Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 3.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana27.08.2023
Hajmi3.52 Mb.
#1670812
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
60410800 - Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Fanning qisqacha bayoni: 
 
“Moliya statistika” fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko’rib 
chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan 
uygunlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, 
bozor hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlar, ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini statistika uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan. 
Fanning maqsadi: Moliyaviy statistika fani iqtisodiyotda statistikaning metodi va amaliyoti sohasida 
chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir 
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: 
- moliya statistikaning nazariy va amaliy masalalarini; statistik ko’rsatkichlarning tabiati, tuzilishi 
va hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to’ldirish yo’llarini; taqsimot qatorlarini 
tuzish va uning ko’rsatkichlarini hisoblashni; tanlanma kuzatish natijalarini baholash va bosh 
to’plamga tarqatishni; dinamika qatorlariga xos asriy tendenstiyalarni aniqlash, kon’yunkturaviy va 
mavsumiy tebranishlarni baholashni; regression-korrelyastion tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni; 
iqtisodiy indekslarni hisoblash tartibini bilishi kerak. 
- moliyaviy statistik masalalarni echish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil 
etish; statistik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan 
foydalanib ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos 
xususiyatlarini talqin qilish; statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini 
tuzish va ularning ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni echish, axborotlarga ishlov berish va 
saqlashda kompyuter dasturlarini qo’llash bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
- mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variastiya ko’rsatkichlarini o’rganish; 
tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari va turlarini aniqlash; 
balans usulining mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganish; bozor iqtisodiyoti 
sharoitida statistikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak. 
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida 
olib boriladi. 


38

Download 3.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling