Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 3.52 Mb. Pdf ko'rish
|
60410800 - Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
ta’lim natijalari — talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka
darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba oʻzlashtirgan koʻnikmalar va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi; oʻqish yuklamasi — talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari — ma’ruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi; roʻyxatga olish xizmati — ta’lim jarayonini boshqarish axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanib professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar boʻyicha ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, talabalarning barcha oʻquv natijalarini roʻyxatga olish, bilimini nazorat qilish hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi xizmatlar; ta’lim elementlari — ta’lim dasturining bir qismi boʻlib, ta’lim olish natijalariga erishish va ta’lim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi; transkript — ta’lim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat. 16 UNIWORK tizimi Buxoro davlat universiteti xodimlari, talabalari, abiturientlar va fuqarolarga universitet xizmatlarini onlayn tarzda amalga oshiruvchi platforma boʻlib unda talabalar shaxsiy hujjatlar jildi, talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, toʻlov kontrakltidan qarzdorlikni aniqlash, dars jadvalini kuzatish, fanlardan test nazoratlarini topshirish va boshqa interaktiv xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan platforma hisoblanadi. Download 3.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling