10 – mavzu. Ijtimoiy ishchining o’zini tutish standartlari va kasbiy layoqatliligi


Download 66.97 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1602206
  1   2   3
Bog'liq
10 mavzu


10 – mavzu. Ijtimoiy ishchining o’zini tutish standartlari va kasbiy layoqatliligi
Ijtimoiy ish xodimining kasbiy roli. Mutaxassisni kasbiy tarbiyasi va tayyorgarligi muammolari. Ijtimoiy ish xodimining kasbiy andazalari. Ijtimoiy ish xodimining axloq andazalari. Ijtimoiy ish bo‘yicha kasbiy yaroqlilik mezonlari.
Ijtimoiy ishda kasbiy xatarlar. Kasbiy stress va hissiy ko‘yish simptomlari. Kasbiy stresslarni engishda mutaxassis yordami. Ijtimoiy ish xodimi asosiy vazifalari asosida unga qo‘yiladigan talablar. «ijtimoiy tashhis» qo‘yish qobiliyati. Ijtimoiy ishni tartibga solish qonunlari va me’yorlarini bilish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj turli ijtimoiy qatlamlar bilan ishlay olish. Kutilmagan vaziyatlarda qaror qabul qilish va tashkiliy ko‘nikmalar. Ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari, uning qadriyatli yo‘nalishlari, o‘zi-o‘zini nazorat etish qobiliyatlari.

REJA:


      1. Ijtimoiy ish xodimining kasbiy rollari.

      2. Ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari

Kasbiy layoqat — davlat bilan shaxs orasidagi ijtimoiy xodimning etuklik darajasi sifatida o‘z mijozlarini ximoya qilishga da’vat etilgan bo‘lib, davlat bilan uning fuqarosi orasida barcha ijtimoiy vazifalar amalga oshirilishida vositachi funksiyasini o‘taydi hamda har bir individ o‘zini-o‘zi ximoya etashi uchun unga huquqiy, psixologik, tibbiy, iqtisodiy va boshqa. sharoitlarni yaratishga ko‘maklashuvchi faoliyatdir.


Ijtimoiy xodimning nazariy va amaliy , kasbiy layoqati - jamiyatning muayyan sifat jihatlarini tartibga solish va rivojlantirish uchun unga muayyan maqsadda ta’sir etish. Jamiyatning tizimli tabiati, mehnatning ijtimoiy xususiyati, hayot faoliyatida kishilarning muloqotda bo‘lish zarurati, moddiy va ma’naviy faoliyati mahsulotlarni ayirboshlash jarayoni bilan bog‘liqsir.
Ijtimoiy xodimning nazariy va amaliy , kasbiy layoqati uch kichik tizimi farqlanadi:
1) jamiyat tuzilishini belgilovchi muayyan tizimda aloqalar va munosabatlarni tashkil qilish (jamiyat uchun mehnatni taqsimlash turi, kichik guruhlar uchun shaxslararo munosabatlar, shaxs uchun qadriyatlarga yo‘nalish tizimla-ri va h.);
2) muayyan tizim faoliyatining belgilangan tartibini saqlash (ijtimoiy nazorat vazifasi, me’yorlar, ijtimo-iy namunalar, sanksiyalar uning funksional unsurlari hisoblanadi);
3) muayyan maqsadga erishish dasturini amalga oshirish. Boshqarishning universal, yo‘naltirilgan va diffuziyali turlari farqlanadi. Murakkab ijtimoiy tizimda yo‘naltirilgan boshqarish odatda ierarxiya asosida tashkil-lashtirilgan, chunki faqat boshqarishning yo‘naltirilgan jarayonigina «buyruq»ni etkazishni ta’minlashga qobil-dir, shu bilan bir vaqtda diffuziyali va universal kanallar boshqarishning simatik vositalari translyasiyasi uchun xizmat qiladi. Sanoatlashgan jamiyatda boshqarishning «ko‘p qavatli» tizimi yuzaga kelmokda va u quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
a) an’anaviy shaxsiy munosabatlar (oila);
b) kasbiy va madaniy guruhlar;
v) korxona doirasida «menejerlik» amaliy-samarali munosabatlar;
g) «bozorga oid» (raqobatli) tartibga soluvchi boshqa-rish tizimi;
d) jamiyat miqyosida qaror qabul qilish (davlat va uning idoralari);
e) mafkuraviy munosabatlar, ularga ta’sir etish, targ‘i-bot va ommaviy kommunikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xodimning yetakchilik amaliyoti
Ijtimoiy xodim katta yoki kichik ijtimoiy guruh, tashkilot, jamoaning ancha obro‘li a’zosi. Uning shaxsiy sifatlari va ta’siri ijtimoiy jarayonlarda va vaziyatlarda yetakchi o‘rinni egallashga imkon beradi hamda amalda guruh faoliyatini yo‘naltiradi. Yetakchining jamoa a’zolari bilan o‘zaro harakati rahbarlik xatti-harakatidan farqlanadi. Chunki rahbarning rahbarlik qilishi qabul qilingan tartiblar, qoidalar va guruh barcha a’zolarining qayd etilgan majburiyatlari bilan rasmiy tarzida cheklangan ijtimoiy-tashkiliy jarayondir. Yetakchining obro‘yi va ta’siri norasmiy sabablar (yosh, ma’lumot darajasi, ilmiy daraja yoki unvon borligi, lavozim va h.) bilan jamoa tomonidan shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini tan olish darajasi (uning bilimi, uquvi, hayot tajribasi, kasbiy tayyorlanganligi, kishilarga ta’sir o‘tkazish va ularni o‘ziga bo‘ysundirish layoqati, irodaviy maqsadga intilganlik xususiyati va h.) belgilanadi, bular guruhdagi ishning holatiga uning qanchalik ta’sir etishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy etakchilik — ko‘pincha stixiyali tarzda yuzaga keluvchi va Etakchining aloxida ijtimoiy qimmati va maqomini noinstitutsional, norasmiy shakllanish va tan olinish vositalariga tayanadi.
6.2.Mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlash
Mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlash- fuqarolarning konstitutsiyaviy kafolatlangan huquq va erkinliklarini to‘siqsiz amalga oshirishni va har tomonlama himoya qilishni ta’minlaydi. Mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlash ko‘zda tutilgan imkoniyatdan amalga o‘tish imkonini beradigan zarur tadbirdir. Mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlash ijtimoiy huquqlarni amalga oshirish va ularni cheklash imkoniyatlarini istisno etish; davlat va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha davlat va jamoatchilik nazorati; ma’muriyatning jamoatchilik tashkilotlari, ishchilar va xodimlar bilan kelishilgan harakati; ijtimoiy huquklar buzilganligi uchun javobgarlik; noqonuniy xatti-harakat ustidan sudga shikoyat qilish huquqi; bahslarni echishning qonunchilik bilan belgilangan tartibi; fuqarolar asosiy ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan tartibi tarzidagi faoliyat turidar.
Mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlash mamlakat siyosiy-huquqiy tartibi, shuningdek, vaziyatni (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy) barqarorlashtirish shartlaridan hisoblanadi, mana shunda mijozning ijtimoiy huquq va erkinliklari amalga oshadi. Huquqiy mexanizm vosita sanaladi, uning yordamida fuqarolar va davlat idoralari o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshiradi, ularning ximoyasini va tiklanish tartibini ta’minlaydi.
Minimal iste’mol byudjetini ishlab chiqish, turar-joyga bo‘lgan minimal maqbul sharoitlarni ta’minlash, ma’lumot olish, sog‘liqni saqlash muxim mijoz shaxsiyatini hurmat qilish va kafolatlashlar bo‘lib hisoblanadi. Mazkur minimum mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Davlat bu maqsadlarda ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlarni ishlab chiqadi, bular faqat fiziologik emas, balki ma’naviy extiyojlarni qondirishga qaratilgan ijtimoiy ne’matlar majmuini olishni kafolatlaydi.
6.3.Korreksion tajribaning yo‘qligi
Korreksion tajribaning yo‘qligi-kaltaklashlar, baxtsiz hodisalar, transport harakati va hokazo.lardan yuzaga keladigan jarohatlar oqibatida sog‘liqning izdan chiqishi, mexnatga qobiliyatni barqaror (doimiy) yo‘qotishga olib kelishi. Engil tan jarohati sifatida, umumiy mehnat qobiliyatini arzimas barqaror (10 foiz dan kam) yo‘qotishga olib keluvchi, uncha og‘ir bo‘lmagan, umumiy mehnatga qobiliyatni sezilarli yo‘qotishga olib keluvchi (10 dan — 33 foiz gacha) va og‘ir tan jarohati, mehnat qobiliyatini barqaror (33 foiz dan yuqori) yo‘qotishga olib keluvchi tarzida tasniflanadi.
Korreksion tajribaning yo‘qligi-insonning azoblanishini og‘irlashtiradi yoki cho‘zadi, bu nutqiy tarzda — so‘z yordamida azob va iztirob etkazish, shuningdek, tasavvur ettirish tarzida amalga oshiriladi. ko‘pincha inson xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi, ko‘pincha tushuntirib bo‘lmaydigan o‘z-o‘zidan bo‘ladigandek tuyuladi.
Korreksion tajriba oldini olish uchun ijobiy munosabatlarni rivojlantirish, bolaga nisbatan mexr va muhabbat tuygularini uyg‘otish, oiladagilar va qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabat o‘rnatish, ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘lmaslik, yoshliqdanoq va muntazam spirtli ichimliklar ichishga yo‘l ko‘ymaslik, bolalarning g‘ayriijtimoiy to‘dalarga qo‘shilishiga yo‘l bermaslik, jamiyatni gumanitarlashirishi lozim.
6.4.Reabilitatsion malakaning etishmasligi
Reabilitatsion malakaning etishmasligi masalasini tahlil qilishdan avval mijoz shaxsining ijtimoiy qobiliyatliligi masalasiga sharh berish o‘rinlidir. Zero,shaxsning qobiliyatliligi - muayyan tur faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beruvchi inson layoqatlarining o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashganlik sifatidir. Iqtidor, iste’dod, uquv, layoqat, daho tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. SHaxsning qobiliyatliligi insonning uquvliligi, tabiiy iqgidori bilan bog‘liq bo‘lib, umumiy holda shularni namoyon etishlik darajasining tavsifi hisoblanadi. Iqtidorli tushunchasiga faqat biologik davr sifatida qaramaslik kerak. Zero, u muayyan tarixan rivojlanayotgan ijtimoiy — mehnat amallari shakli bilan bog‘lanmasa, ma’noga ega bo‘lmaydi. SHaxsning qobiliyatliligi faqat faoliyat jarayonidagina yuzaga chiqadi va rivojlanadi: masalan, musiqaga bo‘lgan iqgidor, agar inson hech qachon musiqa bilan shug‘ulanmasa, namoyon bo‘lmaydi. SHaxsning qobiliyatliligi umumiy — umumiy layoqat, layoqatning umumiy jihatlaridan iborat bo‘lishi mumkin, shuningdek, inson imkoniyatlarining ko‘lamini belgilaydi. SHaxsning qobiliyatliligi maxsus — faoliyatning muayyan bir turiga layoqat bo‘lipsh ham mumkin. Odatda maxsus shakllar umumiy iste’dod yuqori darajasi bilan birlashgan bo‘ladi. Agar-shunday bo‘lmasa, unda maxsus layoqat tom ma’noda ijodiy tavsifga ega bo‘lmaydi. Shaxsning qobiliyatliligining ilk uchqunlari bolalikning dastlabki pallasidayoq namoyon bo‘ladi va hali etuklikka ega bo‘lmaydi, shuning uchun ham bolaning yoshligida payqalgan layoqatini uzluksiz, muntazam tarzda tarbiyalash katga ahamiyat kasb etadi. Turli layoqatlar birdek teng paydo bo‘lmaydi. Biroq boshlanshch ustuvor intilish ko‘pincha ancha kech payqaladi, hatgo buyuk in-sonlar ham o‘z iste’dodlarini har doim darhol namoyon eta olmaydilar. SHaxsning qobiliyatliligi haqida so‘zlaganda ko‘pincha akliy imkoniyat yoki intellekt (insonning idroklash imkoniyatlarining to‘laqonli tavsifi), shuningdek, iste’dodlilik (faoliyatda yuksak natijalarga erishish uchun ichki imkoniyatlarning mavjudligi) nazarda tutiladi. SHaxsning qobiliyatliligi faoliyatini amalga oshirish muvaffaqiyatni anglatmaydi, faqat unga erishish imkoniyatidir xolos. Bu imkoniyat amalda yuz beradimi, shaxsning qobiliyatliligi amalga oshadimi — bular ham shaxsning o‘ziga, ham inson va umuman jamiyat hayoti iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sha-roitlariga bog‘liqdir. SHaxsning qobiliyatliligi tushunchasi murakkab va turli talqinga ega, shuning uchun uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan atroflicha o‘rganish talab etiladi.

Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling