Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm Fakulteti Guruh: 3-2 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) Talaba: Fayziyev Fayzibek Fan: Elektron Biznes Mavzu: Elektron to’lov tizimlari. Mavzu: Elektron to’lov tizimlari: oson, upay va paypal to’lov


Download 0.53 Mb.
bet4/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#236484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-2 Marketing talabasi Fayziyev Fayzibek

Oson to’lov tizimi.



Yurtimizda 2017 yil 28 sentyabrdan yangi – OSON to‘lov tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Mazkur to’lov tizimi Brio Group tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga QR-kod beriladi. Ushbu to‘lov tizimi orqali shahar telefoni va uyali aloqa, kommunal hamda tijorat xizmatlari, internet, kabelli televideniye va bosha xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud.

OSON to‘lov tizimiga cheklanmagan miqdorda kartalarni qo‘shish, har biridagi mablag‘lar haqida ma’lumot olish, kimga va qancha to‘lov o‘tkazganini aniq bilish va xabardor bo‘lish, cheklarni elektron ko‘rinishda xotirada saqlab qo‘yish, zarur bo‘lganda ma’lumotni qog‘ozga bosib chiqarish kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Tizim foydalanuvchisi bo‘lish uchun unga mobil telefon raqamini kiritish va parol o‘rnatish lozim bo‘ladi. Tizimga kirish uchun 4 ta raqamni kiritish kifoya, yoki Touch ID’dan foydalanib, tezroq ro‘yxatdan o‘tish ham mumkin.

To‘lov terminali bo‘lmagan yoki ishlamagan paytda xizmatlar va xaridlar uchun Oson mobil ilovasi va QR-kodi yordamida to‘lash mumkin. Karta yo‘qotib qo‘yilganda, foydalanuvchi uni darhol bloklay oladi.

"OSON" toʻlov ilovasi orqali Internet va JetNet xizmatlari uchun toʻlovlarni o’tkazish imkoniyati ham mavjud.

"Internet" xizmati uchun toʻlovni amalga oshirish uchun, oʻzingizni mobil qurilmangizdan market orqali "OSON" ilovasini yuklab oling, "Toʻlov" - "Internet" - "TPS" boʻlimini tanlang va loginni va toʻlov qiymatini koʻrsating.



"Jet Net" xizmatini toʻlash uchun "Toʻlov" - "Onlayn servislar va koʻngil ochishlar" - "Jet Net" boʻlimini tanlang va ID ni va toʻlov qiymatini koʻrsating.

Trek nomer, tracing number - bu xohlagan jo'natma (posilka) beriladigan aloxida kod raqami. Shu kod orqali jo'natma ro'yhatdan o'tadi. Va shu kodlar yoki raqamlar orqali biz o'zimizga yuborilgan jo'natmalarni xozir qayerda ekanligini aniqlashimiz mumkin. Bu albatta yetkazib beruvchi kompaniyaga bog'liqdir. Ayrim kompaniyalar umuman bunaqa xizmatni taqdim etishmaydi, yoki qo'shimcha haq olishadi. shuning uchun ko'pinga juda arzon narsalar taxmina 5 $ past narxdagi narsalarni qayerdaligini ko'rsatuvchi trek nomer taqdim etishmaydi, yoki juda kam ma'lumot berishadi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling