Buxoro davlat universiteti jurnalistika bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi
Download 40.8 Kb.
|
Abduvohidova Marjona
Gazeta xodimining munosabati
Azaga borgan dardini aytib yig`laydi, deganlaridek, mavridi ekan, bir masalaga to`xtalib o`tsam. Keyingi paytlarda gazeta-jurnallarning umri bitgani haqida "fatvo" berib, "janoza"sini o`qib yuboradiganlar ko`paydi. Ular sohani tushunmaydigan, kompyuter, internet va axborot texnologiyalari hayotining asosiy bo`lagiga aylanib, umrida qog`oz shaklidagi nashrlarni kuzatmagan kishilar bo`lsa-ku tushunish, to`g`ri qabul qilish, "E, bu gazetani qaydan bilardi" deyish mumkin edi. Ammo o`zlari shu sohani rivojlantirishga mas`ul bo`la turib, asosiy funksiyalaridan biri sifatida bu qo`llaridan kelmaganidan keyin bosma nashrlarni birato`la tugatib yuborishga ahd qilganlari juda qiziq va g`alati hol bo`ldi. Ayni damda "Internet saytlari har qancha taraqqiy etmasin, baribir gazetalar kerak, ularning o`rnini hech narsa bosolmaydi, gazetalar o`zlariga "fatvo" berganlardan keyin ham yashayveradi" deya bahs yuritmoqchi emasman. Bir narsani esga solmoqchiman: o`shanda "yuqorida"gilar go`yo bosma nashrlarning endi ortiq keragi yo`qligini ko`rsatish ko`yida axborot xizmatlari faoliyatiga zo`r berishgandi. Xo`p, natija ham shunga yarasha bo`ldimi? Gazetada kichik bir xabar yozsangiz ham muharrir, mas`ul kotib, bosh muharrir tahriri kabi bosqichlardan o`tadi. Ularga ma`qul kelsa, faktlari tekshirilgach bosishga ruxsat beriladi. Ayrim axborot xizmatlari tarmoqqa qo`yayotgan xabarlarni ko`rib, bularda savod bormi o`zi, deb o`ylanib qolasan. Go`yo amalda boshqa, internetda boshqa imlo shakllangandek, telegramga imlo xatolari g`ij-g`ij ma`lumotlarni joylasa bo`laveradigandek. Ey birodar, kishilar kanalingiz orqali axborot olayotgan ekan, shunga qarab yoshlarda savod shakllanarkan, pishakning qulog`idakkina xabarchangizga bir qur ko`z yugurtiring. Ma`no-mazmuniga bir qarang. Bilaman, telegram imkoniyatlari kam yozib, ko`p surat qo`yishni taqozo qiladi. Odamlarga ham shunisi ma`qulday. Demak, matbuot kotibidan talab qilinadigani - ixchamlik, puxtalik. O`sha kuni Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining kanalida "Avto teltomat ABS (asfalt qorgich) qurulma" deb yozishibdi. Nima degani bu? Yana "ish haqi bo`yicha o`rtacha ma`lumot"ni ham keltirishibdi. Shuni to`g`rigina " o`rtacha ish haqi bo`yicha ma`lumot" deb yozsa bo`ladi-ku. To`g`ri, avval tahririyatlarda ishlab, keyin matbuot kotibligiga o`tganlar tahrir, kanal yuritish borasida qiynalishayotgani yo`q. Lekin tizimning ichida yurgan yoki chetdan olib kelingan ko`p xodimlarning axborot xizmatiga qo`yilishi o`zini oqlamayapti. Axborot xizmati ko`ngildagidek ishlashi uchun muharrir, texnik xodim xizmati albatta zarur. Ayrim matbuot kotiblari oddiygina matnni "qoraytirib" qo`yish yoki "kursiv"da berishni ham bilmaydi. Surat tushirish malakasi haqida gapirmasa ham bo`ladi. Yozadigan xodim yonida suratkash albatta bo`lgani va har kim o`z ishini qilgani ma`qul. Shuning uchun ayrim kanallarda telefonda tushirilgan, uyoq-buyog`i tarashlanmagan suratlarni ham ko`rib qolayapmiz. Botinkasi bilan birov yotib-turadigan uyga tikka kirib borgan hokimning suratini tarmoqqa joylagani uchun malomatga qolgan ham aynan matbuot kotibi. Rahbarning farosati o`ziga yarasha ekan, boshqalarning haddi sig`magandir, matbuot kotibi degan maslahatchisi bor-ku, shu aytsa bo`lmasmidi, deganlarni nohaq deb bo`lmaydi. Darvoqe, hokim. Matbuot kotibi hokimning emas, hokimlik manfaatlarini ifodalashi kerak aslida. Bizda esa ko`p kotiblar hokim pinjiga kirib, uning borgan joylari, aytgan gaplari madhidan ortmayapti. Nechta surat qo`yilsa, hammasida hokim... Axir boshqalar ham laylak haydab yurgani yo`q, ularni-da e`tirof etish kerak, odamlar o`shalarni ham bilsin, tanisin. Binobarin, matbuot kotiblari tizimga yoki mansabdor shaxs faoliyatiga oid tor ma`lumotlar bilan cheklanib qolayapti. Faqatgina tegib ketgan tanqidlarga javob, to`g`rirog`i, aksil material berilganda muayyan mavzuga oid kengroq ma`lumotlarni uchratasiz, xolos. Vaholanki, matbuot xizmatlaridan OAVni, keng jamoatchilikni batafsil, asosli va "qaynoq" axborotlar bilan ta`minlash kutiladi. Ikkita gap, to`rtta surat bilan esa bunga erishib bo`ladimi?! Shu kecha-kunduzda Qarshi tumani hokimligi va tadbirkor o`rtasida sud jarayoni borayotganidan xabaringiz bor. Sudda nima gaplar aytilayotganidan ozmi-ko`pmi darak topib turibmiz. Buyoqda esa hokimlik axborot xizmati o`z kanalida sudlashilayotgan klasterda yollanma ishchi bo`lib ishlayotgan kishining maoshini ololmayotgani, yo bo`lmasa klaster rahbarlarining mas`uliyatsizligi tufayli ayrim hududlarda paxta ekilgan er maydonlari achinarli ahvolga kelib qolgani haqidagi lavhalarni peshma-pesh joylashtirib bormoqda. Axir bular hammasi sudda aytiladigan, ko`rsatiladigan lavhalar-ku. Odamlarga havola etgan bilan qanday foydasi bor, yakuniy hukmni sudya o`qisa?! Qolaversa, birdaniga oylik olmagan odam topila qolgani, erlar abgor ekani qandaydir g`alati tuyulmayaptimi? Download 40.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling