Buxoro davlat universiteti kengashining 022/2023 O‘quv yili yig‘ilish bayoni
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1. 2022-2023 укув йили 1- КЕНГАШ баёни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengash qaror qiladi
Jumladan:
№ Muhokama qilinadigan masalalar 1 Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlari hamda boshqa ko‘rsatmalari 2 O‘quv, o‘quv-usuliy ishlarga oid 3 Ilmiy-tadqiqot ishlariga oid 4 Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga oid 5 Moliya-iqtisod ishlariga oid 6 Bo‘sh lavozimlarga tanlovlarni tashkil etishga oid 7 Tavsiyalar 7.1. Professor hamda dotsent ilmiy unvonga tavsiya 7.2. O‘quv- usuliy qo‘llanmalarni Vazirlik muvofiqlashtiruvchi kengashi muhokamasiga tavsiya etish 8 Fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlariga oid 9 Ish rejalarni tasdiqlash masalalariga oid 10 Boshqa masalalar Izoh: BuxDU kengashi ish rejasiga kiritilmagan, lekin dolzarb bo‘lgan masalalar rejadan tashqari muhokamaga qo‘yilishi mumkin. Kengash raisi: O.X. Xamidov ushbu masala bo‘yicha so‘zga chiquvchilar bormi? Ushbu masala bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev, dekanlar S. Azimov, D. Yavmutov, kafedra mudirlaridan A. Hamroyev va Sh. Olimovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va ushbu masalani tasdiqlash taklifini berishdi. Ushbu kengash a’zolari tarkibi va kengashning yillik ish rejasini tasdiqlab berishni ovozga qo‘ydi Rozilar – 74 nafar Qarshilar – yo‘q Betaraflar - yo‘q Universitet kengashi kotibi N.G. Dilova tomonidan mavjud fakultetlarning kengash a’zolari tarkibi ham o‘qib eshittirildi. Ushbu masala bo‘yicha rektor O.X. Xamidov, prorektorlar R.G‘. Jumayev, A.T. Jo‘rayevlar so‘zga chiqdilar. Kengashlar tarkibi maslasiga va fakultet kengashlarini tashkillashtirish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, har bir fakultet kengash a’zolarining tarkibini tasdiqlash ovozga qo‘yildi Rozilar – 74 nafar Qarshilar – yo‘q Betaraflar - yo‘q Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash qaror qiladi: 1. Universitet rektori O.X. Xamidovning Universitet kengashining 2022/2023 o‘quv yili uchun ish rejasi va kengash a’zolarining yangi tarkibini tasdiqlash to’g’risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 1. Universitet kengashining 2022/2023 o‘quv yili uchun ish rejasi va kengash a’zolarining yangi tarkibi hamda har bir fakultet kengashi a’zolari tarkibi kengash a’zolarining roziligi asosida tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror ijrosi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev hamda kengash kotibi N.G. Dilova zimmasiga yuklatilsin. ____________________________________________ Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling