Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi


Download 3.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana27.08.2023
Hajmi3.52 Mb.
#1670812
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
60410800 - Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: 
- iqtisodiy statistikaning nazariy va amaliy masalalarini; statistik ko’rsatkichlarning tabiati, 
tuzilishi va hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to’ldirish yo’llarini; taqsimot 
qatorlarini tuzish va uning ko’rsatkichlarini hisoblashni; tanlanma kuzatish natijalarini baholash va bosh 
to’plamga tarqatishni; dinamika qatorlariga xos asriy tendenstiyalarni aniqlash, kon’yunkturaviy va 
mavsumiy tebranishlarni baholashni; regression-korrelyastion tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni; 
iqtisodiy indekslarni hisoblash tartibini bilishi kerak. 
- iqtisodiy statistik masalalarni echish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish; 
statistik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan foydalanib 
ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin 
qilish; statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning 
ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni echish, axborotlarga ishlov berish va saqlashda 
kompyuter dasturlarini qo’llash bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
- mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variastiya ko’rsatkichlarini o’rganish; 
tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar 
o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari va turlarini aniqlash; balans 
usulining mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida 
statistikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak. 
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida 
olib boriladi. 
Amaliy mashg’ulotlar 
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga 
alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnlogiyasi 
ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.

Download 3.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling