Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm Fakulteti Guruh: 3-2 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) Talaba: Fayziyev Fayzibek Fan: Elektron Biznes Mavzu: Elektron to’lov tizimlari. Mavzu: Elektron to’lov tizimlari: oson, upay va paypal to’lov


OSON YuMoney bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzoladi


Download 0.53 Mb.
bet6/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#236484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-2 Marketing talabasi Fayziyev Fayzibek

OSON YuMoney bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzoladi.

OSON elektron pul tizimining operatori YuMoney (oldingi Yandeks.Dengi) bilan to’g’ridan to’g’ri shartnoma imzoladi va YuMoney elektron hamyonini OSON so‘m bilan to‘ldirish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ikkinchi shartnoma ham imzolanishga tayyorlanmoqda. Ayni paytda ushbu shartnoma bo’yicha texnik integratsiya boshlangan uning yakunlanishi 2021 yil yanvar oyining oxiriga qadar kutilmoqda va keyinchalik YuMoney’dan OSON hamyoniga pul o’tkazish mumkin bo‘ladi.

Ushbu hamkorlik tranzaksiyalar geografiyasini kengaytirib, chet elda bo‘lgan vatandoshlarimiz YuMoney’dan OSON hamyonini to‘ldirib, O‘zbekistonda yashovchi qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilishlari va mahalliy xizmatlar uchun imtiyozli shartlarda to‘lashlari mumkin. Oxirgisi, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolangandan so‘ng pul o‘tkazmasi uchun foizlar kamayganligi bilan izohlanadi.

"Biz ushbu xizmatga qiziqishni YuMoney xizmatlaridan juda ko‘p foydalanadigan o‘zbekistonlik frilanserlarda ko‘rdik", deydi OSON asoschisi Farhod Mahmudov. Shuningdek, u ushbu loyiha uzoq vaqt oldin rejalashtirilganligini, ammo to‘lov tashkiloti litsenziyasini olgandan so‘ng amalga oshirilgani va bu YuMoney kabi fintex sohasidagi yirik tashkilot bilan hamkorlikka sharoit yaratganini ta'kidladi.

Eslatib o‘tish joizki, OSON "elektron pul tizimi operatori" maqomini olgan O‘zbekistondagi birinchi to‘lov tashkiloti bo‘lib, mahalliy elektron pul OSON so‘mini joriy qilgan.

Kompaniya O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan loyihalarni WebMoney, QIWI, SberBank va MTS banklari bilan boshlashni rejalashtirmoqda, ularni amalga oshirish OSON foydalanuvchilari va hamkorlari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling