Fanning maqsadi: talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy
bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijodiy fikrlash jarayoniga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy
munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
Shaxsiy kreativlik nima ekanligini tushunib oladi.
Kreativ vositalar nima ekanligini anglaydi.
Kreativ fikrlash vositalaridan foydalanishni biladi.
Qarashlar va yondashuvlarni shakllantirish, taqlid qilish va tana tafakkurini tavsiflaydi.
Kreativ fikrlashda o’ynash, o’zgartirish va sintez qilishni tavsiflaydi.
Kreativ fikrlashda kuzatish, tasavvur qilish va mavhumlikni tasvirlab beradi.
Hissiy munosabat, o’lchovli fikrlash va modellashtirishni bilib oladi.
Kreativlikni o’lchash usullarini tasvirlaydi.
Ma’ruza mashg’ulotlari
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga
alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnlogiyasi
ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
Shuningdek, mavzudan kelib chiqib dars mashg’uloti korxonalarga sayyor dars tarzida olib boriladi.
Mustaqil ta’lim
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan insholar, taqdimotlar, guruh bilan
ishlanmalar, referatlar, ijod namunalar, kreativ foyalar taqdimoti tayyorlanadi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |