10 – mavzu. Ijtimoiy ishchining o’zini tutish standartlari va kasbiy layoqatliligi


Download 66.97 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1602206
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu

Ijtimoiy Ish bo‘yicha Maktablar Xalqaro Assotsiatsiyasi/Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro Federatsiyasi
Ijtimoiy Ish Ta’rifi 2001 yil 27 iyunida hamkorlikda muvofiqlashtirilgan. Kopengagen.

IJTIMOIY XODIM KASBI BO‘YICHA GLOBAL STANDARTLAR


IJTIMOIY XODIM KASBI BO‘YICHA GLOBAL STANDARTLARIGA bag‘ishlangan ushbu xujjat 2004 yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya) da qabul qilingan Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro assotsiatsiyasi va Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: standartlar Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi.
Bu hujjatda ijtimoiy xodimlarning o‘z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo‘lishi professional amaliyotning muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish standartlari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy xodimning amaliyot kriteriyalari
Ijtimoiy xodimning amaliyot kriteriyalarini belgilovchi mazmun standartlarda quyidagicha aks etgan:

  • Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish

  • Ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm

  • Sodiqlik va vijdonlilik

  • Professional vakolatlilik

Xulq-atvor standartlariga amal qilish mezoni
Ijtimoiy xodimning faoliyati inson huquqlari va erkinligini, uning obro‘si va qadriyatlari hamda o‘z imkoniyatlarini munosib hayot sharoiti va farovonlikni amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga asoslangan. SHu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda standartllar quyidagilarni anglatadi:

  • Ijtimoiy xodim etikasining ushbu standarti asoslanadigan Xalqaro shartnomalarda e’lon qilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish.

* Insonning mustaqil tanlov va o‘z­-o‘zini aniqlashi huquqini tan olish. Ijtimoiy xodimlar odamga ijtimoiy ko‘maklashgancha uning o‘zi qaror qabul qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo‘qligi sharoitida o‘z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi.
*Ijtimoiy xodimning aholini turli konfessional va etnik guruhlariga munosabati bo‘yicha insonparvarligini ko‘zda tutuvchi polietnik jamiyat kontekstida insonning ijtimoiy­madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish mijozlari turli­tuman xislatlarga ega bo‘lgan alohida odamlar yoki shaxslar guruh (lar) i bo‘lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam ko‘rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor.
*Kamchitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e’tiqodi, ideologiyasi, millati, sog‘ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat’i nazar qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishni amalga oshiradi.
*Ijtimoiy xodimlar odamlarni ularning hayotini o‘zgartirishga, inson, guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangancha imkoniyat berishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etishga ko‘maklashadi.
*Odamlar qadr-­qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashish ijtimoiy xodim tomonidan insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda tushunishi, uning manfaatlari va ehtiyojlarini hurmatlashidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Xizmatdan foydalanuvchilar va o‘zgalar ishonchini qozonish
Xizmatdan foydalanuvchilar va o‘zgalar ishonchini qozonish ijtimoiy ishning asos soluvchi standartlari hisoblanadi. Bu standartlar bilan bog‘liq ravishdagi standartlar quyidagilarni anglatadi:

  • Ijtimoiy xodimning insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha faoliyati,? davlat va jamoatchilik tashkilotlari imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish bo‘yicha faoliyati.

  • Ijtimoiy xodimlar ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy sharoitlar va qiyinchiliklarni aniqlashga ko‘maklashadi, ijtimoiy siyosatning shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatadi. ?

  • Ijtimoiy xodimlar kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy­i-qtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo‘nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashishlari zarur.?

  • Ijtimoiy xodimlar o‘z faoliyatida ijtimoiy haqqoniylik standartiga amal qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy-­madaniy farqlarni inobatga oladi, tan oladi va hurmat qiladi.?

  • Ijtimoiy xodimlar faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini uyg‘otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirishga yo‘naltirilishi darkor. Ijtimoiy xodimning amaliy faoliyati ijtimoiy haqqoniylik standartlariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va o‘z­o‘zini aniqlash, o‘z­o‘zini ijobiy ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.?

Odamlarga xizmat qilish va vijdonlilik jamiyat e’tiborini ijtimoiy muammolarga jalb qiladigan, ochiq hamda o‘ziga xos ishonch uyg‘otadigan tarzda odamlarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. SHu standartlar bilan bog‘liq ravishda standartlar quyidagilarni anglatadi:

  • Ijtimoiy xodimlarning boshqa odamlar manfaatlari va jamoatchilik farovonligiga erishish bo‘yicha faoliyati shaxsiy, moddiy yoki moliyaviy foydani kutmaydi.?

  • Mijoz va uning ijtimoiy atrofidagilar manfaatlari, mijozning qiziqishlari va ijtimoiy xodimning shaxsiy qiziqishlari; umuman olganda, ijtimoiy xodimning vijdonliligi vositasida mijoz manfaatlari, professional hamjamiyat va jamiyat manfaatlari muvozanatini ta’minlash. Birlarining manfaatlari boshqalarining manfaatlaridan yuqori qo‘yilmasligi, qay birigadir zarar yetkazilmasligi lozim.

  • Ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ish missiyasiga professional faoliyat, uning standartlari va axloqning etik standartlari sifatida rioya qilishi.?

  • Ijtimoiy xodimlar tomonidan mijoz bilan ishlashda maxfiylikka amal qilinishi, uni ta’minlash uchun choralar qo‘llanishi darkor. Ijtimoiy xodim mijozni u yoki bu axborot uning ruxsati bilan qaror qabul qilish uchun boshqa tashkilot, ijtimoiy xizmatga berilishi mumkinligi haqida o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim.? Maxfiylik mijoz yoki boshqa shaxslar hayoti uchun xavfli bo‘lgan sharoitda buzilgan bo‘ladi.

  • Ijtimoiy xodim yordam uchun murojaat qilgan mijozni muammoni hal qilish uchun uning manfaatida qo‘llanadigan harakatlar haqida to‘liq va ochiq xabardor qiladi.?

  • Ijtimoiy xodimning etik standartlarni qo‘llab­-quvvatlash uchun sharoitni vijdonan va mas’uliyat bilan yaratish hamda ko‘maklashish faoliyati.?

Yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish
Ijtimoiy xodimning yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish ishtimoiy ishning standarti hisoblanadi va ularning o‘z majburiyatlarini doimiy professional rivojlanish va professional o‘sishning etik standartlariga asoslangancha, samarali bajarishni o‘zi ichiga oladi. Bu quyidagilarni anglatadi:

  • Yashirin ma’lumotlarni hurmat qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xodimning munosib va mas’uliyatli axloqi.

  • Yashirin ma’lumotlarni hurmat qilishi professional standart va standartlarga zid bo‘lmagan axloq.

  • Mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblar bilan muloqotda yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish.

  • Ijtimoiy xodimlarning professional chegarani buzadigan harakatlar, shu jumladan, katta vakolatga ega bo‘lgan mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblari bilan yaqin yoki jinsiy xarakterdagi munosabatdan qochishlari zarur.

  • Ijtimoiy xodimning o‘z amaliy faoliyatida bilimi, malakasi va mahoratidan samarali foydalana bilishi hamda yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish

  • Doimiy ravishda o‘z professional malakasini oshirish, ish amaliyotida taqdim etilayotgan xizmatlarning hajmini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish Ijtimoiy noxushlik omillari va ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llarini aniqlash uchun tadqiqot faoliyatida ishtirok etish, olingan ilmiy natijalarni o‘z hamkasblari orasida tarqatish, bilimlarni ommaviy axborot aloqalari orqali ommalashtirishda yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish.

  • Talabalarni amaliy faoliyatga jalb qilish maqsadida oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayonida ishtirok etish, mijozlarning ijtimoiy muammolari yoki og‘ir hayotiy vaziyatlarni maxfiylik standartiga amal qilish sharti bilan hal qilishda o‘z tajribasini tarqatish.

  • O‘z bilimlari chegarasini tan olish va o‘zlarining ish beruvchilarini ishga boshqa professionallarni jalb qilish zaruriyati to‘g‘risida xabardor qilish hamda yashirin ma’lumotlarni hurmat qilish .?



11 . Социологический энциклопедический словарь.Издатеьлская группа ИНФРА* М –НОРМА Москва,1998, 291 с.



Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling