2 – MAVZU: BOZOR MEXANIZMI VA UNING ELEMENTLARI:
TALAB, TAKLIF VA NARX MUVOZANATI
Darsning o’quv maqsadi:
Talabalarda bozor mexanizmi va uning elementlari, bozordagi talab, talab
qonuni, bozordagi taklif, talab va taklif muvozanati haqida bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Bozor mexanizmi, talab, taklif, talab xajmi, taklif xajmi, talab qonuni, taklif
qonuni, individual talab, bozor talabi, talab egri chizig‘i, talab funksiyasi,
muvozanatlashgan narx, muvozanatlashgan xajm, bozor taklifi, taklif egri chizig‘i,
taklif funksiyasi, muvozanat modeli.
Asosiy savollar
1.
Bozor mexanizmi va uning elementlari
2.
Bozordagi talab. Talab qonuni.
3.
Bozordagi taklif.
4.
Talab va taklif muvozanati.
1. Bozor mexanizmi va uning elementlari
Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakldagi
munosabatlar yig‘indisidir.
Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarishni
kengaytirish mumkinmi ? Ha.
Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun
va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqtisodiy tizimlarda turlicha
xal qilinadi.
Turli tizimlarni tasniflash ikki mezonga asoslanadi :
-
ishlab chiqarish sohasida ustuvor bo‘lgan mulkchilik shakliga qarab;
-
iqtisodiy faoliyatni boshqarish va nazorat qilish usuliga qarab
quyidagi iqtisodiy tizimlarga ajratish mumkin:
An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
asoslanadi.
Alohida iqtisodiy sub’ektning faoliyat yo‘nalishi, uning ishlab chiqarish
hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an’analarga asoslanib xal qilinadi. Zamonaviy
jamiyatda an’ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |