Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi


O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xaraja


Download 16.52 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi16.52 Kb.
#1832365
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-2 iqts Shahzoda strategik iqt

O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi.

Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.

Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublarini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: Birinchidan, baholash natijalari korxonaning barcha faoliyatlari natijadorligini qamrab olishi va uni namoyon etishi lozim;

To’rtinchidan, raqobatbardoshlikni baholash natijalarini tahlil etishda kompyuter dasturiy mahsulotlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hozirgi axborotlashtirilgan iqtisodiyot uchun o’ta muhim hisoblanadi va shunga muvofiq uning dasturiy tizimini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Korxona raqobatbardoshligini baholashning operatsion samaradorligi, innovatsion faoliyati va bozor ulushiga ko’ra aniqlash metodikasini korxona faoliyati samaradorlik darajasi, innovatsion faoliyati va bozor muhitiga moslash darajasini integral ko’rsatkichlarini baholash orqali amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, raqobatbardosh-likni baholashda baholanayotgan ob’ektining barcha xususiyatlarini o’zida mujassam etilishi lozim; Uchinchidan, raqobatbardoshlikni baholash bo’yicha aniq uslubiyotlarni shakllantirishda ma’lumotlar bazasi imkoniyatlarini hisobga olish lozim;

Korxonaning operatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali topiladi: = Z R- Korxonani operatsion faoliyati samaradorligi; V- Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; Z- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari; Korxonaning tanlangan faoliyati bo’yicha operatsion faoliyati samaradorligi quyidagi formula orqali topiladi: ∑ = ∑ Z∑ ∑ - korxonani tanlangan guruh bo’yicha operatsiyalar samaradorligi; ∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi daromadalari (mahsulot sotishdan tushgan tushum); Z∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi xarajatlari; Tanlangan guruh deganda, korxona bilan taqqoslash uchun zarur va etarli hisoblangan omillar majmui tushuniladi. Bu holatda ko’rib chiqilayotgan korxonaning tanlab olingan raqobatchi bilan taqqoslanganda alohidalashgan raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlashni nazarda tutadi. Tarmoqdagi barcha raqobatlashuvchi korxonalardan iborat bo’lganda esa, korxona raqobatbardoshligining tarmoq ko’rsatkichlari bilan belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Yuqoridagi formulalar asosida quyidagilarni topamiz:
KE = R R∑
Bunda KE- Korxonaning operatsion samaradorlik koeffitsienti; ∑ - korxonani tanlangan operatsiyalar samaradorligi; R- korxonani operatsion samaradorlik ko’rsatkichi; Korxonaning innovatsion faoliyati darajasini ( i) quyidagi bosqichlarda aniqlaymiz.
I = Zi Z :Z i 0 Z0
Bunda, I- korxonaning innovatsion faoliyati darajasi; Zi,Zi0- faoliyatini tekshirilayotgan davrlarning boshi va oxiridagi innovatsion faoliyatga qilingan xarajatlar yig’indisi; Z,Z0 - korxonaning tekshirilayotgan davrlarga mos keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari. Korxonaning innovatsion faoliyatining barcha ko’rsatkichlarini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi
I∑ = Zi ∑ Z∑ : Zi0 ∑ Z0 ∑
Bunda, I∑- korxonani tanlangan innovatsion faoliyati darajasi; Zi ∑,Zi0 ∑ - korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi innovatsion xarajatlari yig’indisi; Z∑,Z0 ∑- korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari yig’indisi. Yuqoridagi formulalar asosida korxonani innovatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali ifoydalaymiz KI = I I∑ Korxonani bozor muhitiga moslashish holatini biz uning bozor ulushiga ko’ra aniqlashdan boshlaymiz. Korxonani o’zi faoliyat yuritayotgan bozordagi ulushini quyidagi formula orqali ifodalaymiz D = V O Bunda, D – korxonaning bozordagi ulushi; V – korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; O- bozor xajmi; Korxonaning tanlangan bozor ulushini quyidagi formula orqali topamiz: D∑
= V∑ O

Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling