so‘z  orqali  ifodalash,  ko‘rgazmali  va  amaliyot  metodlari 

yordamida  foydalaniladi.  Ta’limni  muammoli  o‘qitish  jarayonida  o‘qituvchi 

talabalarning  bilish  faoliyatini  ko‘zg’atadigan,  faollashtiradigan,  ongni  charxlaydigan 

vazifalar  beradi.  Talabalar  mustaqil  holda  yoki  o‘qituvchining  yordamida  uni  yechish, 

hal  qilish  uchun  ijodiy  izlanadilar.  Muammoli  o‘qitish  yoki  muammoli  masalalarning 

yechilishini  talab  qilish  o‘quvchilarning  egallagan  ilmiy  bilimlariga  hosil  qilingan 

ko‘nikmalariga asoslangan holda izlansa yoki olingan bilimlarini xotirlasa, bemalol o‘zi 

yecha  oladigan  qilib  tuzilish  kerak.  Aks  holda,  masala  talabaning  ulgurmagan 

bilimlariga  ham  asoslanib  tuzilsa,  u  holda  talaba  o‘ziga  ishonmay  qoladi,  o‘zidagi 

bilimga ishonchi yo‘qoladi, har qanday ilmiy ta’lim talaba uchun muammolidir.Chunki 

talabaga  hozirgacha  noma’lum  bo‘lgan  yangilik  bilan  tanishtiradi.  Muammoli  o‘qitish 

talabaning  fikrlash  faoliyatini  o‘stiradi,  har  narsani  bilishga  qiziqish  uyg’otadi.  Fahm-

farosatli, mustaqil ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini tarbiyalaydi. 

Tushuntirsh va uqtirish metodi. 

Ushbu  tarzdagi  metodni  qo‘llashda  o‘qituvchi  so‘z  vositasida  mavzuni  bayon 

qiladi va tushuntiradi. O‘quvchilar esa tinglashadi, eslab qolish, anglab yetish orqali uni 

faol qabul qiladi va o‘zlashtiradi 

Mavzuning asosini tushuntirish va uqtirishda hikoya usulidan foydalaniladi. O‘quv 

materiallari  mazmunini  og’zaki  bayon  qilish,  uning  asosiy  joylarini  tushuntirish  ko‘zda 

tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun, hikoya metodini qo‘llash samarali natija beradi. Bu 

metod  orqali  mavzuga  xizmat  qiladigan  ma’lumot  va  voqealarni  bayon  qilish  diqqatni 

faollashtiradi,  xotirada  saqlashni  jadallashtiradi.  Hikoyani  bayon  qilish,  uqtirish 

metodlarini  samarali  qo‘llash  shartlari:  rejani  qunt  bilan  o‘ylash,  mavzuni  yoritishning 

oqilona  izchilligini  ta’minlash,  misollar  va  hikoyalarni  muvaffaqiyatli  tanlash, 

tushuntirish va uqtirishda zaruriy emotsionallikni tanlash darkor. 

Hikoya  bir  necha  turga  bo‘linib,  hikoya  muqaddima,  hikoya  bayon,  hikoya 

xulosalarga bo‘linib, ular mavzuni yoritishga xizmat kiladi. 

Mavzuni  tushuntirishda  og’zaki  bayon  qilish,  tushuntirish  yoki  biror  bir  lavhani 

ko‘rsatish, ( illyustratsiya)ni ko‘zda tutib, hikoyadan o‘zining hajmi kattaligi, mantiqiy 



 

20 


qo‘yilishi,  obrazli  isbotlash  va  umumlashtirish  orqali  mavzu  maqsadiga  erishiladi, 

hikoya qilish mavzuning maqsadini bir qismiga xizmat qiladi. 

Ma’ruza  matnini  tushuntirish  va  uqtirish  informatsiyani  og’zaki  bayon  qilish, 

uzoq  vaqt  davomida  diqqatni  tutib  turish,  tinglovchilarning  fikrlashini  faollashtirish 

usullari,  isbotlash,  tasniflash,  sistemalashtirish,  umumlashtirish  va  boshqa  usullaridan 

foydalaniladi. 

Tushuntirish  va  uqtirish  metodi  atroflicha  o‘ylangan  fikrlar,  savollar  yordamida 

bilim  berilib,  u  o‘quvchini  faktlar  tizimini,  yangi  tushunchalar  va  qonuniyatlarni 

o‘zlashtirishga olib keladi

11



Ma’naviy-ijodiy metodlar 

Inson  ma’naviyatining  shakllanishi  juda  murakkab  jarayon.  Insonning  ma’naviy 

sifatlarini  shakllantirshda  oila,  atrof-muhit,  jamiyat  katta  rol  o‘ynaydi.  Ota-onaning 

mehri,  atrofdagilarning  mehri,  ularni  olqishlari  bolani  mustaqil  fikrlashga  va  mustaqil 

ish  boshlashga  ishonchini  uyg’otadi.  Ustozlar,  ota-onalar  boladagi  bu  harakatni, 

ishonchni  sezgandan  boshlab,  ularga  sharoit  yaratish  va  ularni  to‘g’ri  yo‘naltirishlari 

lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi yoshlarning shakllanishida muhim 

ahamiyatga ega. Sen o‘zing uddalay olasan, bunga qurbing yetadi, deb ishontirish va bu 

ishonchni “Ma’naviy-ijodiy metod” orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod  uch 

bosqichda amalga oshiriladi: 

a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish; 

b) o‘quvchilarning  egallagan  bilimiga  va  tajribasiga  asoslangan  holda  masala 

qo‘yish, hamda ularga suyanib masalalarni tahlil kilish; 

v) o‘rganish  kerak  bo‘lgan  muammo  ustida  mustakil  fikr  yuritib  xulosa  olishga 

erishish. 

Bu  bosqichlarni  amalga  oshirish  jarayonida  talabalar,  insonning  boy  xazinasi 

uning  o‘zida  yashiringanligini  tushunadilar.  Faqat  buning  uchun  o‘qituvchi  ulardagi 

qiziqishni, yashiringan iqtidorini anglay bilishi kerak. 

                                                 

11

  O.J.Suyunov.”Pedagogika”ma’ruzalar matni Samarqand 2008  77-b 



 

 

21 


Ilm  olish,  odatiylik,  aqlni  peshlash,  o‘z  ustida  ishlash,  hikmatlarni  bilish, 

kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib-

o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin. 

O‘quv  ma’ruza  metodi:  o‘quv  materialini  og’zaki  bayon  qilishni  ko‘zda  tutadi, 

hikoya  metodidan  o‘zining  xajmi  kattaligi,  mantiqiy  qurilishi,  umumlashtirishning 

murakkabligi  bilan  ajralib  turadi.  Ma’ruza  butun  dars  yoki  mashg’ulotni  band  etadi. 

Hikoya esa faqatgina uning bir qismini egallaydi. 

Ma’ruza  davomida  informatsiyani  og’zaki  bayon  qilish,  uzoq  vaqt  davomida 

diqqatni  tutib  turish,  tinglovchilarni  fikrlarini  faollashtirish  usullari,  argumentlash, 

isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshqalardan foydalaniladi 

Ta’limning ko‘rgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bo‘linadi. 

1. Illyustratsiya  metodi:  –  plakat,  harita,  doskadagi  rasm,  olimlarning  portretlari, 

suratlar va boshkalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. 

2. Namoyish  qilish  metodi  –  asboblar,  tajribalar,  texnik  qurilmalar,  turli  tipdagi 

preparatlarni  namoyish  qilish  bilan  bog’lik.  Namoyish  qilish  metodiga  bog’lik 

kinofilmlar  va  diafilmlar  ham  kiradi.  Ko’rgazmali  uslub-o’quvchi  (talaba)  larga 

namoyish  etiladigan  qo’llanmalar-  xarita,  plakat,  doskadagi  chizma  va  rasmlar, 

allomalarning surati va  boshqalarni ko’rsatishni nazarda tutadi.  

 

Namoyish  qilish  uslubi,  odatda,  qurilma,  asboblar,  tajribalar,  turli  tipdagi 



preparatlarni  namoyish  qilish  bilan  bog’liq.  Namoyish  qilish  uslubiga,  shuningdek, 

diafilm,  kinofilm  ko’rsatishni  ham  kiritilgan.  Ko’rgazmali  uslublarni  qo’llashda 

quyidagi usullardan foydalaniladi: ko’rsatish, yaxshi ko’rinishni ta’minlash, o’tkazilgan 

ko’rsatuv , namoyish va hokazolar natijalarini muhokama qilish .  

Keyingi  yillarda  amaliyot-  ko’rgazma  uslubi  bir  qator  yangi    vositalar  bilan 

boyidi.  Plastmassa  qoplamali  ancha    rangdor  jo’g’rofiy  xaritalar  ,  tarix,  biologiya, 

adabiyotdan  inlyustrativ  albomlar  yaratildi.  O’qitish  amaliyotiga  shaffof  plyokada 

tayyorlangan  rasm,    chizmalarni  sinfni  qorong’ulashtirmasdan  ko’rsatuvchi  LETI 

apparati,  kodoskoplar  va  kompyutrlar  kirib  keldi.  Darslarda  vatman  qog’oziga  keng 

flamasterlar yordamida  chizilgan , o’rganilayotgan narsa va xodisaning tadrijini birin- 

ketin ochib berish imkonini beruvchi chizma va suratlar qo’llanila boshlandi.  


 

22 


 

O’quv  kinosini  qo’llash  uslubi  ta’lim  amaliyotida    odatdagi  hodisa  bo’lib 

qoldi.  Asosiy  o’quv  filmlarining  ro’yxati  o’quv  dasturlariga  kiritilgan.    Bu  esa 

o’qituvchi (pedagog) ning film tanlashini ancha osonlashtiradi. O’quv jarayonida mavzu 

bo’yicha to’liq film, shuningdek kino parcha va kinokolsovkalardan foydalaniladi. Kino 

parchalari tegishli mavzuning ayrim masalalariga bagishlanadi.  

 

O’quv jarayonidan filmlardan foydalanishga tayyorlanishda o’qituvchi uni 



oldindan ko’rishi,  namoyish qilish davomida o’quvchi (talaba) lar oldiga qo’yiladigan 

asosiy  savollarni  tuzishi,  darsning  tegishli  lahzasida  ko’rsatiladigan  parchalarni, 

savollarini  tuzish,  alohida  parchalarni  ajratish  lozim.  Nihoyat  ,  film  bo’yicha  yakuniy 

suhbat rejasini belgilash kerak.  

 

Umumiy ta’lim maktab, akademik lisey, kollej va oily o’quv yurtlari uchun 



ko’plab  rilefilmlar  yaratildi,  shuningdek  o’quv  ko’rsatuvlari  ham  olib  borilmoqda. 

Respublika  televideniyasining  bo’lajak  ko’rsatuvlar  dasturi  matbuotda  e’lon  qilinadi, 

malaka  oshirish  institutlarida  ularni  videoga  tushirib  olib  ko’paytirib,  pedagoglarga 

etkazib beriladi.  

 

Ta’limning ko’rgazmali uslublarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular 



so’z  bilan  ifodalash  uslubi  bilan  u  yoki    bu  darajada  uyg’unlashib  ketadi.  So’z  va 

ko’rgazmalilikning chambarchas bog’liqligi shundaki  obyektiv borliqdagi qonuniyatlar 

amaliyotda birgalikda qo’llanishni taqazo etadi.  

 

Shunday  qilib,  so’z  va  ko’rgazmalilik  aloqasining  xilma-  xil  shakllari 



mavjud. Ularning birontasiga ustunlik berish xato bo’lar edi, chunki ta’lim vazifasining 

o’ziga  xos  xususiyati,  mavzuning  mazmunini,  mavjud  ko’rgazmali  vositalarning 

xarakteri, shuningdek o’quvchi (talaba) lar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, har bir 

konkret holatda ularning eng oqilona qo’shiluvi tanlanadi.  

Ko’rgazmali ta’lim turida o’qituvchining o’quvchiga bayon qilingan ma’lumotlar, 

narsa 


va 

hodisalarning 

mohiyat- 

mazmuni 


idrok 

qiladilar, 

tushunadilar, 

mustahkamlaydilar  va  amalga  qo’llaydilar.  Bu  hozirgi  kun  maktablarida  eng  ko’p 

qo’llangan ta’lim turlaridan biridir.  

Ko’rgazmali–izohli 

ta’lim 

texnologiyasi 



ko’rgazmalardan 

foydalanib, 

ma’lumotlarni izohlashga yonaltirilgan o’qitish texnologiyasidir.  


 

23 


Ko’rgazmali-  namoyishlar  yordamida  “o’qituvchi-  o’quvchi”  munosabati  emas 

“o’quvchi-  o’qituvchi”  munosabatida  yangi  axborotlarni  ko’rgazmaga  qarab  o’quvchi 

tomonidan izohlash jarayonidir.  

Professor  O.  Roziqovning  ta’kidlashicha  ko’rgazmali  ta’lim  bolalar  xotirasiga  

mo’ljallab  tashkil  etiladi.  Ko’rgazmali  ta’limda  o’qituvchi  fandan  tayyor  ilmiy  

xulosalarni ko’rgazmaga qarab    tushuntirish usulidan foydalanib bayon qiladi, uni o’zi 

tahlil qiladi. O’quvchilar ko’rgazmali dars usulida yangi tushunchalarni anglab oladilar, 

insonlar yordamida mustahkamlab amalda qo’llash , yo’llarini o’rganadilar.  

Ta’limning amaliy metodlari: yozma mashqlar, ona tili va chet tili, matematika va 

boshqa  fanlar  bo‘yicha  topshiriqlarni  bajarish  mashqlari  kiradi.  Xuddi  shuningdek, 

laboratoriya  tajribalari,  ustaxonalarda,  o‘quv-ishlab  chiqarish  sexlari,  o‘quvchilar 

brigadalarida  mexnat  topshiriqlarini  bajarishlari  ham  ta’limning  amaliy  metodidir. 

Аmаliy  mеtоdlаr.  Mаlаkа  vа  ko’nikmаlаrni  shаkllаntirish  vа  mustаhkаmlаshtirish 

jаrаyoni  bilаn  bоg’liq  bo’lgаn  mеtоdlаr  o’qitishning  аmаliy  mеtоdlаri  hisоblаnаdi. 

Хususаn,  bundаy  mеtоdlаr  jumlаsigа  yozmа  vа  оg’zаki  mаshqlаr,  аmаliy  vа 

lаbоrаtоriya  ishlаri,  mustаqil  ishlаrning  bа’zi  turlаri  kirаdi.  Mаshqlаr  аsоsаn 

mustаhkаmlаsh  vа  bilimlаrni  tаdbiq  qilish,  mаlаkа  vа  ko’nikmаlаrni  shаkllаntirish 

mеtоdi  sifаtidа  qo’llаnilаdi.  Mа’nаviyat  аsоslаrini  yangi  tushunchаlаrni,  qоnunlаrni 

tаrkib  tоptirishdа  bоlаlаr  umumlаshtirishgа  duch  kеlаdilаr.  Umumlаshtirish  –  bu 

o’rgаnilаyotgаn  оb’еktlаrdаn  umumiy  muhim  tоmоnlаrini  аjrаtish  vа  ulаrni  muhim 

emаslаridаn аjrаtishdаn ibоrаt 

Ta’lim  vositalari:  ta’lim  maqsadini  amalga  oshirish  yo‘lida  xizmat  qildirayotgan 

metodlarni  muvaffaqiyatli  chiqishida  ishlatiladigan  o‘quv  asboblaridir.  Ular  issiqlik 

sig’imini o‘lchash asbobi, kompyuterlar,EHMlar, logorifm lineykasi, apparat turlari, turli 

xil o‘quv asboblaridan tashkil topadi. 

 Ko’rsаtmаli mеtоdlаr. 

O’qitishning  ko’rsаtmаli  mеtоdlаri  –  o’quvchilаrgа  kuzаtishlаr  аsоsidа  bilimlаr 

оlish  imkоnini  bеrаdi.  Kuzаtish  hissiy  tаfаkkurning  fаоl  shаklidir,  bundаn  o’qitishdа, 

аyniqsа,  mа’nаviyat  аsоslаri  fаnini  o’qitishdа  kеng  fоydаlаnilаdi.  Tеvаrаk  –  аtrоfdаgi 

prеdmеt  vа  хоdisаlаr  vа  ulаrning  turli  –  tumаn  mоdеllаri  хil  kuzаtish  оb’еktlаri 



 

24 


hisоblаnаdi.  O’qitishning  ko’rsаtmаli  mеtоdlаrini  o’qitishning  оg’zаki  mеtоdlаridаn 

аjrаtib  qo’yib  bo’lmаydi.  Ko’rsаtmа  –  qo’llаnmаlаrni  nаmоyish  qilishni  hаr  dоim 

o’qituvchining  vа  o’quvchilаrning  tushuntirishlаri  bilаn  birgаlikdа  оlib  bоrilаdi. 

O’qituvchining  so’zi  bilаn  ko’rsаtmа  vоsitаlаridаn  birgаlikdа  fоydаlаnishning  4  tа 

аsоsiy shаkli аniqlаngаn: 

1.O’qituvchi so’zlаr yordаmidа o’quvchilаrning kuzаtishlаrini bоshqаrаdi; 

2.Оg’zаki  tushuntirishlаr  оb’еktning  bеvоsitа  ko’rinmаydigаn  tоmоnlаri  hаkidа 

mа’lumоtlаr bеrаdi; 

3.Ko’rsаtmа–qo’llаnmаlаri  o’qituvchining  оg’zаki  tushuntirishlаrini  tаsdiqlоvchi 

yoki kоnkrеtlаshtiruvchi illyustrаtsiya bo’lib хizmаt qilаdi. 

4.O’qituvchi    o’quvchilаr  kuzаtishlаrini  umumlаshtirаdi  vа  umumiy  хulоsа 

chiqаrаdi.O’qitishning оg’zаki usullаri 3 turgа: mа’ruzа, hikоya,suhbаtgа  аjrаtilаdi.  

   Suhbаt mеtоdi. 

Suhbаt mеtоdidа suqrоtоnа sаvоl – jаvоb usuli hоzirgаchа eng 

sаmаrаli  tа’lim  usullаridаn  biri  sifаtidа  qo’llаnilаdi.  Bundа  o’quvchi  chuqur  mаntiqiy 

fikrlаshgа,  ziyrаklikkа,  аniq  vа  to’g’ri    so’zlаshgа  ,  nutqning  mаntiqiyligi  vа 

rаvоnligigа hаmdа tаnqidiy, ijоdiy fikrlаshgа o’rgаtilgаn. Mаsаlаn, suqrоtоnа  suhbаtlаr 

dеgаndа  o’quvchining  mustаqil  vа  fаоl  fikrlаsh  jаrаyonigа  оlib  kirishi  hаmdа  uning 

fikrlаshidаgi nоto’g’ri jihаtlаrni  ziyrаklik bilаn аniqlаgаn hоldа ulаrni tuzаtish yo’ligа 

оlib chiqishdаn ibоrаt usullаr nаzаrdа tutilаdi.  

   Umumаn  suhbаt  mеtоdi  bоsqichlаrini  quyidаgichа  sоddаlаshtirib    ifоdаlаsh 

mumkin: 


1. Sаvоl – jаvоblаr оrqаli o’quvchining bilim dаrаjаsi vа fikrlаsh qоbiliyatini 

umumiy tаrzdа аniqlаsh. 

2. O’rgаnilаyotgаn 

mаvzuning    mаzmunini  o’qo’vchi  mоtivlаrigа 

muvоfiqlаshtirish. Bu, аsоsаn, o’quvchining qiziqish vа qоbiliyatlаrigа mоs bo’lgаn 

misоllаr tаnlаsh оrqаli аmаlgа оshirilаdi.  

3. O’quvchini  fаоl  mulоqаtgа  оlib  kirish.  Bundа,  аsоsаn,  rаg’bаtlаntirish 

usullаridаn fоydаlаnilаdi. 



 

25 


4. O’qituvchi  o’zini  bilmаydigаn  оdаmdеk,  o’quvchidеk  tutib,  sаvоllаr  bеrib 

bоrаdi.  

5. O’quvchining  to’g’ri  fikrlаrini  rаg’bаtlаntirish  оrqаli  uni  yanаdа  erkin  vа 

chuqurrоq  fikrlаshgа, so’zlаshgа jаlb qilish.   

6. O’quvchining хаtо fikrlаrini  аniqlаb bоrish. 

7. O’quvchining  хаtо  fikrlаrigа  nisbаtаn  to’g’ri  fikrni  o’qituvchi  tоmоnidаn 

yaqqоl  mаntiqiy аsоslаngаn shаkldа bаyon qilish  yoki tushuntirish  оrqаli  o’quvchi 

uchun  muаmmоli  vаziyat  yarаtilаdi  vа  o’quvchini  o’z  хаtоlаrini  o’zi  tuzаtishgа 

yo’nаltirilаdi.  

Suhbat  metodi:  Og’zaki  bayon  qilishning  asosiy  turlaridan  biri.  Tarkibida  eng 

ko‘p  ko‘llaniladigan  samarali  usullardan  biridir.  Ko‘pincha  bu  usul  savol-javob  usuli 

ham deb  yuritiladi. Dars berish jarayonida o‘tilayotgan mavzu  yuzasidan kirish asosiy 

va  yakunlovchi  qismlarda  suhbat,  savol-javob  metodi  qo‘llaniladi.  Suhbat  metodida 

atroflicha  o‘ylangan  savollar  yordamida  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  orasidagi  suhbatni 

ko‘zda  tutib,  u  o’qkuvchini  faktlar  tizimini  yangi  tushunchalar  va  qonuniyatlarni 

o‘zlashtirishga olib keladi. 

Suhbat usulining afzalliklari: 

1-darsda  qo’yigan  maqsadni  amalga    oshirishni    bevosita  nazorat  qilish  imkoning 

kattaligi. 

2-talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish. 

3-har  bir  talabaga  savol  bilan  murojaat  qilish  orqali,  darsda  faol  qatnashishini 

ta’minlash. 

4-birgalikda  ishlash    savolni  muhokama  qilish  jarayonida  guruhni  boshqarishni 

amaliyotda qo’llash. 

Kamchiliklari: 

1-talabalar sonining cheklanganligi, 25-30 tadan oshmasligi. 

2-o’qituvchidan ko’p kuch, asab,mahorat talab qiladi. 

3-savollar muhokamasi ko’p vaqt talab qiladi.12  

                                                 

12

D.Tojiboyeva. A.Yo’ldoshev.” Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” Toshkent-2009  207-b 



 

26 


Mа’ruzа – u yoki bu ilmiy mаsаlаni to’g’ri, mаntiqiy izchillikdа vа аniq izоhlаb 

bеrish.  

    S.I.Аrхаngеlskiyning  tа’kidlаshichа,  mа’ruzа  o’qituvchi  shахsining  bаrchа 

bоyligi: оngi, hissiyoti, tuyg’usi, e’tiqоdi оrqаli tаlаbаlаr ichki dunyosi bilаn mulоqаtdа 

bo’lishining  eng  sаmаrаli,  jоnli  shаklidir.  Bundа    uning  yo’nаltiruv,  ахbоrоt  bеrish, 

mеtоdоlоgik vа tаrbiyalоv funktsiyalаrini ro’yobgа chiqаrishgа yordаm bеrаdi. 

    Mа’ruzаning yo’nаltiruv funksiyasidа tаlаbаlаrning diqqаti o’quv mаtеriаlining 

аsоsiy qоidаlаri, uni o’rgаnishdаgi hаmdа bo’lg’usi kаsbiy fаоliyatidаgi rоli, аhаmiyati 

vа  uni  o’zlаshtirish  mеtоdlаrigа  jаlb  qilinаdi.  Mа’ruzаning  ахbоrоt  bеrish  funksiyasi 

o’qituvchi  tоmоnidаn    аsоsiy  ilmiy  fаktlаr,  qоidаlаr,хulоsаlаrning    mоhiyatini    оchish 

chоg’idа  аmаlgа  оshirilаdi.O’qitishning  mеtоdоlоgik  funksiyasini  qo’llаsh  tаdqiqоt 

mеtоdlаrini  qiyoslаsh  hаmdа  ilmiy  izlаnishning  tаmоyillаri  vа  yondаshuvlаrini 

аniqlаshgа yordаm bеrаdi. O’qitishning tаrbiyaviy funktsiyasi lеktsiya jаrаyonidа o’quv 

mаtеriаligа  hissiy  bаhо    bеrish  munоsаbаtlаrini  uyg’оtish,  qiziqishlаrini  o’stirish, 

mаntiqiy  fikrlаsh vа isbоtlаshni оydinlаshtirish yo’li bilаn аmаlgа оshirilаdi.  

      Tаhlillаr  shuni  ko’rsаtаdiki,  mа’ruzаdа  hаl  qilinаdigаn    аsоsiy  vаzifаlаr 

quyidаgilаrdаn ibоrаt: 

    -ilmiy bilimlаrning muаyyan miqdоri bаyon qilinаdi; 

    -tаlаbаlаrgа fаn vа tаdqiqоtlаrning mеtоdоlоgiyasi  tаnishtirilаdi.  

    -o’quv  fаоliyati  vа  o’quv  mаshg’ulоtlаrining  bаrchа  turlаri  оrаsidаgi  mеtоdik 

аlоqаlаr ko’rsаtilаdi.  

   O’quv  mаtеriаllаrini,  оg’zаki  bаyon  qilish  usuli,  uning  hikоya  tushuntirish  vа 

mа’ruzаsi kаbi turlаri qo’llаnilаdi: 

 -  bаyon  kilinаyotgаn  mаtеriаllаr  g’оyaviy  jihаtdаn  mаzmunli,  ilmiy  hаmdа 

nаzаriya vа аmаliyotlаr bilаn bоg’lаshgа qаrаtilgаn bo’lishi kеrаk. 

 -tаrbiyaviy  аhаmiyatini  to’g’ri  bеlgilаsh  оrqаli  tаrbiviy  tа’sir  ko’rsаtish 

vоsitаlаrini аniqlаsh vа аmаlgа оshirish lоzim. 

- nutq rаvоn, tushunаrli, mаtеriаlni his-tuyg’uli ifоdаlаy  оlish kеrаk. 



 

27 


-tа’rif, qоidа, kоnunlаr kitоb mаtnidаn fаrq qilgаn hоllаrdа o’qituvchi tоmоnidаn 

tа’riflаr yozib оlinishi kеrаk. 

  Nоmlаri  qаyd  etilgаn  mа’ruzаlаr  muаyyan  mеtоdik  mаqsаdlаrni  аmаlgа 

оshirishni nаzаrdа tutаdi. Chunоnchi, qiziquvchаnlik, emоtsiоnаl  – tехnоlоgik muhitni 

yarаtish;  muntаzаm  idrоk  etish  vа  mustаqil  fаоliyatni  fаоllаshtirish;  muаmmоli  – 

izlаnish  vаziyatini  yuzаgа  kеltirish;  kоmmunikаtiv  vаziyatlаrni  yarаtish;  tаlаbаlаrning 

o’zlаrini  nаmоyon  etishlаri  uchun  shаrоit  yarаtish;  rаg’bаtlаntirish,  mukоfоtlаsh, 

mаqtаsh. 

        Mа’ruzаgа quyidаgi tаlаblаr qo’yilаdi: 

-  Mа’lumоtlаrning yuqоri ilmiy dаrаjаdа bo’lishigа erishish; 

-  yirik  hаjmdаgi  аniq,  iхchаm  tizimlаshtirilgаn,  mеtоdik  jihаtdаn  аsоslаngаn 

zаmоnаviy ilmiy mаьlumоtlаrni yoyish; 

-  fikr – mulоhаzаlаrning аsоslаngаnligi vа dаlil – isbоtlаr bilаn bоyitilgаnligi; 

-  dаlil, misоl, mаtn vа hujjаtlаrning еtаrli dаrаjаdа bo’lishi; 

-  fikrlаrning аniq vа mаntiqiy ifоdа etilishi; 

 -  tinglоvchilаr  fikrlаrini  fаоllаshtirish,  sаvоllаrni  qo’yish  –  ritоrik  vа  mustаqil 

tа’lim оlishgа yo’nаltiruvchi mаvzu, muаmmо yoki sаvооllаrning bеrilishi 

 -  аsоsiy fikr, qоidа yoki хulоsаlаrni аjrаtib ko’rsаtish; 

 -  аtаmа, tushunchа, qоidа, nаzаriya vа bоshqаlаrning mохiryatini оchib bеrish; 

 

 -  tаlаbаlаrgа  mа’lumоtlаrni  eshtish,  fikrlаsh  vа  yozib  оlishgа  imkоn  yarаtib 



bеrish; 

-  o’qituvchi vа tаlаbаlar аuditоriyasi o’rtаsidаgi  аlоqаni yuzаgа kеltirish; 

-  didаktik mаtеriаllаr vа tехnik vоsitаlаrdаn fоydаlаnish; 

zаrur  o’rinlаrdа  ko’rgаzmаli  nаmоyish  etish,  jаdvаl,  sхеmа,  grаfik  vа 

nаmunаlаrdаn fоydаlаnish. 

 Maktab ma’ruzasi – bir soatlik mashg‘ulot davomida o‘rganilayotgan mavzuning 

haqiqiy  mohiyatini  ochib  berish,  unda  ilgari  surilgan  g‘oyalar  asosida  ilmiy  xulosalar 

chiqarish  va  ularni  umumlashtirish  asosida  bilimlarni  muayyan  izchillikda  bayon 

etishdir.  Maktab  ma’ruzasi  asosan  yuqori  sinflarda  qo‘llaniladi.  Ma’ruza  jarayonida 

mavzu  sidirg‘asiga  bayon  qilinsa  ham,  o‘quv  materialini  og‘zaki  bayon  qilish 



 

28 


metodining boshqa turlari, xususan, hikoya qilish va tushuntirishlardan ham foydalanish 

mumkin.


13

 

Hikoya-    Ushbu  uslubda  o`quvchi  (talaba)  larga  bеriladigan  bilim  mazmunini 

og`zaki  bayon qilish ko`zda tutiladi. Hikoyaning bir nеcha turi mavjud:  

Hikoya  muqaddima-  o`quvchi  talabalarni  suhbat  orqali  bilimni  qabul  qilishga 

tayyorlash. Hikoyaning bu turi bayonning nisbatan qisqaligi , yorqinligi, qiziqarliligi va 

hissiyotga  boyligi  bilan    ajralib  turadi,  yangi  bilimlar  olishga  qiziqish,  uni  faol 

o`zlashtirishga  ehtiyoj    uyg`otadi.Hikoyaning  bu  turida  o`quvchi  (talaba)  faoliyatining 

vazifalari to`g`risida tushunarli shaklda xabar bеriladi.  

Hikoya  bayon-  davrida  o`qituvchi  (pеdagog)  yangi  mavzu  mazmuini  ochib 

bеradi,  muayyan  rivojlanuvchi  rеja  asosida  bilim  bеrib,  ichidan  muhimlarini  ajratib, 

ko`rgazmali va ishonarli misollar bilan izchil bayon qilib bеradi.  

Hikoya  xulosa-  odatda  mashg`ulotning  oxirida  kеltiriladi.  O`quvchi  ushbu  usul 

orqali  asosiy  fikrni  yakunlaydi,  umumlashtiradi.  Hikoya  samaradorligining  shartlari: 

Rеjani  qunt  bilan  o`ylab  turish,  mavzuning  izchil  yoritilishini  ta'minlash  misol  va 

ko`rgazmalarni muvafaqiyatli tanlash, bayonda kеrakli emotsionallikka erishish. Hikoya 

qilish usuli ko’proq maktablarda qo’llaniladi yangi mavzuni, materialni o’zlashtirishda 

tayyorlash  uchun  kirish  so’zi,mazmunini  esa  hikoya  tarzida  bayon  qilinadi.Hikoya 

usulida o’quvchi –talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og’zaki bayon qilish ko’zda 

tutiladi.Bu  usulni  qo’llashda  muayyan  pedagogic  usullardan  foydalaniladi.Masalan 

diqqatni  faollashtirish,bayon  qilish,  taqqoslash,asosiylarini  ajratish,yakunlash  kabi 

mantiqiy  tadbirlar  shular  jumlasidandir.  Hikoya  samaradorligining  shartlari:rejani  qunt 

bilan  o’ylab  tuzish,mavzuning  izchil  yoritilishini  ta’minlash,  ko’rgazmalarni 

muvaffaqiyatli tanlash,bayonda kerakli emotsionallikka erishish.

14

   



O`qitish  vositalarining  mukammalshib  borishi  natijasida  dars  o`tish  jarayonini 

maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda. 

                                                 

13

 Temirova.N “Milliy istiqlol g’oyasi fanini o’qitish meodikasi”Guliston 2007 42-b 



14

D.Tojiboyeva. A.Yo’ldoshev.” Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” Toshkent-2009  204b 

 


 

29 


Texnik  vositalarni  qo`lllab  dars  o`tish  o`quvchi  talabalarning  fanni  o`rganishga 

bo`lgan  qiziqishlarini    ortishirishga  berilayotgan  axborotlarni  chuqur  o`zlashtirishga 

katta yordam beradi. 

Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko`ra 2ga bo`linadi: 

1.Universa  vositalarga:Doska,  diaskop,  kadaskop,  proyektor,  magnitafon, 

videomagnitafon, kompyuter, televizor kiradi. 

2.Maxsus vositalarga: Ma'lum bir masalani mavzuni yoritishga qaratilgan maket, 

videofilm , kasseta, disk, disket kiradi. 

Axborotni  uzatish  tasvirlash  nuqtai  nazardan  texnik  vositalarni  tasvirlovchi 

(kadaskop,  proyekter,  diaprotsessor,)tovushli(radio,  magnitafon  audio)audio-video 

kompleksi videomagnitafon, kompyuterlarga bo`lish mumkin. 

         Ta'lim  jarayonini  amalga  oshirishda  yordam  beruvchi  vositalar-ta'lim 

vositalari . 

Bizada  ta'lim  nazariyasi  va  amaliyotida  o`quv  jarayoniga  texnologik  xarakterlar 

kiritish  50-yillarda  boshlangan.Ular  an'anaviy  o`qitish  uchun  texnik  vositalar 

majmuasini yaratishda o`z ifodasini topgan. 

Umuman  ta'lim  texnologiyasi  oldindan  belgilangan  o`quv  maqasadlarga 

erishishni  kafolatlaydigan  ta'lim  jarayonida  inson  va  texnika  resurslardan 

foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. 

Ta'lim vositalari: 

1.Real vositalar: Asbob-uskuna, dastgoh, tayyor mahsulot 

2.Texnik vositalar:Proyektor kinoapparat, film  disk, multimedia 

3.Chop  etilgan  o`quv  materiallar:O`quv  va  ilmiy  adabiyotlar  chop  etilgan  o`quv 

metodik  materialar,  ko`rgazmali  materiallar,  tarqatma  materiallar,  ma'ruza  matnlar  va 

boshqalar kiradi

15



            O`qituvchi  qaysi  vositadan  qachon  foydalanishui  qanday  vositani 

qo`llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda  oldindan belgilab  olish 

kerak. 

                                                 



15

 Yo'ldoshev Z . Tojiboyeva  Maxsus fanlar uchun metodik qo`llanma Toshkent 2009

 


 

30 


Ta'lim  jarayonida  texnik  vositalardan  foydalanish    darsning  mazmuni  qiziqarli 

samarali bo`lishini ta'minlaydi. 

Kadaskop,  proyektor,  shaffof  plyonkadagi  tasvirlarni  ekranga  tushirish,  aks 

ettirish  uchun  qo`llaniladigan  jihoz  hisoblanadi.U  foydalanish  uchun    qulay, 

moslashuvchan  vosita  bo`lib  bir  marta  tayyorlangan  plyonkadan  ko`p    marta  

foydalanish  mumkin.Doska  bo`lmaganda zarur  bo`lgan  narsalarni  flamaster  yordamida 

to`ppa-to`g`ri yozib ko`rsatiladi. 

 Kadaskop  va proyektor  yozisi uchun vaqtni tejashda  eng qulay  vositalardan biri 

bo`lib darsda ko`rgazmalarni ta'minlashda muhim rol o`ynaydi. 

Ulardan  foydalanishdan  avval  uning  bexato  ishlashini  tozaligini  xonada  rezetka 

bor yo`qligini tekshirish lozim. 

Slaydlar  taqdimot  qilinishidan  oldin  tartib  bilan  mantiqiy  ketma-ketlikda 

tayyorlab qo`ygan ma'qul. 

O`qituvchi  taqdimot  jarayonida  ekranga  qarab  emas  balki  ta'lim  oluvchilarga 

qarab  nutq  tezligiga  e'tibor  bergan  holda  gapirishi  lozim,  ya'ni  "ko`z  aloqasini"  saqlab 

turishi kerak. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling