Buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot va turizm» kafedrasi


Blokcheyn qanday ishlaydi?


Download 264.65 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi264.65 Kb.
#1242022
1   2   3   4   5
Bog'liq
Blokcheyn.Mustaqil ish

Blokcheyn qanday ishlaydi?
Blokcheyn — barcha ma’lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo‘yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma’lumotlar reestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bog‘lanadi.
Blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchi nuqtai nazaridan turli xil ob'ektlar: hujjatlar, pul mablag'lari, mol-mulk, xizmatlar va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan taqsimlangan reestridir. Axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan, blokcheyn - bu global, korporativ yoki mahalliy tarmoq asosida ishlaydigan taqsimlangan ma'lumotlar bazasidir. Ma'lumotlar bazasida ushbu tarmoq a'zolari tomonidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Ma'lumotlar bazasiga qo'shilganda yozuvlar bloklarga birlashtiriladi, har bir blokga uni oldingi blok bilan bog'laydigan kriptografik imzo qo'shiladi.
Bloklar o’rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o’z xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta‘minlanadi. Blokdagi ma‘lumotni o’zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir qilishga to’g’ri keladi. Ko’pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko’plab turli kompyuterlarda bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma‘lumotlarni o’zgartirishni g’oyat qiyinlashtiradi. Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin bo’lgan barcha o’zgarishlar haqidagi ma‘lumotni o’z ichiga oladi.
Ma‘lumotlar bazasi tizimni tashkil etgan ko’p sonli tugunlarga taqsimlangan. Tarmoqqa ulanishda har bir kompyuter barcha yozuvlarni o’z ichiga olgan va barcha qachonlardir bo’lib o’tgan tranzaksiyalar isboti bo’lgan zanjir nusxasiga ega bo’ladi. Blokcheynni tranzaksiyalarni yozib olishda qo’llash uchun blokcheynni manzilingizga yoki hamyoningizga tranzaksiya bo’ldimi, yo’qmi predmetiga tekshirish imkoniyatiga ega bo’lish lozim. Agar blokcheyn faqat bitta kompyuterda saqlansa va u birdan o’chirilgan bo’lib qolsa edi, bu holat muammo chiqargan bo’lardi. Aslida, blokcheynning amaldagi holati yuklanadi, sinxronlashadi va butun dunyodagi ko’plab kompyuterlar tomonidan taqdim etiladi. Bu kompyuterlar ―tugunlar‖ yoki ―nodlar‖ (nodes) deb ataladi, va ular bir darajali tarmoqda birgalikda, blokcheyn xavfsiz va dolzarb ekanligini kafolatlash uchun ishlaydi. Bir darajali, peer-to-peer (P2P) deb ham ataladigan tarmoq, unga birlashgan barcha kompyuterlar bir xil huquqqa ega va asosiy (markaziy boshqaruvchi) server yo’qligini bildiradi. Bir darajali tarmoqlar tugunlaridan har biri blokcheynning to’liq, yangilangan versiyasini saqlaydi. Har safar, yangi blok qo’shilganda, barcha tugunlar o’z blokcheynini yangilaydi. Bir darajali tarmoqdan foydalanish muayyan afzalliklarga ega:

Download 264.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling