Buxoro davlat univеrsitеti iqtisodiyot va turizm fakultеti


Bugungi kunga kelib “Kogon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida 301,5 nafar ishchi xodimlar o‘z mehnat faoliyatlarini olib bormoqda


Download 0.74 Mb.
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1220704
1   2   3   4
Bog'liq
Agro klaster. Mavlonov Muhammadmirzo

Bugungi kunga kelib “Kogon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida 301,5 nafar ishchi xodimlar o‘z mehnat faoliyatlarini olib bormoqda.



2. “Kogon paxta tozalash" aksiyadorlik jamiyati tarixi.
Respublikaning eng keksa korxonalaridan biri bo‘lmish - Kogon paxta tozalash korxonasi XIX asrning oxirlarida, 1898 qurib ishga tushirilgan. Yigirmanchi asrning oxirlarida 20-30 yillarida korxona hududida tola ishlab chiqaruvchi ikki liniya - kichik korxona faoliyat ko‘rsatgan. Birinchi liniya (korxona) "Yaroslavskaya" nomi bilan atalgan va fakat uzun tolalai paxtani qayta ishlashga moslashgan, unda 12 ta g‘ulali (valikli) va 6 ta arrali jinlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular soatiga har bir arra soniga 2 kilogrammgacha tola ajratib, juda kam unumdorlikda ishlagan. Birinchi liniyada o‘rnatilgan mashina va mexanizmlar 2 ta bug‘ mashinasi orqali harakatga keltirilgan. Paxtani jinlarga, tolani esa pressga qo‘l kuchi bilan yetkazib berilgan. Liniyaga "Grachyov) rusumli vintli-press o‘rnatilgan bo‘lib, unda tola va lint navbatma-navbat presslangan. Bu liniya 1940 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.Korxonaning ikkinchi liniyasi "Emirovskaya" nomi bilan atalib, u o‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida to‘liq qayta qurilgan va Kogon paxta tozalash korxonasining keyingi bosqichdagi rivojlanishlariga asos bo‘lgan. Qayta qurish paytida bu liniyaga har arra soniga soatiga 2,5 kg tola ajratadigan 5 ta tolasi arradan shyotkalar yordamida ajratib olinadigan jinlar, 8 ta 108 arrali linterlar hamda 2 ta "Anderson-Klayton" rusumli aylanma silindr shaklida ogirligi 118-120 kg dan oshmaydigan kip chiqaradigan presslar o‘rnatilgan. Bu liniyada o‘rnatiilgan mashina va mexanzmlar har qaysisi 150 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 ta "Otto-Deyeis" rusumli dizellar orqali harakatga keltirilgan. Qayta qurishdan keyin korxona yiligi 4-5 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqargan. Korxonaning bosh binosi 2 qavat qurilgan bo‘lib, birinchi qavat transmissiya vallari, ikkinchi qavat esa asosiy mashina va uskunalar bilan band bo‘lgan. Barcha mashina va mexanizmlar o‘rnatilgan bug‘ mashinalari va
dizellardan binoning birinchi qavatida o‘rnatilgan tarnsmission vallar yordamida keng qalin tasmalar (lentalar) orqali harakatlangan. Keyingi yillarda paxta tozalash sanoatida yangi serunum uskunalarining yaratilishi, paxta tozalash korxonasini qurish-qayta jihozlashzaruriyatini tug‘diradi. Urushdan oldingi 1940 yillarda korxonada paxtani pnevmotransport (havo) yordamida ishlab chiqarishga yetkazib berish joriy qilindi. 2XDD rusumli jinlar o‘rnatilib, ular ham o‘z navbatida, ya’ni 1950 yillarga kelib 3XDD jinlarga, bir batareyali OVP rusumli tola tozalagichlar o‘rnatilib, keyinchalik ular ham ZOVP tola tozalagichlarga, PO-160 rusumli linterlarga almashtirildi. Qabul qilingan paxta xom-ashyosi CHX-ZM va 6 A-12M rusumli tozalagichlarda tozalanib, keyingi jinlarga uzutiladigan bo‘ldi. Aylanma silindr shaklida, kam og‘irlikda kip presslab chiqaruvchi eski presslar 550 tonnalik kuch bilan ishlovchi B-374 rusumli Novosibirsk shahrida ishlab chiqarilgan serunum presslar bilan almashtirildi. Shu yillarga kelib, elektr podstansiyalari qurilib, korxona tashqi elektr tarmoqlariga ulandi va to‘liq elektrlashtirildi. 1955 yilda korxoan 31 ming tonna tola ishlab chiqardi. Mahsulot ishlab chiqarishning bu darajada o‘sishiga asosiy sabablardan biri og‘ir qo‘l mehnati bilan bajarilayotgan ishlarning to‘liq mexanizatsiyalashtirilgani bo‘ldi. Tayyor mahsulotlar omborida kiplarni joylashtirishda avtopogruzchiklar, chigit ortishda KSHP rusumli paxta qabul qilish maskanlarida esa paxtani qabul qilib - tushurish va tirkamalarda ortish uchun TLX - 18, PTX va PL rusumli buntlardan (g‘aramlardan) paxtani tirkamalarga ortish uchun RB va RBD rusumli buntorazborshiklar (g‘aram buzg‘ichlar) ishlatila boshlandi.
1970-1980 yillarda korxonada 2 SB-10 rusumli quritish barabanlari, ularga issiq havo (teplovoy agent) yetkazib beruvchi suyuq yoqilg‘ida ishlovchi TJ-1,5 rusumli teplogeneratorlar, ZXDDM rusumli jinlar, PMP -160 va 5 LP rusumli linterlar, yangi mexanik shibbalar (trambovkalar) DA-8237 rusumli yangi presslar o‘rnatilib, XX oxirlariga kelib korxona yiliga 80-100 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 2 batareyali baquvvat, katta korxonaga aylandi. Quritish-tozalash sexi korxonaning bosh binosidan 60 metr uzoqlikda joylashgan bulib, paxtani quritish va tozalash har qaysisi 2 ta batareyadan iborat bo‘lgan 2ta liniyada bajarilgan. Birinchi ikki batareyaning har qaysisiga 6 tadan "Mehnat rusumli va 1 tadan 1 XK rusumli paxta tozalash uskunalari o‘rnatilgan. Qolgan ikki batareyaga 2 ta PLPX rusumli to‘g‘ri oqimli tizim o‘rnatilgan bo‘lib, bu liniyaga quyidagi uskunalar kirgan: mayda iflosliklardan tozalovchi SCH-2, 4 ta yirik ifloslarni tozalovchi RX rusumli uskuna , separator SS-15, mayda iflosliklardan tozalovchi SCH-02. Potok linyasida tozalangan paxta yana ikki oqim bilan pnevmotransport yordamida har qaysisi 4 tadan ZXDDM rusumli jinlardan tashkil topgan 2 batareyaga paralel ravishda yetkazib beriladi. Chigitdan ajratilgan paxta tolasi har bir jinga o‘rnatilgan ZOVP rusumli tola tozalagichlarda tozalanib, har bir jin batareyasi uchun aloxida o‘rnatilgan DA-8237 rusumli presslarda presslanadi. 
Momiq ajratish sexida 4 batareya (qator) 5 LP rusumli linterlar o‘rnatilgan. Birinchi ikkinchi batareya 6 tadan jami 12 ta lenterdan keyingi ikki batareya 5 tadan, jami 10 ta lenterdan tashkil topgan. Jinlarda tolasi ajratilgan chigit, linterlash uchun birinchi batareya jinlardan birinchi va uchinchi batareya linterlarga , ikkinchi batareya jinlardan esa ikkinchi batareya jinlardan esa ikkinchi va to‘rtinchi qator linterlarga shnek va elevatorlar yordamida yetkazib berilgan. 
Korxonada 2 ta press sexi bo‘lib, uning birinchisida tola, ikkinchisida esa ajratib olingan momiq va boshqa xil tolali chiqindilar presslangan. Yuqorida ko‘rsatilgan texnologiya bilan korxonada 1999 yilgacha ishlagan. Bu paytga kelib, o‘rnatilgan barcha uskunalar ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan edi.
XX asr boshida qurilgan ikki qavatli korxonaning bosh binosi hozirgi zamon talablariga javob bermay qoldi, ya’ni sexlar tor bulib, vibratsiya, shovqin, chanlilik, yorug‘lik darajalarihozirgi quyilgan me’yoriy darajalardan bir necha bor yuqori bo‘lib korxonani kapitla ta’mirlash bilan bu muammolarni yechishning iloji bo‘lmay qolgan edi. Oldinlari 100 ming tonnadan ortiqroq paxtani qayta ishlayotgan korxona xom-ashyoning yetishmasligi sababli 1999 yilda atigi 35 ming tonna paxtani qayta ishladi. Natijada urnatilgan uskunalarning fakat yarmi faoliyat ko‘rsata boshladi. Korxona faoliyatidagi eng asosiy ko‘rsatkich tola chikimi 32,3 foizni, 4 va 5 -nav paxtalarda esa 20-25 foizni tashkil qildi, olinayotgan chigit miqdori 45,3 foizgacha tushib ketdi. Tola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun bulayotgan xarajatlar rejadagiga nisbatan kupayib ketdi. Endi korxonani tubdan qayt qurish zaruriyati tugilib koldi. 
Ro‘y bergan holatni chuqur tahlil qilib, korxonaning hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan hududida keyingi yillarda ishlab chiqarilgan yangi texnologiya va zamonaviy texnika bilan jihozlangan, yuqori samaradorlikga ega bo‘lgan korxona qurish haqida qaror qabul qilindi. 2000 yilda korxonani hozirgi zamon fan va texnika yutuqlari asosida tubdan qayt kurishga kirishildi. Oldindan ishlatib kelinayotgan chigit ombori binosi qayt qurildi va bosh bino uchun moslashtirildi, yoniga esa18x30 metr o‘lchamda press sexi qurildi. Bosh binoda joylashgan sexlardagi chang va shovqin darajasini kamaytirish uchun eng kam transport sistemasini qo‘llagan holda quritish-tozalash, jin-linter sexlari alohida qilib to‘siqlar bilan ajratildi. Barabanlarda quritilgan paxta tozalash mashinalariga va ularda tozalangan paxta jinlarga mexanik usulda, ya’ni lentali transportyor yordamida yetkazildi. Uskunalarni o‘rnatish davrida, zaruriy hollarda ba’zi bir mashinalarni texnologik jarayondan ishlab chiqarishag ta’sir kilmagan holda ishdan tuxtatish uchun ayrim transport vositalarini cheklab o‘tish sistemasi joriy qilindi. Yangi korxonada 3 ta 2 SB-10 rusumli kuritish barabanlari o‘rnatilgan bo‘lib ularga faqat bitta SS -15 rusumli separator orqali paxta tushiriladi. Qolgan ikkita quritish barabanlariga ularning alohida-aloxida parallel yoki ketma-ket ishlashlarini ta’minlash uchun paxta shnegi va lentali qiya transportyor o‘rnatilgan. Uchala kuritish barabanlarining quritilgan paxta tushadigan tomoni tozalash sexi ichiga 3 metr masofada kiritilgan bulib, ishlatilgan issik havo (paxta kuritish agenti) "vixlopnoy potrubok" orqali tozalash sexi tomidan havoga chiqariladi .Sex qurilishida barabanlarning uch qismi bino ichiga kirishi uchun o‘tish oralig‘i qoldirilib, barabanlar o‘rnatib bo‘lingach, bu joylarda germetik ravishda berkitilgan, quritish barabanlari va tozalash uskunalari orasida eng kam masofa qoldirilgan bo‘lib, bu transport yo‘lini kamaytirish va qish paytida quritish barabanlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga sexni isitish imkonini berdi. Korxona konditsion - quruq paxtani qayta ishlagan paytda barabanlarsiz, rezerv o‘rnatilgan separator va shnek orqali paxtaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash mashinalariga tushishiga moslashtirilgan. Paxtani tozalash uchun 2 ta UXK liniyasi paralel joylashtirilgan bo‘lib, har bir liniyada 4 tadan tozalash seksiyasi va 1 ta chiqindi tarkibida ketayotgan paxta bo‘laklariga (letuchkani) qaytarib olish uchun RX rusumli regenerator o‘rnatilgan. Tozalash sexida tozalangan paxta yiguvchi va kiya lentali transportyorlar orqali jin batareyasi ustida o‘rnatilgan SHXR rusumli tarkatuvchi shnekga ko‘tarib beriladi. Tozalash sexida uskunalarning bunday joylashuvi qo‘shimcha o‘tuvchisiz ya’ni yo‘l-yo‘lakay paxtaning yetkazilishini ta’minlaydi. Sexdagi metallkonstruksiyalar va estokadalar imkon darajasida yengillashtirilgan bo‘lib, sexni estetik jihatdan ko‘rkamlashtiradi. Sexlardagi mashina -mexanizmlar, devor va tomlar hozirgi zamon dizaynlari asosida bo‘yalgan. Jin - linter sexiga 3 dona DP-130 jinlar bir batareya qilibjoylashtilgan va ularga 3 dona 1 VP rusumli tola tozalagichlar tirkalgan. Linterlar 2 batareya qilib joylashtirilib, har batareyaga 5 tadan 5 LP rusumli linterlar o‘rnatilgan. Sexdagi barcha mashina va mexanizmlar ilmiy ishlab chiqarish markazi tayyorlagan reglament va me’yoriy hujjatlar asosida o‘rnatilganbo‘lib, shnek elevator, aspiratsiya sistemasi va boshqa uskunalarning texnologik jarayon va sanitariya me’yoriy talablari asosida bir-biriga monand ravishda ishlashi ta’minlangan.
 3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi qarori.
Buxoro viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, urug‘lik material ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va tayyorlash, boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan chuqur qayta ishlash asosida ularni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «O‘zpaxtasanoat» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
«Buxoropaxtasanoat» hududiy birlashmasi» AJ va uning tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kiradigan tashkilotlarni «O‘zpaxtasanoat» AJ tarkibidan chiqarish;
«Buxoropaxtasanoat» hududiy birlashmasi» AJ ustav kapitalidagi 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aksiyalar paketini, istisno tariqasida, Buxoro viloyati hokimligiga berish;
«davlat (Buxoro viloyati hokimligining) ulushini ko‘paytirish hisobiga va keyinchalik «O‘zpaxtasanoat» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirish orqali «Buxoro mintaqaviy paxta terminali ICHTK» MCHJ ustav kapitalida O‘zpaxtasanoat» AJga tegishli ulushni Agroklaster ustav kapitaliga balans qiymatida berish;
2019 ― 2023 yillarda «Buxoro Agroklaster» MCHJ va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining 3-ilovaga* muvofiq prognoz parametrlari to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Agroklasterning asosiy vazifalari etib belgilansin:
paxta xom ashyosi va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning ilg‘or ilmiy yutuqlari, zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish;
paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berishning samarali va yuqori rentabelli usullarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish;
paxta chigiti hamda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish;
paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish jarayoniga ilg‘or agrotexnik hamda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish hisobiga qishloq xo‘jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
yetishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
ilmiy va ta’lim muassasalari bilan birgalikda seleksiya hamda urug‘chilik sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini, shuningdek, paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
«O‘zpaxtasanoat» AJning Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi Buxoro viloyatidagi fermer xo‘jaliklari bilan paxta xom ashyosi uchun o‘zaro hisob-kitoblarni moliyalashtirish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Agroklasterga o‘tadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2018 yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitob qilishga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha qarzdorlik qoplangunga qadar, Agroklasterning barcha hisobraqamlaridagi mablag‘larni, shu jumladan 2017-2018 yillardagi hosilning paxta tolasini sotishdan yuzaga keladigan ijobiy farq summalarini hisobdan so‘zsiz chiqarish huquqiga ega;
Agroklasterga Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 25 yanvardagi 53-son, «Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 28 fevraldagi 149-son va «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 18 martdagi 230-son qarorlarining amal qilishi tatbiq etiladi;
yetishtiriladigan paxta xom ashyosi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar fermer xo‘jaliklari bilan Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari orqali amalga oshiriladi;
iste’molchilarga paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit Agroklaster tomonidan paxta tozalash korxonalari bilan ushbu mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda tuziladigan vositachilik shartnomalari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va mahsulotni qaytarish asosida tolling shartnomalari bo‘yicha sotiladi. Bunda sotilgan narx va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan preyskurant bo‘yicha narx o‘rtasidagi farq Agroklaster ixtiyorida qoladi va soliq solinadigan ob’ekt hisoblanmaydi (salbiy farqlar yuzaga kelgan taqdirda, xarajatlar Agroklasterning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi);
Agroklaster o‘z tarkibiga kiradigan tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va ushbu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shu jumladan ularni zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin. Bunda ushbu mablag‘larning Agroklaster tarkibiga kiradigan tashkilotlar o‘rtasidagi aylanmasi soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi;
2019 yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar Agroklasterning o‘z mablag‘lari va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar mablag‘lari, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Agroklasterga ushbu qarorga 1-ilovada* ko‘rsatilgan tashkilotlar to‘laydigan dividendlar mazkur qarorga 3-ilovada* qayd etilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi;
Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari bazasida 2019 — 2021 yillarda investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar jalb etilgan holda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi. Bunda paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 19 sentabrdagi 744-son qaroriga 2-ilovaga* muvofiq paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritish va 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotiladi.
4. Buxoro viloyati hokimi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi, shuningdek, 2019 yilgi paxta xom ashyosi hosilini moliyalashtirish va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
5. Buxoro viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda Agroklaster hamda 43,7 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda (shuning 10,4 ming gektari Vobkent tumanida, 3,6 ming gektari Kogon tumanida, 5,2 ming gektari Qorovulbozor tumanida, 8,5 ming gektari Peshku tumanida, 6,0 ming gektari Shofirkon tumanida, 9,8 ming gektari G‘ijduvon tumanida va 0,2 ming gektari Buxoro shahrida) paxta xom ashyosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xom ashyosi kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin;










Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling