Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Raqobat kurashining yaponcha talqini


Download 16.52 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi16.52 Kb.
#1832365
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-2 iqts Shahzoda strategik iqt

Raqobat kurashining yaponcha talqini

Asrimizning eng buyuk tadbirkorlaridan biri-mashhur

≪SONY≫ kompaniyasining boshlig‘i yanopiyalik Akio Morita.

Uning favqulodda qobilyatlari va sherigi Masaru Ibukining

texnika sohasidagi ulug4 iste'dodi urushda vayron boMgan

Yaponiyada 1946-yilda tashkil etilgan kichkina bir radiopriyomniklami

qayta yasash ustaxon^sini jahondagi eng yirik

fmnalardan biriga aylanishiga imkoniyat beradi. Ular birinchi

navbatda eng mashaqqatli ish - tomomila yangi tovarlami

yaratish va bozorga kiritish bilan shug‘ullanganliklari uchun

ham muvaffaqqiyatga erishdilar.

Akio Moritaning iqtisodiyot olamidagi obro‘siga shubha

yo‘q va shu sababli ham uning raqobat to‘g‘risidagi mulohazalarini

eshitish maroqli. ≪Yapon biznesining shuhrati ham,

keskir qilichi ham, sanoatimizni harakatlantiruvchi kuch - bu

o‘sha marhamatli eski raqobat hisoblanadi. Bizda erkin iqtisodiy

tizim, bu tizimda har kim ham qonunda ruxsat etilgan har

qanday kompaniyani barpo etishi mumkin.

Shu sababli bironbir

tovar muvafaqqiyat qozonishi bilan ko‘pchilik kishilar

birdaniga o'zini unga uradilar va shu tovarni ishlab chiqarish

uchun jon-jahdi bilan o‘zaro kurash boshlaydilar. Bir necha yil

muqaddam ≪Yamaha≫ kompaniyasi ≪Honda≫ga qarshi kurashga

qulay payt keldi deb hisoblab, yapon mototsikl va motorollerlari

bozorida o‘z hissasini ko‘paytirishga qaror qildi.


dl
O ‘sha paytda ≪Honda≫ning qo‘li baland edi, ammo u AQSHda avtomobillami yig‘ish bo'yicha yangi zavod uchun katta kapital
mablag‘lar sarflayotgan edi. Shunda ≪Yamaha≫ bir necha yangi modellami chiqaradi va reklama kompaniyasini avj oldirdi.
Og‘ir moliyaviy ahvolga qaramay ≪Honda≫ rahbariyati tezda harakatini boshladi, kompaniya bir yil davomida har
haftada yangi modeldagi mototsikllami chiqarishni boshlab, javob zarbasini berdi. ≪Yamaha≫ - uning ketidan quvub yeta
olmadi. Oxir oqibatda ≪Yamaha≫ning rahbarlaridan bir qismi
iste’fo berishga majbur bo‘ldi.
25%
50%
10%
15%
Akio Morita raqobatni shu qadar muhim deb biladiki. hatto. o‘z raqiblariga yordam ham beradi? Bu haqda u shunday deydi:
≪Biz Yaponiyada magnitafonlar chiqara boshlaganimizda jami eng muhim patentlar bizning qoMimizda boiib, bozor
100 foiz bizniki edi. Ammo bunday monopoliya saqlanib qolganda u bizni xarob qilishi mumkin edi. Biz litsenziyalami sotishni boshladik va natijada. tez orada bozorning 30 foizigina qoldi. ammo bu anchagina kengaygan bozor edi. Biz Amerikalik sanoatchilardan birontasi bilan ham videomagnitafon ishlab chiqarmaganidan quvonmaymiz... chunki raqobat boMganida biz bozomi yanada kengaytirgan va yangi modellar yaratishni tezlashtirgan bo‘lar edik. Raqobat bo‘lmagan paytda yangilikni joriy etishning qizig‘i pasayadi≫.
  • Марита А. Как работают японские предприятия. -М., Экономика,
  • Murakayev I.U. Menejment fanidan praktikum.
  • Rasulov M.R. Bozor iqtisodiyoti asoslari.
  • Qosimov G‘.M. Menejment.
  • G'ulomov S.S. Menejment asoslari. .
  • Виханский O.C. Стратегическое управление. Москва, Гардарики,
  • Казанцев А.К. Основы менеджмента. Москва,
  • Кемпбел Д. Стратегический менеджмент
  • Kundalik gazeta va jurnallar.

Foydalanilgan adabiyotlar
Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling