Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi
Download 1.92 Mb.
|
Mustaqil ish global iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikatsion siyosat
- Marketing maqsadlari va tadbirlari integratsiyasi
- Tadbirkorlik tizimida marketing – miks elementlari
Marketing siyosati vositalari
Tovar siyosati tovar bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tovarni takomillashtirish, dizaynini zamonaviylashtirish, qadog‘ini iste’molchini jalb qiladigan ranglarda o‘zgartirish, narxini turli iste’molchilar hamyoniga mos qilib belgilash va boshqalar. Kelishish siyosati bozor mexanizmlariga mos siyosat bo‘lib, savdosotiq jarayonidagi shartnomalar, dalolatnomani hujjatlashtirish ishlari kiradi. Bozor sharoitida turli narxlarning mavjudligi narx siyosatini, chegirmalar va ustama narxlar, tovarni yetkazib berish shartlari va kredit siyosatini yuritishni talab etadi. Taqsimlash siyosati tovarni ishlab chiqaruvchidan o‘z vaqtida iste’molchi va xaridorga yetkazib berish bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. Sotuv kanallarini tahlil qilish, marketing–logistikasini, savdo siyosatini to‘g‘ri yuritish, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish, iste’molchilar va iste’mol bozorlarini tanlash, yuk tashish va saqlashni to‘g‘ri tashkil qilish bular barchasi samarali faoliyatning ajralmas qismlaridir. Kommunikativ siyosatning asosiy vazifasi- xaridorlarning talabini qondirish va foyda olish yo‘lida barcha marketing subyektlari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish, samarali tarqatish kanallarini shakllantirishdan iborat. Samarali kommunikativ siyosat biznes kommunikatsiyalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, ya’ni hamkorlar bilan munosabatlar, raqobatchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlar, reklama va sotuvni rag‘batlantirish, firma brendini tanitish, omma bilan munosabatlar va shaxsiy sotuvlarni o‘z ichiga oladi. 1.4-rasm. Marketing maqsadlari va tadbirlari integratsiyasi Marketing – miksni ishlab chiqishda quyidagi prinsiplarga asoslanish lozim. − Ketma-ketlik tamoyili, har bir o‘zgaruvchi miqdoriy ko‘rsatkichni boshqasi bilan mosligini ta’minlash. Masalan, yuqori sifatli mahsulotga sifatli reklama va tegishli ravishda chiroyli va qulay qadoq tayyorlash. − Bozor konyunkturasi o‘zgarib turuvchi bir paytda shunga qarab mahsulot ishlab chiqarish, sifatga e’tibor berish kerak. Mahsulot reklamasida mahsulot sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali iste’molchini jalb etish va h.k. − Firmaning budjet va boshqa moliyaviy xarajatlarini hisob-kitob qilib, marketing kompleksi va miksini rejalashtirish, bozordagi aniq vaziyatga qarab marketingning tegishli tadbir va usullarini qo‘llash, firmaning kapital va aylanma mablag‘larining samarali qo‘llanilishini ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyatsiyasini hisoblash va samarani baholash. Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Marketing miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni quyidagi formula orqali topiladi. K=na… K — marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni; a – instrumentlar soni; n — marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini qo‘llash imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal marketing – miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi. Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini kengaytirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, turli marketing tadbirlarini o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim omillarni, ya’ni tovar yoki xizmat narxi, chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni olish mumkin. Marketingning har bir submiksi ham taktik, ham strategik vosita (instrument)ga, tovar, kelishuv, taqsimlash siyosatlari esa ko‘proq strategik ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik ahamiyatga ega bo‘lib, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida ko‘proq ishlatiladi. Optimal marketing-miks shunday marketing instrumentlarining kombinatsiyasidan iboratki, uning natijasida firma ko‘zlagan maqsadiga, marketing budjetini oqilona, ya’ni ratsional sarflagan holda erishadi. Marketing-miks har bir elementining ahamiyati korxona turiga (savdo, ishlab chiqarish, vositachi firma), tovar turiga va xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar uchun narx muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol tovarlari, qimmatbaho uy buyumlari, zargarlik mahsulotlari) uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Standartlashtirilgan yoki bir maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar siyosati uncha ahamiyatga ega emas, bunday strategik mahsulotlarga davlat tomonidan narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol tovarlari, uzoq muddat foydalanadigan tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat va bozor mexanizmlari faol ishlayotgan davlatlarda marketing instrumentlarini qo‘llab hatto kun davomida ham narxlarga korrektirovka kiritish mumkin. Narx – navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir etuvchi omildir. Bosh maqsad. Funksional bo‘limlar maqsadi. 1.5 -rasm. Tadbirkorlik tizimida marketing – miks elementlari Marketing – miks nazariyasi va amaliyotinig rivojlanishi va uning asosida korxona va firmalarda marketing tadbirlarining rejalashtirilishi marketing – menejment nazariyasi, uslubiyoti va usullarining shakllanishiga olib keldi. Marketing menejmentning ilmiy yo‘nalish va tadbirkorlikni tashkil qilishga yangicha yondashuv sifatida shakllanishiga nafaqat marketingning qo‘llanilishi, balki bozor sharoitida firma va korxonalarning maqsadli ravishda faoliyatini yo‘naltirilganligi, avvalambor, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish so‘ngra foyda olish yotganligi sabab bo‘ldi. Marketing jarayonini turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda boshqarish, tegishli marketing siyosati va tadbirini qo‘llash raqobat sharoitida juda muhimligini firmalar juda yaxshi anglab oldi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlar yetib borguncha qanchadan qancha muloqot auditoriyasi obyektlariga duch kelinadi, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir albatta yuqori madaniyat va hamkorlik asosida amalga oshirilsa, natija yuqori bo‘ladi. 1980-yilning o‘rtalarigacha marketing tovarlarni taqsimlash va sotish usuli sifatida qaralganligi bozor va kuchli raqobat sharoitida tovar va xizmatlar bozori tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, marketing tizimi subyektlari o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarini yuqori darajada o‘rnatishga to‘sqinlik qildi. Marketing jarayonlarining ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganligi marketingni boshqarish konsepsiyasining sotishga yo‘naltirilganligini chekladi. Demak, bu marketing faoliyatida sotish, reklama, taqsimlash va narx shakllanishidan tashqari marketing funksiyasining integrallashgan funksiyasi, ya’ni marketingni boshqarish iqtisodiyotning har bir bosqichi uchun muhim funksiya sifatida shakllandi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling