Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 3.52 Mb. Pdf ko'rish
|
60410800 - Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi
Fanning qisqacha bayoni:
“ Ekonometrika asoslari ” fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko’rib chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning matematik va statistik usullarni qo`llagan holda ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tatbiq qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognoz qilish ekonometrik modellar yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan. Fanning maqsadi: bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: - ekonometrikaning nazariy va amaliy masalalarini; ekonometrik ko’rsatkichlarning tabiati, tuzilishi va hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to’ldirish yo’llarini; taqsimot qatorlarini tuzish va uning ko’rsatkichlarini hisoblashni; tanlanma kuzatish natijalarini baholash va bosh to’plamga tarqatishni; dinamika qatorlariga xos asriy tendenstiyalarni aniqlash, kon’yunkturaviy va mavsumiy tebranishlarni baholashni; regression-korrelyastion tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni; iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholashni va ularni prognoz qilishni bilishi kerak. - ekonometrik masalalarni yechish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish va baholash; ekonometrik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli ekonometrik adabiyotlardan foydalanib ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini ekonometrik tahlil qilish; ekonometrik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko’rsatkichlarini aniqlash; ekonometrik masalalarni yechish, axborotlarga ishlov berish va saqlashda kompyuter dasturlarini qo’llash bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variastiya ko’rsatkichlarini o’rganish; tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari va turlarini aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ekonometrik tahlil qilishni o’rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida ekonometrikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak. 35 Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida olib boriladi. Download 3.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling