§ Har doim, o’tkazgich dasturidan (blockchain explorer) foydalanib, blokcheyn holatini tekshirish mumkin;
§ Blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bir tomonga ishonish kerak emas;
§ Blokcheyn himoyalangan ekanligini bilish uchun faqat bitta server xavfsizligiga ishonish kerak emas;
§ Tajovuzkor odamga bir vaqtning o’zida bitta server emas, minglab kompyuterlarni buzishga to’g’ri keladi;
§ Blokcheyn hech qachon yo’qolmaydi degan ishonch bor, chunki buning uchun uni barcha tugunlar yo’qotishi kerak bo’ladi.
Blokcheyn ishlashi misoli.
1. A mijoz V mijozga pul o’tkazmoqchi bo’lsin;
2. Tranzaksiyalar tarmoqqa uzatiladi va blokka to’planadi, har bir blok oldingi blokning raqami va blokiga ega;
3. Bloklar tizimning barcha ishtirokchilariga tekshirilish uchun yuboriladi;
4. Xato bo’lmasa, har bir ishtirokchi blokni ma‘lumotlar bazasining o’z nusxasiga yozib oladi; 5. Blok barcha oldingi tranzaksiyalar to’g’risidagi ma‘lumotga ega bo’lgan bloklar zanjiriga qo’shiladi;
6. Pullar A mijozdan V mijozga o’tkazildi.
Blokcheyndan foydalanish afzalliklari.
Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli ma‘lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul o’tkazishlar – ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma‘lumotlar davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda joylashtiriladi. Bu ko’pincha suiste‘mollikka olib keladi – hohlaganda har qanday bazaga kirib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn texnologiyasi bunday yondashuvni tubdan o’zgartiradi. Uning mohiyati shundan iboratki, baza bir joyda emas, butun dunyo bo’ylab tarqalgan minglab, ba‘zida millionlab kompyuterlarda taqsimlangan ravishda saqlanadi.Ularning barchasi ishdan chiqishi ehtimoli g’oyat kichikdir. Tarmoqning hech bo’lmasa bitta kompyuteri ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo’ladi.Uning afzalliklari quyidagilar:
v Ma'lumotlarni tarqalishiga ko’ra ularni saqlash xavfsizligi
v Moliyaviy va vaqt xarajatlarining kamayishi
v Masofaviy va mustaqil manbalardan olingan ma'lumotlarning haqiqiyligi
v Tarmoq ishtirokchilarining Tranzaktsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarning ochiqligi va ma'lumotlarning shaxsga bog’liqsizligi (ishtirokisiz) maxfiyligi
v Tizim ishtirokchilari o'rtasida ishonchni mustahkamlash
v Markazlashtirilgan avtorizatsiya yo'qligi
v Tranzaktsiyalarning shaffofligi va ma'lumotlarning mavjudligi (anonimlik). Blok zanjirining har bir foydalanuvchisi operatsiyalarning butun tarixini tekshirish huquqiga ega, ammo u uning ishtirokchilarini aniqlay olmaydi.
v A'zolikning tengligi. Har bir shaxs uchinchi shaxslar yoki qo‘shimcha kompaniyalarni jalb qilmasdan blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda tranzaktsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega. Xarajatlarni nazorat qilish va tanlash erkinligi blokcheynning, shu jumladan kriptovalyutalar sohasida mashhurligi uchun asos bo'ldi.
v Markazsizlashtirish. Blokcheyn umumiy boshqaruvga ega emas va butunlay avtonomdir. Bu shuni anglatadiki, uchinchi tomonning xohishiga ko'ra unga o'zgartirish kiritish mumkin emas. Tizim o'z ishini mustaqil ravishda nazorat qiladi, bu uning ishining ishonchliligini kafolatlaydi.
v Yuqori tranzaksiya tezligi. Blokcheyn zanjiri tezkor tranzaktsiyalar yoki ma'lumotlar almashinuvini kafolatlaydi, bu vositachilarning yo'qligi va ma'lumotlar bazasining malakali qurilishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, agar kerak bo'lsa, siz bir necha marta bosish orqali asl kalitlarni o'zgartirishingiz mumkin.
v Axborotni shifrlash (xavfsizlik). Blokcheyn tarmog'i ishtirokchilari firibgarlardan ishonchli himoyalangan. Ilg'or kriptografiya tizimidan foydalanish va katta hisoblash quvvatidan foydalanmasdan o'zgartirishlar kiritishning mumkin emasligi tufayli himoya kafolatlanadi.
vYuqorida so’z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma’lumotlar bazasini buzib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir. Bloklardan birini buzib, undagi ma‘lumotlarni o’zgartirish mantiqsiz, chunki barcha bloklarni buzishga to’g’ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari lozimdir – chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma‘lumotlarni shifrlangan holda o’zida saqlaydi. Shu sababli buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari tomonidan albatta e‘tiborga olinadi. Xesh-funksiyalar hamda raqamli imzodan foydalangan holda kuchli shifrlash algoritmi ham soxtalashtirishga to’siq bo’ladi. Imzoda ikkita kalit – ochiq va yopiq kalit ishlatiladi. Birinchisi imzoni o’zini tekshirish uchun, ikkinchisi esa uni yaratish uchun lozim, va u mahfiydir. Kalitlar ishtirokchilarga u yoki bu ma‘lumotga kirishni ta‘minlaydi. Butun baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma‘lumotlarini istagan kishi ko’rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o’tkazishi – bu haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o’tkazgani - sirligicha qoladi. Ushbu ma‘lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga ko’rinadi, agar ular o’zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar.
Blok kalitini shifrsizlantirish bilan maynerlar shug’ullanadi. Matematik algoritmlarni kompyuterda echishda tuzilgan kriptovalyutalar chiqarish mayning deb ataladi. Bu bilan shug’ullanganlar esa maynerlar deb ataladi. Kriptovalyutalarni topish bilan shug’ullangan maynerlar buni videokartalar va protsessorlar quvvatlari yordamida amalga oshiradilar. Ular esa, o’z navbatida, hisoblash amaliyotlarini bajarib, ularning asosiy maqsadi – blokka xesh ko’rinishida kriptografik imzo izlashdir. U tanlangan zahoti blok yopiladi. Mayner esa buning evaziga kriptovalyuta ko’rinishida mukofot oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |