Buxoro davlat univеrsitеti iqtisodiyot va turizm fakultеti
Download 0.74 Mb.
|
Agro klaster. Mavlonov Muhammadmirzo
Hisobot davrida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini biznes-reja bilan taqqoslanganda, mahsulot sotishdan 189 349 687,0 ming so‘m sof tushum olish rejalashtirilgan bo‘lib, xaqiqatda 198 946 110,0 ming so‘mni tashkil qilgan, natijada sof tushum olish reja ko‘rsatkichi 105 foizga bajarilgan yoki 9 596 423,0 ming so‘mlik kam mahsulot sotilgan. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlaridan 1 056 167,0 ming so‘mlik qo‘shimcha daromad olingan. 2020 yil davomida davr xarajatlari 10 373 340,0 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, xaqiqatda 11 493 560,0 ming so‘mni tashkil qildi, ya’ni 1 120 220,0 ming so‘mga davr xarajatlari ko‘p qilingan. Jumladan, sotish xarajatlari 1 913 768,0 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1 233 022,0 ming so‘mni tashkil etdi, ma’muriy xarajatlar 3 361 868,0 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 2 830 527,0 ming so‘mni tashkil etdi, boshqa operatsion xarajatlar 5 097 704,0 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 7 430 011,0 ming so‘mni tashkil etdi. Jamiyatda 2020 yil davomida 2 044 817,0 ming so‘m sof foyda olish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4 522 951,0 ming so‘m sof foyda olingan. Natijada sof foyda ko‘rsatkichi rejaga nisbatan ortig‘i bilan bajarilgan yoki 2 478 134,0 ming so‘mga ko‘p sof foyda olingan. 2021 yil 1 yanvar holatiga jamiyatning jami debitorlik qarzdorligi 23 800 709,0 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, yil boshiga nisbatan 2 583 400,0 ming so‘mga ko‘paygan. 2021 yil 1 yanvar holatiga jamiyatning jami kreditorlik qarzdorligi 135 815 011,0 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, yil boshiga nisbatan 30 977 442,0 so‘mga ko‘paygan. Jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzdorligini qonunchilikda belgilangan tartibda kamaytirish choralari ko‘rilgan, bundan keyin ham ushbu ishlar davom ettiriladi. Budjet va maqsadli jamg‘armalarni hisoblash va to‘lanishi oyma-oy nazorat qilinib borilmoqda. Jumladan, 2020 yillik jamiyatning moliyaviy faoliyati davomida – 8 602 307,0 ming so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlar hisobga olingan QQS hisobiga kamayishga hisoblangan bo‘lib, budjetga jami 6 317 417,0 ming so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlar amalga oshirilgan. Jamiyatning 2017-2022 yillarda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida. Korxona quvvatini oshirish va paxtani qayta ishlashni qisqa muddatlarda bajarishni ta’minlash bo‘yicha. Jamiyat mavsumda 31 927,0 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega. Jamiyatda ishlab chiqarishning optimallashtirilgan texnologik sxemasini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlari uchun talab etiladigan material-texnik resurslarni zaxirasi shakllantirildi va ishlab chiqarishdagi barcha jarayonlar qaytadan ko‘rib chiqildi. Natijada, oldingi yilning ushbu davriga nisbatan o‘rtacha kunlik qayta ishlash hajmi 112 foizga oshirildi (56,6 tonnadan 58,5 tonnagacha). Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirishni amalga oshirish, zamonaviy, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologiyalarni tatbiq etish. Hisobot davrida paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayoni tugaganidan so‘ng, may-iyun oylarida asbob-uskunalarni kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, paxta xom ashyosini mayda chiqindilardan tozalovchi UXK uskunasi, 3 ta DP-130 markali tolani chigitdan ajratuvchi jin uskunasi, 11 ta 5LP markali chigitdan momiq ajratuvchi linterlar va tola, momiq toylovchi DA-8237 press uskunalari kapital ta’mirlandi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sifatini oshirish maqsadida alohida e’tibor berilib, asbob uskunalarni oraliq masofalari standart belgilangan me’yor asosida o‘rnatildi. Chigit estakadalariga texnika xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha himoya to‘siqlari o‘rnatildi. Atrof muhitni ifloslanishini oldini olish maqsadida siklon uskunasi kayta ta’mirlandi Shu bilan birga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish ishlarini amalga oshirish, hisob-kitoblarni tezkorligini va sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqarish maydonlari hamda tayyorlov maskanlarida zamonaviy video kuzatuvli elektron moslama hamda tarozilar o‘rnatildi. Paxta sanoati mahsulotlarining xaridorgirligi va raqobabardoshligini ichki va tashqi bozorlarda yanada oshirish. Paxtani dastlabki ishlash texnologik talablarining qat’iy bajarilishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Paxta tolasiga miqdor va toylar ichidagi brak, ularning o‘ralishi va markirovkasi turidagi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha reklamatsiyalar kelib tushmadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida chiqayotgan mahsulotlarning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida sifatli o‘rov va bog‘lov materiallaridan foydalanildi. Investitsion dasturlarni amalga oshirish. Davlat dasturida jamiyatga tegishli investitsion va manzilli dasturlarini amalga oshirish belgilanmagan. Shu bilan birga, har chorakda jamiyatning barcha ob’ektlarini foydalanish darajasi tahlil o‘tkazilmoqda. Foydalanilmasdan, bo‘sh turgan ob’ektlar aniqlansa investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ijaraga berish yoki baholangan bozor qiymati bo‘yicha investorlarga sotish uchun jamiyatning tegishli boshqaruv organiga murojaat qilinadi. Ishlab chiqarish sarflari va mahsulot tannarxini qat’iy tejamkorlik rejimini joriy etish shu jumladan texnologik jarayonlarni ratsionallashtirish, material, elektr va boshqa energiyalar va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2692-son “Sanoatda tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqarish harajatlarini yiliga o‘rtacha 10 foizga qisqartirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi xamda ortiqcha sarf–xarajatlarning oldi olinib, energetik resurslar, ehtiyot hamda butlovchi qismlar sarfini kamaytirish choralari ko‘rildi. Jamiyatda paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi takomillashtirish, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish, texnik ekspluatatsiya qilish talablarini e’tiborga olgan holda paxta tayyorlov punktlari va paxta tozalash korxonasi uskunalarini kapital ta’mirlash jarayonlari monitoringi, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash brigadalari tomonidan paxta tozalash korxonalariga servis xizmati ko‘rsatishi, tolaning tannarxini pasaytirish maqsadida elektr energiyasi va yoqilg‘ining me’yorlar bo‘yicha sarflanishi, hamda ishchilar sonining shtat ro‘yxatiga asosan oshmasligi nazorat qilindi. Moddiy texnika resurlarining ekspluatatsion materiallarini ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning sarflanishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, ularning me’yordan ortiqcha ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xamda ehtiyot qismlar va materiallarning xarid qilinishini ustidan doimiy nazorat olib borish, mablag‘larning maqsadsiz ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nazorat qilindi. 2020 yil yakuni buyicha jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib, jumladan sarflanishi lozim bo‘lgan 5 720 000,0 kVt/s elektr energiyasi o‘rniga haqiqatda 4 410 625,0 kVt/s elektr energiyasi sarflanib, 1 309 375,0 kVt/s elektr energiyasi kam sarflangan, elektr energiyasi uchun jami 2 147 982,0 ming so‘m mablag‘ sarflangan. Shu bilan birga 2020 yil davomida 535 000,0 m3 gaz o‘rniga xaqiqatda 180 334,0 m3 gaz sarflangan, ya’ni 354 666,0 m3 gaz kam sarflangan, tabiiy gaz uchun jami 119 020,0 ming so‘m mablag‘ sarflangan. Ta’mirlash harajatlari me’yordagi 2 367 850,0 ming so‘m o‘rniga haqiqatda 2 117 895,0 ming so‘m sarflanib, 249 955,0 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Kadrlar salohiyati va malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash. Xodimlarining lavozimlari va mutaxassisliklariga bo‘lgan batafsil malakaviy talablarni (Nizomlar, lavozim yo‘riqnomalar, klassifikator) ishlab chiqish va xodimlarni muayyan ravishda attestatsiyalash yo‘lga qo‘yilgan 2020 yilda ishchi xizmatchilarning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, ularning ishlashi va dam olishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. “Kogon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yillik biznes-reja ko‘rsatkichlari bajariladi va navbatdagi yil yakunlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish uchun aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jamiyatning 2020 yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti ilova qilinadi. 6. Xulosa 1.Xar qanday faoliyatning samaradorligi uning pirovard natijalari nuqtai nazaridan yetarli darajada korxona xodimlarining malakasiga bog‘liq bо‘ladi. Bunday holda tijorat faoliyati asoslarini biluvchi va bozor talablarini e’tiborga olgan holda korxona taktikasi va strategiyasini aniqlay oladigan dasturchi mutaxassislarga bо‘lgan talab kuchayib boradi. 2.Bozor iqtisodiyotichi sharoitida konsalting xizmat kо‘rsatish korxonalarining samarali faoliyat kо‘rsatish muammosini yechishda marketingli yondashuv ai sosiy hisoblanadi. Bunda marketingning asosiy vazifasi iste’molchi istagan yerda va vaqtda unga yuqori sifatli xizmat kо‘rsatishdir. Marketing korxonaning bozorga mо‘ljallangan boshqaruv tizimi bо‘lib, ma’lumotlar bazasini yaratish uchun turli usul va vositalar qо‘llaydi. 3.Xozirgi davrda korxun onalar tomonidan olib borilayotgan marketing faoliyati iste’molchining fakat bugungi talablarini qondirishgina emas, balki о‘zoq istiqbolga mо‘ljallangan manfaatlarga xam xizmat qilishi kerak. Demak bu ishlarni tezlashtirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizim zaruriyati paydo bо‘ladi. 4.xizmatlarni ishlab chiqishda foyda va rentabellikka intilish xar doim xam о‘rinli emas. Bu holat asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy minimumumi kafolatlangan xududlarga taa’luqlidir. Xizmat kо‘rsatish sohasамалиётida marketingning nazariy va amaliy shartsharoitlarini о‘rganib chiqib kо‘yidagilarni ta’kidlash mumkin: xizmatlar sohasining iqtisodiy roli g‘oyat muhim hisoblanadi. Xizmatlar sohasi -ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida funksional vazifasi aholiga xizmatlar va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarishdan iborat bо‘lgan tarmoqlar, tarmoq bо‘g‘inlari va faoliyat turlarining majmuasidir; xizmatlar sohasi xalk xо‘jaligining boshqa tarmoqlari va sohalaridan ozod bо‘lgan mehnat resurslarini absorbsiyasi funksiyasini bajarish xamda ishchi о‘rinlari va mehnat resurslarini balanslashuviga imkon berish orkali mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim о‘rin tutadi; Xulosa qilib aytganda, biz bir oy davomida boʻlib oʻtgan amaliyotda birinchi oʻrinda korxonani tuzili uning vujudga kelish tarixni oʻrgandik. Amaliyotda buxgalteriya boʻlimida oylik maoshni hisoblash, bundan tashqari fermerlarga ekin maydonlari uchun kerakli azot ozuqalarni qanday tartibda tarqatish va ular ham qogʻozda ham elektron shakldagi shartnoma tuzishni oʻrgandim. Biz korxonadagi paxta tozalash uskunalar bilan tanishib ular qanday tuzilgan va qanday ishlashi bilan ham tanishib chiqdim. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Paxta_tozalash_sanoati 2.https://lex.uz/ru/docs. 3. https://nrm.uz/contentf?doc. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling