BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
Buxoro viloyati inklyuziv turizm
infratuzilmasining interfaol xaritasini ishlab chiqish ilmiy amaliy loyihasi
Bajardi: Iqtisodiyot va turizm fakulteti ziyorat turizmi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Shripov Bekzod
Buxoro 2023
Mundarija
Kirish……………………………………………..…………………………….….2Asosnoma………………………………………………………………………….3
Loyiha passporti....………………………………………………………………..7
Xulosa…………………………………………………………………………….12
Kirish
Loyihaning dolzarbligi. Dunyo bo’yicha imkoniyati cheklangan insonlar, jismoniy, aqliy, ruhiy va boshqa shu kabi jihatlar bilan farqlanuvchi kishilar, katta yoshdagilar xususan, qariyalar, shuningdek, homiladorlar, voyaga yetmaganlar uchun munosib turistik shart-sharoitlarni yaratish muhim o’ringa ega bo’lib, bu borada inklyuziv turizm turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi ijtimoiy barqarorlik va rivojlanishning o’ziga xos tayanchlaridan biri bo’lgan xizmat ko’rsatish sohasining muhim yo’nalishlaridan bo’lib hisoblanadi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, bugungi kunda dunyo aholisining 15 % yoki 1 milliard 300 milliondan ortiq insonlar u yoki bu turdagi nogironlikdan aziyat chekadilar. Ayrim nogironligi bor insonlar sog’lom kishilarga nisbatan 20 yil oldin vafot etadilar. Nogironligi bor insonlarda depressiya, astma, qandli diabet, insult, semirish yoki og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi bilan bog’liq kasalliklarga chalinish ehtimoli ikki baravar ko‘p uchraydi1. Aholining ushbu qatlamini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yuqori darajadagi, sifatli, qulay servis va xizmatlarni to’g’ri tashkil etish, infratuzilma obyektlarini, transport, joylashtirish vositalari, tur firmalar va agentliklar ko’rstadigan xizmatlar, gid-ekskursavod xizmatlari va boshqa shu kabi turistik xizmat ko’rsatishning o’rni va ahamiyati tobora o’sib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |