Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi «ekonometrika» fanidan


Ekonometrikaga kirish fanning bosh maqsadi


Download 52.74 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi52.74 Kb.
#1016339
1   2   3
Bog'liq
ekonometrika

Ekonometrikaga kirish fanning bosh maqsadi

Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy 


munosabatlarga 
miqdoriy 
o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” 
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan 
(u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga 
algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari 
to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. 
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi 
iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. 
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” 
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida 
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning 
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va 
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy 
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. 
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni 
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika 
va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan. 
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi 
tadbiq etilgan. 
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda 
u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy 
statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning 
ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba 
shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika 
fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini 
anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. 
Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. 
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro 
bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir.
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli 
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa 
davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va 
rivojlangan.
R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim 
element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan 
darajasigacha ko’tarilishi mumkin”. 
Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy 
o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda 
o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga 
na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga maksimal yoki 
minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy 
o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali 
o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan: Ekinlarni o’g’itlantirishning 
hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ekinlarni ma’lum bir darajada 
o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin o’g’itlantirish me’yor darajasidan 
ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi balki, hosildorlikni pasayishiga olib 
kelishi mumkin. Xuddi shunday ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning ta’siri 
Ekonometrik model o’zaro bog’langan o’zgaruvchilarning nazariy jihatlari va 
ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi. 
O’zaro bog’lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil 
qilishga ko’proq e’tibor beriladi. 
Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish 
mumkin. 

- muammoning qo’yilishi; 


- ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish; 
- model xususiyatini aniqlash; 
- parametrlarni baholash; 
- echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish. 
Bu bosqichlar barcha tadqiqotlar uchun xos bo’lib, qanday ma’lumotlardan 
foydalanishidan qat’iy nazar va zamonga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. 

Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari 






Download 52.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling