Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi «moliya» fanidan


Kichik biznes moliyalashtirish tadbirlari


Download 56.16 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1334631
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYA

Kichik biznes moliyalashtirish tadbirlari

So‘nggi yillarda respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida xususiy biznes faoliyat ko‘rsatayotgan makroiqtisodiyot va tadbirkorlik muxiti ancha yaxshilandi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish davom ettirildi. Moliyaviy resurslarni kichik biznes subyektlariga, fermer xo‘jaliklariga jalb qilinishi natijasida 2004 yilda ajratilgan kreditlar xisobiga qo‘shimcha 81,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur sohaga ajratilgan bank kreditlari iqtisodiyotda xususiy mulk o‘rnini yanada mustaxkamlashga xizmat qilmoqda.. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilgan kreditlar miqdori keskin oshdi va 354 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Muhimi shuki, ushbu kreditlarning aksariyat qismi, ya’ni 70,3 foizi uzoq muddatli kreditlar xisoblanadi.

2004 yildan boshlab barcha viloyatlarda ham fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtirish xarajatlarini ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali bevosita imtiyozli kreditlash mexanizmiga o‘tildi. 2004 yilda banklar to­monidan fermer xo‘jaliklariga jami 68,8 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit­lar ajratildi.

Yangi moliyalash mexanizmining joriy etilishi fermer xo‘jaliklari faoliyatiga ijobiy tasir ko‘rsatmdi, ya’ni, qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy xolatini yaxshilash va ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishga xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘ja­ligi korxonalarini moliyaviy jixatdan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, kredit foizlari yiliga 5 foizdan 3 foizga tushirildi.

Ma’lumki, iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bank xizmatlari ko‘rsatishni zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maksadida banklar tomonidan 806 ta filial, 1122 ta minibanklar ular asosan, qishloq joylarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va dexkonfermer xo‘jaliklariga bank xizmatlari ko‘rsatadi, 2312 ta "bank-mijoz" kompyuter tizimi joriy etilgan bo‘lib, ular bugungi kunda samarali ish olib bormoqdalar.



Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling