Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxoro viloyati inklyuziv turizm infratuzilmasining interfaol xaritasini ishlab chiqish ilmiy amaliy loyihasi Bajardi


Qo‘lga kiritilishi rejalashtirilayotgan yakuniy natija (mahsulot, ishlanma, texnologiya)ning tavsifi


Download 180.05 Kb.
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi180.05 Kb.
#1649219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
LOYIHA ARIZASI

5.Qo‘lga kiritilishi rejalashtirilayotgan yakuniy natija (mahsulot, ishlanma, texnologiya)ning tavsifi

Mazkur innovatsion loyiha birinchi bosqichda Buxoro viloyatida inklyuziv turizm xizmatlarini ko‘rsatadigan barcha turistik infratuzilma obyektlarini qamrab olib, ularning joylashgan joyi, fotosurati, taklif etadigan xizmati, borish yo‘llari, musulmonlar sayohati davomida qo‘llaydigan muhim xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Inklyuziv turizm infratuzilmasining interfaol xaritasining mobil ilovasi turizmning deyarli barcha turlarini rivojlantirishda muhim turtki bo‘lib, mahalliy va xorijiy sayohatchilarning safarini yengillashtiradi. Inklyuziv turizm interfaol xaritasining mobil ilovasi 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz tilida) foydalanish imkoniyatini beradi.

6.Ehtiyoj (talab)ning mavjudligi (yetarliligi) to‘g‘risida tahliliy ko‘rsatkichlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
13-avgustdagi PF-5781-sonli Farmoniga asosan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ning ikkinchi bandi turizm infratuzilmasining raqobatbardoshligini ta’minlash va turizm xizmatlari sifatini oshirishga qaratilib, unda turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilovalar sonini ko‘paytirish (turizm infratuzilma obyektlarining onlayn xaritasi, ekskursiyalar va ko‘ngil ochish uchun mobil do‘kon, biznes-klassga aviachiptalarni sotib olish tizimi, turistlar uchun gid-ilovalar) ga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
2021-yil 24-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida uzoq xorij va qo’shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratishda ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor masala etib belgilangan.
Nogironligi bo’lgan sayyohlar uchun jahon turistik bozori o'sishda va rivojlanishda davom etayotgan bozor sifatida tan olingan. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 2023-yil 7-martdagi hisoboiga ko’ra dunyo aholisining taxminan 1,3 milliard nafari jiddiy nogironlikning u yoki bu ko’rinishidan aziyat kechirmoqda. Bu dunyo aholisining 16 foizini yoki har 6 kishidan 1 nafarini tashkil qiladi. 2025-yilga borib jahon turizm bozorining 25 foizini ommabop (Accessible) turizm qamrab olishi bashorat qilinmoqda va shu boisdan ushbu bozorni boshqara oladigan iqtisodiyotni yarata olish, o'zgaruvchan demografik holatni hisobga olib, butun dunyo bo'ylab kelajakda ishlab chiqiladigan turizm strategiyalarida ixtisoslashgan mahsulotlarning bozorga kirib kelishini inobatga olish shart demakdir. Inklyuziv turizm xizmatlaridan foydalanish maqsadida tashrif buyuruvchi potensial turistlarning sayohatini tashkil qilishda va ular uchun qulaylik yaratishda interaktiv inklyuziv turizm xaritasining mavjudligi destinatsiya imidjini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 180.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling