Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi «moliya» fanidan


Download 56.16 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1334631
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYA



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«MOLIYA» FANIDAN
Mavzu: KICHIK BIZNESNI MOLIYALASH
MUSTAQIL ISHI


Tuzuvchi: 9-1 IQTS-20 guruh
talabasi Shodiyev Sherzod









Buxoro-2023
Reja:
Kirish
1.Moliyaviy resurslar va moliyaviy kapitalning mohiyati
2. Krеdit mablg'lari va ularni bеrilish tartibi
3.Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash shakllari
4.Kichik biznes moliyalashtirish tadbirlari
5. Qisqa xulosalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish korxona foydasini oshirishga, xamda uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlaydi. Kichik korxona moliyaviy menejerining vazifasi - normal ishlab chiqarish jarayonini va investitsion faoliyatni ta’minlaydigan, eng samarali moliyalashtirish manbasini tanlash.

Har bir korxona, firma yoki korporatsiyani qayerdan pul olib va ularni qanday qilib samarali ishlatish savoli qiziqtiradi.

Eng avvalo pul "biznesni" yurgizish uchun kerak. Biznemenning odatda o‘z mablag‘i yetarlicha bo‘lmaydi va qarz olishga majbur bo‘ladi. Qarz olish natijasida tadbirkor potensali oshadi. Lekin bu yerda 2 ta yo‘l mavjud: u foyda keltirishi mumkin (qarz mablag‘larining olib kelayotgan foydasi, olingan qarz mablag‘lariga to‘lanayotgan foizdan yuqori bo‘lsa), lekin u zarar xam keltirish mumkin. Axir ba’zi paytida rivojlanishning susayishi xam bo‘lishi mumkin, ishlab chiqarish vositalari va uskunalarni yangilash, ba’zi paytlarda esa ishlab chiqarish yunalishi o‘zgartirib, uskunalarni yangilash kerak bo‘ladi.

Kichik biznesning moliyaviy resurslarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Moliyaviy zaxiralarni kichik biznes korxonasi ixtiyorida bo‘lgan pul vositalari tashkil qiladi. Pul mablag‘lari mol yetkazib beruvchilar, vositachi va moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq xizmatlari, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun sarflanadi. Moliyaviy mablag‘larni yetishmasligi kichik biznes istiqbolini, faoliyatini chegaralaydi va sinishiga olib keladi. Xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladigan moliyaviy zaxiralar (xom-ashyo sotib olish, yarimtayyor mahsulotlar, mehnat uskunalari, ishchi kuchi) pul ko‘rinishidagi sarmoyadir.

Moliyaviy sarmoya qarzga beriladi va aylanib foyda bilan investorga qaytib keladi, moliyaviy zaxiralar sarmoyasi qo‘shimcha foyda keltirishi uchun u ko‘prok aylanishi kerak. Yiliga sarmoya qancha ko‘p aylansa investor yillik daromadi shuncha ko‘p bo‘ladi.

Moliyaviy zaxiralar sarmoyasini tarkibiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma fondlar, muomila fondlariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi. ^ Asosiy fondlar - mehnat qurollari, bino, qurilma , texnika vositalari va boshqalar yig‘indisining qimmatli ko‘rinishi. U moliyaviy ko‘rinishini o‘zgartirmasdan ishlab chiqarish va xo‘jalik korxona chegarasida faoliyat ko‘rsatadi hamda o‘z qiymatini qaytadan yaratilgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadi. Aylanma fondlar - korxona ishlab chiqarish fondining bir qismini tashkil qiladi. U bir ishlab chiqarish davrida (siklida) ishlatiladi va o‘z qiymatini ishlab chiqariladigan mahsulotga to‘laligicha o‘tkazadi. Muomila fondlari tayyor mahsulotni iste’molchilarga yuborilgani, lekin to‘lanmagani, bank va kassa xisobidagi pul mablag‘ini o‘z ichiga oladi.


Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling