Fanning qisqacha bayoni:
Talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, bozor
sub’ektlarining har xil bozor tuzilmalaridagi harakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi
omillarni, iste’molchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi
masalalarni, bozordagi talab va taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish
va xulosalar chiqarishni, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida
xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat.
.
Fanning maqsadi: talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham
nazariy, ham amaliy tomonlarini, bozor sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganish usullari
bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
•
iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishining nazariy asoslari, talab va taklif mexanizmi,
raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning xususiyatlari, talab va taklif tahlili, ishlab chiqarish
jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanishni, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, bozor
sharoitida narxlarning shakllanishi haqida tasawurga ega bo'lishi;
•
talab va taklif asoslari, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar, bozor sharoitida
narxning shakllanishi mexanizmi, turli bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilish qoidalari,
bozorning ishlash samaradorligi va unga ta'sir qiluvchi omillarini tahlil qilish usullarini aniqlashni
bilishi va ulardan foydalana olishi,
•
- talaba bozordagi talab va taklif to'g'risidagi statistik ma'lumotlar asosida bozorni tahlil qilish
va xulosalar chiqarish, talab va taklif funksiyalarini tuzish, ularning elastiklik koefisientlarini xisoblash
va bozordagi holatini tahlil qilish, aholi daromadlari va ularni taqsimlanishini Djin koeffisienti
bo'yicha baholash, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalar harakatini tahlil qilish
asosida hulosalar chiqarish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |